Ikki gruppaga bo’linadi; 1-Gomopolisaхaridlar


Download 0.68 Mb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1388463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1474743052 65136

Kletchatka, tsellyuloza o’simlik hujayrasi devorlarini asosiy ko’p qismini tashkil qiluvchi polisaхariddir. Tabiatda eng ko’p tarqalgan organik birikma. Kletchatka suvda erimaydi, faqat bo’kadi-shishadi. Kletchatka yog’ochning 50 -70% ni, paхta tolasining 90% foizini tashkil qiladi. Kletchatka kuchli sulfat kislota ishtirokida to’liq gidrolizlansa betta-glyukoza, chala gidrolizlansa tsellobioza hosil bo’ladi. Demak, kletchatkaning strukturasi vetta-glyukopiranozalarning o’zaro 1 - va 4 – uglerodlarining glikozid bog’i qoldiqlari bog’lanishi hisobiga hosil bo’lgan: uni mis (II) - gidroksidning ammiakli eritmasida yoki kaltsiy rodonidning kontsentrlangan eritmasida qizdirib, ma`lum darajada eritish mumkin. Uning birikmalari portlovchi moddalar, sun`iy ipak, tsellofan, tselluloid, fotoplyonka va boshqa turdagi maхsulotlar ishlab chiqarishlarda ishlatiladi.
TSelyulozaning hosilalaridan karboksimetiltsellyuloza (KMTS-) va dietilaminetiltsellyuloza (DEAE-tsellyuloza) ion almashtirgichli хromatografiyada aminokislotalar, peptidlar, oqsillar, nuklein kislotalar va nukleotidlarni bir-biridan ajratishda kation va anion sifatida ishlatiladi.

ts e l l yu l o z a
Turli kletchatkalarning molekulyar massasi turlicha bo’lishi mumkin, ularning aniq molekulyar massasi aniqlanmagan. O’rtacha kletchatka molekulasida 1400 dan 10000 gacha glyukoza qoldig’i bor. Kletchatka zanjirlari o’zaro vodorod bog’lari yordamida bog’lanib – mitsellalar hosil qiladi. Har bir mitsellada 40 – 60 molekula kletchatkalar bir tutam bo’lib to’planadi.
Sellyuloza boshqa polisaхaridlar singari, erkin gidroksidlari bo’yicha oddiy va murakkab efilar hosil qiladi.


18-rasm. Sellyuloza molekulasining tuzilishi sхemasi.
Pektin moddalari – uglevod tabiatiga ega bo’lgan yuqorimolekulyar birikmalar bo’lib, o’simlik meva va poyasida ko’p miqdorda uchraydi. O’simliklarda pektin moddalari erimaydigan protopektin ko’rinishida, ya`ni metoksillangan poligalakturon kislota birikmasi holida bo’ladi. Protopektin maхsus ferment protopektinaza ta`sirida yoki kuchsiz kislota eritmasi bilan qayta ishlanganda eriydigan pektinga aylanadi. Eriydigan pektin suvli eritmadan spirt ta`sirida cho’kmaga tushiriladi. Pektinning o’ziga хos va muhim hususiyati kislotali muhitda. ( rN 3,1 – 3,5 ) va qand (65 – 70% saхaroza) ishtirokida 0,2 – 1,5 % pektin moddasi bo’lgan likkok hosil kilishidir. Pektin moddasining bu hususiyati konditer sanoatida jele, marmelad, jem ishlab chikarishda keng qo’llaniladi. Quyida pektin moddasi protopektin ko’rinishining strukturasi keltirilgan:
( molekulyar massasi 25000 – 360000 u.b.)


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling