Ijtimoiy tarbiyada reja
Download 26.34 Kb.
|
Ijtimoiy tarbiyada
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchi-yoshlarning manaviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar.
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Beshinchidan
Beshinchidan, Mutasaddi tashkilot xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy soha bo‘yicha bilim darajalaridagi tafovvutlar;
Oltinchidan, Hududlarning ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan baholash bo‘yicha umume'tirof etgan mezonlarning mavjud emasligi va ushbu sohada monitoringni amalga oshirilmasligi. O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar. O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv masalasi keng ko‘lamli, ushbu sohaga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar bilan o‘zaro hamfikr va hamjihatlikda o‘rganladigan dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda ushbu masalaning mazmun va xajm jihatidan katta va dolzarbligi, uning ustida ijtimoiy sohadagi dolzarb masala sifatida tadqiqot olib borishni talab etadi. Bugungi ilmiy-amaliy seminar mazkur masalaga ilmiy baho berish va ushbu sohaga bevosita dahldor tashkilotlar o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etish yo‘lidagi daslabki qadam hisoblanib, uning natijalari sifatida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: Birinchidan, yoshlar tarbiyasiga bevosita daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlar (viloyat, tuman (shahar), qishloq, ovul va mahallalar) kesimida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib hududning aniq ma'naviy va g‘oyaviy holati (manzarasi) bo‘yicha kompleks tahlil o‘tkazish; Ikkinchidan, mutasaddi tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi rejalarining individual xarakterda bo‘lib qolishini oldini olish, ushbu rejalarni bir-biriga mutanosib va uyg‘un holda shakllantirishga erishish; Uchinchidan, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasiga oid amaliy ishlar bo‘yicha kompleks hamkorlik, aloqa va qayta aloqani yo‘lga qo‘yish; To‘rtinchidan, yoshlar tarbiyasiga bevosita daxldor tashkilot xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy soha bo‘yicha bilim darajalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan) o‘quv kurslari tashkil etish; Beshinchidan, hududlarning ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan baholash bo‘yicha (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan) mezonlar ishlab chiqish va uning monitoringni amalga oshirish; Oltinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yoshlar tarbiyasiga kompleks yondashuv to‘g‘risidagi g‘oyalaridan kelib chiqqan holda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi masalasini qayta ko‘rib chiqish, uning tarkibiy sub'ektlarini kengaytirish va qatnashchilarning umumiy faoliyat mexanizmini ishlab chiqish. yettinchidan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga asosiy ta'sir etuvchi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari” fanlariga mutasaddi tashkilotlar e'tiborini kuchaytirish, ushbu fanlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini bartaraf etish; Download 26.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling