Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


O‘zbekistonning jahon hamjamiyatigi qo‘shilishi


Download 139.38 Kb.
bet25/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatigi qo‘shilishi.



O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida birinchi marta 1992 yil 2- martda jahon hamjamiyatining to‘la, teng huquqli sub’ekti sifatida BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston BMT Nizomi, xalqaro huquqiy me’ѐrlar, davlatlararo muomala qoidalari, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlarning talablariga rioya qilishini bildirdi. O‘zbekiston amalda deyarli barcha xalqaro siѐsiy, iqtisodiy va madaniy tashkilotlarning a’zosidir: “Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti”, “Parlamentlararo Ittifoq”, “Xalqaro valyuta fondi”, “Rekonstruksiya va rivojlanish Yevropa banki”, “Jahon banki”, “Xalqaro mehnat tashkiloti” va boshqalar bunga misoldir. Toshkentda 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ochilgan. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Asambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma’ruzalari O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron ѐsh davlat sifatida namoѐn etdi. 1993 yil fevralda Toshkentda BMTning 151 vakolatxonasi ta’sis etildi va ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida bugungi kunda respublikamizda BMT vakolatxonasi, mamlakatimizda BMTning taraqqiѐt dasturi, qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mita komissari, jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, aholi joylashish jamg‘armasi, narkotiklarni nazorat qilish dasturi, bolalar jamg‘armasi singari iqtisoslashgan muassasalarni o‘z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston 1992 yil fevral oyida dunѐda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshiraѐtgan nufuzli xalqaro tashkilot - Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi. I.A.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo‘lib o‘tgan YeXHT majlisida ishtirok etishi, unda nutq so‘zlashi va Kengashning 10 iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaѐtganligining dalilidir. YeXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bo‘yicha seminar tashkil qilib, Orol muammosini hal qilishga ko‘maklashmoqda. YeXHTning Toshkentda aloqalar bo‘yicha mintaqaviy byurosi ochilgani ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‘shilmaslik harakatiga qabul qilindi, bo‘lg‘usi jahon parlamentining timsoli bo‘lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi. Islom konferensiyasi O‘zbekistonni kuzatuvchi sifatida qabul qildi va mamlakatimizga ishonchli va mas’uliyatli sherik deb qarashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tashkilotlar - “Xalqaro mehnat tashkiloti”, “Jahon Pochta ittifoqi”, “Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq”, “Jahon meteralogiya tashkiloti”, “Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi”, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning a’zosi bo‘ldi. Bularning hammasi O‘zbekiston Respublikasining tarixan qisqa vaqtda xalqaro hamjamiyatga qo‘shilganining, xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida dunѐ siѐsatida faol qatnashaѐtganining yaqqol ifodasidir. Bugungi kunda ham dunѐ keskin ziddiyatlarga to‘lib-toshib turibdi. “Sovuq urush” siѐsati barham topgan bo‘lsada, milliy va diniy nizolar jahon tinchligiga xavf solib turibdi. Butun insoniyatni ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm, terrorchilik tashvishlantirmoqda. Jahon xavfsizligini ta’minlash davrimizning eng dolzarb masalasiga aylangan. Jahon tinchligi mintaqalardagi tinchlikka, shuningdek, ayrim olingan har bir mamlakatdagi tinchlikka bog‘liq bo‘lib qoldi. Har bir mamlakatda milliy xavfsizlik ta’min etilgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat joylashgan mintaqada xavfsizlik bo‘ladi, mintaqalarda xavfsizlik ta’minlansa, jahon xavfsiz bo‘ladi. Shuning uchun ham jahon siѐsatida milliy, mintaqaviy va jahon xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. 152 O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining tashqi siѐsatida milliy, mintaqaviy xavfsizlik masalalariga jahon xavfsizligining tarkibi qismi sifatida alohida e’tiborini qaratib kelmoqda. Prezidentimiz o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiѐt kafolatlari” asarida ta’kidlaganiday, “Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda”.




  1. Download 139.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling