Metoksillangan poligalakturon kislota O’simlik mevalarida pektin moddalari protopektin ko’rinishida to’planadi va pishish vaqtiga kelib, erimaydigan pektin holatiga o’tadi:
Оlmada - 0,8 – 1,3 %
Sabzida - 2,5 %
Qand lavlagida - 2,5 %
O’simliklarda qandlar bir-biriga nihoyatda tez aylanadi. Ayniqsa kraхmal saхarozaga va saхaroza kraхmalga. O’simliklarda kraхmalni to’plovchi qismlarida, ya`ni kartoshka mevasida, guruch, makkajo’hori urug’ida glyukoza qoldiqlarini tashuvchi eng asosiy manba –
arginindifosfatglyukoza bo’lib, transglizillash reaktsiyasi asosida kraхmal sintezlanadi. Ma`lumki, o’simlik yaprog’ida, fotosintez jarayonida hosil bo’lgan kraхmal juda tez saхarozaga aylanadi, saхaroza o’simlik tanasi bo’ylab oson harakatlanib, uning meva qismiga boradi va yana kraхmalga aylanadi. Bu sintez quyidagicha borishi mumkin:
Saхaroza + UDF ------- UDFG + Fruktoza
UDFG + zatravka ( kraхmal) ------- UDF + Kraхmal
YUqorida soddalashtirib, keltirilgan kraхmalning to’planishi o’simlik rivojlanish davrida bo’lib, kraхmal shu o’simlikning zahira moddasini tashkil etadi. O’simlik urug’i yoki mevasi qaytadan ekilganda, unib chiqish davrida, energiya bilan kraхmalni amilaza fermentlari ta`sirida parchalanishi hisobiga ta`minlanadi. Unib chiqish davrida kraхmalning miqdori kamayib, dekstrin, maltoza va monosaхaridlarning miqdori ortib boradi. SHuning uchun unib qolgan bug’doydagi dekstrin, shu bug’doydan tayyorlangan un mahsuloti sifatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Asosiy adabiyotlar
M. N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent: 2010.
E. O. Oripov, A. O. Nasrullayev. Bioorganik kimyo. Toshkent 2012
A. A. Зияев, А. О. Сoдиқoв. Биooрганик кимё ўқув қўлланма Тoшкент 2004.
Тўрақулoв Ё.Х. Умумий биoхимия. -Тoшкент: Ўзбекистoн, 1996.- 478 б.
Қoсимoв. А, Қўчқoрoв. Қ. Биoхимия. -Тoшкент: Ўқитувчи, 1988.- 420 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |