Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar


 O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor


Download 446.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana19.10.2023
Hajmi446.2 Kb.
#1709310
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta\'minlash maqsadi va vazifalari

2.3 O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor 
yo‘nalishlari. 
Bozor munosabatlariga o‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida 
davlat xo‘jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi va 
iuqarolarga ziyon keltirishiga yo‘l qo‘ymashgi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, 
eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o‘rta biznesning 
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan 
chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko‘chmas mulk 
bozorlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan
tashqari. hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarida qonun loyihalarining sifati va 
asoslanganlik darajasini oshirish hamda qonunga barchani, hatto davlat hokimiyati 
organlarining ham qat’iy rioya etishlari bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur
bo‘ladi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat quyidagilarni ko‘zda tutishi 
lozim: 
-ijtimoiy inshtutlar strategiyasmi bir-biriga yaqinlashtirish, ularning 
faoliyatini koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o‘zgarishlarni 
amalga oshirish; 
-xo‘jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy 
cheklash, qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya’ni imtiyozlari va turli 
preferenslarni qisqartirish va yo‘qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy hatti-
harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul qilish; 
- iqtisodiyot subyektlari va davlal boshqaruv organlari tomonidan 
qonunlarga. faoliyat tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish; 
- iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va 
ziddiyatlarni hal qilish mexanizmini yaratish; 
-kadrlarni korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya 
loyihalarini baholashning zamonaviy usullariga o‘qitishni tashkil qilish; 
-jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning 
o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik; 


29 
-mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy 
mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlarna rivojlantirish. 
Shunga muvofiq ravishda sobiq totalitar tizimdan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan mamlakatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari 
lozim bo‘ladi: 
1) samarali va raqobatbardosh ishiab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va 
istiqboli yo‘q, eskirgan ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish; 
2) tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiyot 
infratuzilmalarini rivojlantirish; 
3) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash; 
4) mavjud ihniy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash; 
5) iqtisodiyot tarkibining delonnatsiyalashuviga barham berishda chuqur 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to‘lovga qodir 
talab bilan uyg‘unlashtirish; 
6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish; 
7) eksport salohiyatini diversifikatsiyalash; 
8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta’minlash. 
Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko‘pchilik tarmoqlarining 
raqobatga bardoshli emashgini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib 
chiqqan holda, tarkibiy siyosat mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy 
yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak, degan xulosa chiqarish mumkin.
Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini 
ta’minlash uchun ma’lum tarmoq va sohalarni selektiv qo‘llab-quvvatlashi zarur 
bo‘ladi. 
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida 
quyidagi vazilalar hal qilinishi zarur: 
-jami talabni oshirish; 
-jamg‘arish normasini o‘stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta’minlash; 
- rivojlanishdan to‘xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning 
rivojianayotgan sektorlarga oqib o‘tishini rag‘batlantirish; 


30 
- yalpi investitsiyalarni ko‘paytirish; 
- eksportni rag‘batlantirish; 

umum 
qabul 
qilingan 
tartib-qoidalar 
doirasida 
milliy 
ishlab 
chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importni tartibga solish. 
Mikroiqtisodiyol darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida 
quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo‘ladi: 
- iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning 
rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab- quvvatlash; 
-samarasiz ishlab ehiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, 
ya’ni qayta tashkil etish; 
-yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
- tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta’minlash maqsadida fond bozorining 
rivojlanishini tartibga solish va rag‘batlantirish; 
- narx o‘sishini to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rish; 
-iqtisodiy subyektlar xatli-harakatining bozorga xosnormalarini joriy qilishni 
rag‘batlantirish. 
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uzoq muddatli strategik vazifa 
hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash 
davlat strategiyasi, ya’ni doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo‘ladi.
Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak. 


31 

Download 446.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling