Ikki buyuk siymo


So’z mulkining sohibqironi


Download 23.13 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi23.13 Kb.
#1187669
1   2
Bog'liq
Navoiy va Bobur tadbiri

So’z mulkining sohibqironi
So’z mulkida garchi ko’p o’tgan shohlar
Siz kabi muzaffar kishvariston yo’q,
Xoqondek siylagan oliy dargohlar,
Sizga teng donishmand,xisrav nishon yo’q.

yo’qdir sizdek buyuk va tabarruk zot,


Ahli dilga shafe’ komil inson yo’q.
Yo’qdir ahli johga berguvchi najot
Kalom kishvarida faxri davron yo’q.

3.Yo’qdir turk nazmida siz qadar daho,


‘’Xamsadan ‘’ buyukroq asar hamon yo’q.
Yo’qdir ‘’Xazoyin –ulb –moniy ‘’- yakto
Sizsiz Xurosonu buyuk Turon yo’q.

4. yo’qdir sizga ta’zim qilmagan mehmon


Prezidentu , qirol,shohu sulton yo’q.
Yo’qdir nomingizni bilmagan inson
Chordevon yetmagan hur xonadon yo’q.

5.Siz millat ruhisiz,millat faxrisiz


Sizdek shamsul millat,zebi jahon yo’q.
Siz bilan toabad baland qadrimiz
Tangri nazar qilgan sizdek komron yo’q.

6.yo’qdir sizdek xoqon bu jahon aro


Nazmda zabardast bir qahramon yo’q.
Yo’qdir piri komil bir dostonsaro
So’z mulkida sizdek Sohibqiron yo’q.

2-b.Kim ko’ribdur , ey ko’ngul ahli jahondin yaxshilig’


Kimki ,ondin yaxshi yo’q ,ko’z tutma ondin yaxshilig’.
1-b. Ushbu g’azalni eshitganimiz on ,ko’z oldimizda temuriylar avlodining iste’dodli vakili ,atoqli shoir ,buyuk sarkarda Z.M.Bobur hazratlari namoyon bo’ladi.
Andijon bagridan uchib bir yulduz
Hindiston tojiga gahardek qo’ndi
Otash yuragida aylanar bir so’z
Anda jon qoldiku,anda jon qoldi.
***********************
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar
Talato’p zmoanlar o’taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so’z ingranar
Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

1-b.Shoh va shoirning suronli hayot yo’li uning Hind tuprog’ida amalga oshirgan buyuk ishlari ,jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin – ketin gavdalanadi .Shoh va shoir bobomizning hayoti va ijodi bilan tanishsak.


Z.M.Bobur 1483 –yil 14-fevralda Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan.Shahzodalarga xos ta’lim – tarbiya olgan Bobur 12 yoshida taxtga o’tirgan.
Bobur toj taxt uchun bo’lgan urush tufayli Andijondan chiqib ketib Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi.Hindistonda qudratli saltanat o’rnatgan ,davlatning gullab yashnashiga kata hissa qo’shgan sevimli shoirimiz 1530 -yil Agra shahrida olamdan o’tganlar.
Sayd namoyishi
1-boshlovchiU o’z umri davomida ‘’Boburnoma’’,’’Mubayyin al zakot’’,’’Xatti Boburiy ,’’Harb ishi’’ kabi ko’plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.Keling navbatni g’azallarga bersak.
Har ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga yetmagaysan.
Birovningkim birovdin ko’ngli qolur
Kishi yuz so’z birla ko’nglin olur.

Necha nafsingg’a bo’lursan tobe,


Necha umringni qilursan zoye..

Beqayd menu xarobi siym ermasmen,


Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen
Bobilda iqomat etti Bobur
Andoq demangizlarki muqiym ermasmen
Bu olam ichra ajab olamlar ko’rdum
Olam eliding turfa sitamlar ko’rdum
Har kim bu ‘’Vaqoyi’’ni o’qur bilgaykim
Ne ranju ne mehnat ne g’amlar ko’rdum
Yod etmas kishini g’urbatda kishi
Shod etmas ko’ngulni mehnatta kishi
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi ,oh.
G’urbatda sevunmas ermish , albatta kishi.
Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangani ilm tolibi ilm kerak
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q,
Men bormen ilm tolibi ilm kerak.
2-b.endi esa navbatni sahna ko’rinishiga bersak.
1-bBobomiz Bobur buyuk shoir Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib,Vatanga muhabbat,insonparvarlik,ma’rifatparvarlik bilan sug’orilgan ajoyib asarlar yaratdi.Kelinglar navbatni bu ikki buyuk shoirlarimizning til haqida bitib ketgan hikmatli so’zlariga navbatni bersak.

Odami ersang ,demagil odami


Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Otangni oy deb bilsang,
Onangni quyosh deb bil.
2-b Bugun oz bo’lsa ham Navoiy va Bobur bobolarimiz ruhlarini shod eta olgan bo’lsak ,o’zimizni baxtiyor his qilgan bo’lar edik.
1-b.Prezidentimiz o’zlarining ‘’Buyuk ma’naviyat yengilmas kuch ‘’ asarlarida Navoiy bobomiz haqida shunday deganlar:
Biz ham ulardek komil inson bo’lishga harakat qilamiz.
2-b.Bobur bobomiz bizning bobomiz,biz ham ulardek vatanparvar,mard va jasur inson bo’lishga intilamiz..


Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling