Ikkinchi qism toshkent – 2023
PEDAGOGIKA KOLLEJI O‘QUVCHILARIDA IJODIY FAOLIYATNI
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
PEDAGOGIKA KOLLEJI O‘QUVCHILARIDA IJODIY FAOLIYATNI
RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘QUV AMALIYOTLARNINI TASHKIL ETISH METODIKASI. To‘xtasheva Nodira Qahramonovna, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishish institutining tayanch doktorant Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning ijodiy sifatlarini shakllanishi o‘qitish jarayonida o‘quv amaliyotlarini samarali olib borish faolligi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘langan. Professional ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitishning eng muhim vazifasi dars rejasiga ijodiy yondoshuvlarni moslashtirish va o‘quvchilarni rang-barang, jozibali materiallar bilan qiziqtirish, bu o‘quvchilarni kasbi bo‘yicha xabardorligini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish haqida so‘z yuritiladi. Tayanch so‘zlar: Metakognitiv, kognitiv, konstruktiv, ekzentik, komponent kombinatsiya. 594 undan og‘zaki hamda yozma nutq amaliyotida oqilona va xatosiz foydalana olish demakdir. Аfsuski, baʼzi yoshlarimizning o‘zbek tilida nuqsonsiz va mantiqiy ravon yoza olmasligi yoki adabiy tilda erkin so‘zlay olmasligi ularning o‘zbek adabiy tilini puxta egallashga nisbatan beeʼtibor bo‘layotganliklaridan darak beradi. Zero, Kaykovusning: «...Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir... Nutqni juda yaxshi va sanʼatkorona o‘rganib ol, doimo gapga chechan bo‘lishga harakat qil. ... Nutqi shirin kishining mehribon kishilari ham ko‘p bo‘ladi», degan o‘gitlari bugungi kun yoshlari uchun ham bevosita tegishlidir. Bu o‘gitlar bugun ham eskirgan emas. Notiqlik mahoratini egallash, adabiy til normalarini puxta o‘zlashtirish, omma oldida nutq so‘zlashni doimiy mashq qilish va so‘z ustida jiddiy ishlash auditoriyaga taʼsir o‘tkazish, ularning diqqatini jalb etish imkoniyatini beradi. Odatda odamlarni majbur etish ularni ishontirishdan ko‘ra osonroq yumushdir. Xuddi shu bois ko‘pgina rahbarlar majburlash yordamida ommani o‘zlariga bo‘ysundirishni boshqaruvning eng maʼqul usuli deb bilishadi. Bu esa fikr erkinligini bo‘g‘ish, jamiyat hayotida buyruqbozlikning avj olishi, kishilar ongida norozilik kayfiyatining ko‘payishi kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Shu maʼnoda nutq yordamida ishontirishning majburlashdan ko‘ra afzal jihatlari benihoya ko‘pdir. Ishontirish esa inson qalbi va ongiga kirish imkonini beradi, hamfikrlilik, hamnafaslik tuyg‘ularini tarkib toptiradi, pirovardida, shunday deyish joiz bo‘lsa, suhbatdoshingizning aqli va tafakkurini egallash imkonini beradi. Nutq yordamida siz o‘z fikrlaringizni o‘zga kishining ongiga singdirsangiz, ular o‘sha odamning o‘z shaxsiy fikridek hatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi kuchga aylanadi va oqibatda u sizning doimiy taʼsiringiz ostida qoladi. Tasavvur qiling, taqdir taqozosi bilan talabangiz turli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kezlarda uning maʼnaviy mulkiga aylangan sizning fikrlaringiz u boshlagan ezgu ishlarni amalga oshirishda eng yaqin ko‘makchi bo‘ladi. Biroq bu boradagi mavjud vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganish yoshlarimizning nutq madaniyatida uchrayotgan kamchilik va nuqsonlarning sabablari orasida keyingi paytda kitobxonlik madaniyatining tobora oqsab borayotganligi, kitob mutolaasiga nisbatan eʼtiborning susayib borayotganligi bilan ham bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Haqiqatan ham yaqindan muloqot chog‘ida ko‘pgina yosh o‘qituvchilarning juda kam kitob o‘qishi, buning o‘rniga televidenie, internet singari zamonaviy axborot almashinuv manbalari bilan oshno bo‘lishning maʼrifatli bo‘lish uchun yetarli ekanligini ro‘kach qilib ko‘rsatilayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. 595 Hammasidan achinarlisi, bu salbiy hol bugun o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida mustahkam o‘rnashib qolayotgan anʼanaga o‘xshab tuyuladi. Inson tafakkurini charxlash, xotirasini o‘stirish, so‘z boyligini orttirish va zahirasini kengaytirishda kitobga teng keladigan omil yo‘q. Jamiyatshunoslarning taʼkidlashicha, bugungi kunda yaxshi va aʼlo baholarga o‘qib, o‘rta maʼlumot to‘g‘risida attestat olayotgan bitiruvchilarning xotirasidagi so‘z zahirasi 4-5 ming termin va tushunchalardan oshmayotgan ekan. Bundan 50-60 yil ilgari esa xuddi shu toifadagi bitiruvchiniki 9-10 ming so‘zdan iborat bo‘lgan ekan. Endi izoh talab qilmaydigan savol tug‘iladi: qaysi o‘quvchining yozgan inshosi yoki og‘zaki nutqi yordamidagi javobi mazmunliroq va qoniqarliroq chiqadi? Shunday ekan, bugun o‘quvchilarni kitobga oshno qilish, ommaviy kitobxonlikka qaytarish taʼlim tizimi va keng jamoatchilik oldida turgan juda muhim yumushlardan biridir. Hech qachon unutmaslik lozimki, ona tilini o‘rganmasdan va kitob o‘qimasdan turib nutq madaniyati to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Аxir maʼrifatli dunyoning har bir aʼzosi o‘zidagi har qanday fazilatlar uchun kitobdan minnatdor bo‘layotganligi mutlaq haqiqat fikr. Zero, har bir kishining so‘z boyligi, fikrlash doirasining kengligi, mantiqiy izchil muloqotga kirishish, aqlli so‘zlashish, maʼnodor muomala qila olish kabi insoniy sifat va fazilatlarining zaminida o‘qimishlilik degan mohiyat yotadi. Shunday ekan, kitob mutolaasi insonni barkamol shaxs etib tarbiyalaydi, uni jamiyatning to‘laqonli aʼzosi sifatida voyaga yetkazadi. Kezi kelganda, bizningcha, nutq madaniyatiga salbiy taʼsir etayotgan yana bir omilni ham qayd etib o‘tmaslik mumkin emas. Gap shundaki, keyingi yillar mobaynida oliy taʼlim olish maqsadida kirish imtihonlari o‘rniga test sinovlarining joriy etilganligi oliy taʼlim olish istagidagi daʼvogarlarning bilimini xolis baholash uchun xizmat qilayotganligini to‘liq eʼtirof etgan holda, unda ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha testlarning uchinchi blok fani etib belgilangani ham o‘quvchi-yoshlarning nutq madaniyatini o‘stirish uchun xizmat qilmoqda, deb bo‘lmaydi. Chunki ona tili va adabiyoti bo‘yicha har bir to‘g‘ri yechilgan test uchun eng kam ball berilishi tartibining joriy etilganligi, o‘z-o‘zidan ravshanki, aksariyat bitiruvchilarning ushbu fanga kamroq eʼtibor qaratib (agar umuman eʼtibor bermay qo‘ygan bo‘lishmasa), ko‘proq ball to‘plash imkonini beradigan boshqa blok fanlarini chuqurroq o‘rganish uchun harakat qilishga undamoqda. Oqibatda ona tili va adabiyotini o‘rganishga nisbatan yuzaki munosabat qaror topish anʼanasi avj olmoqda va bu hol yaqin kelajakda mutaxassis sifatida faoliyat boshlayotgan ko‘pgina kadrlarning notiqlik fazilatlarini yomon egallaganliklarida o‘z aksini topmoqda. Bu ayni haqiqat 596 bo‘lib, bizningcha, mamlakatimizdagi tegishli tuzilmalar tomonidan ushbu muammoga ijodiy yondashuv zarurligi masalalarini ko‘tarish fursati yetdi [4;156]. Shaxsni maʼrifatli etib tarbiyalashda o‘qituvchi asosiy figura va yetakchi kishi bo‘lib, unga yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Bu jarayonda u talabalarda muayyan muomala madaniyatini shakllantiruvchi subʼekt sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini ham unutmaslik lozim. Chunki talabalar taʼlim-tarbiya jarayonida o‘zlari tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha muayyan bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan birga umuminsoniy va milliy axloqimizning norma va mezonlarini ham o‘zlashtiradi. Bunda ko‘p hollarda muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. Boshqacha qilib aytganda, yuksak nutq madaniyati sohibi bo‘lgan sevimli ustoz shogird talaba uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo‘lib qolishi hayotiy haqiqatdir. Tabiiyki, talabalarda nutq malakalarini shakllantirish o‘qituvchi tomonidan ular o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan samimiy suhbatlar orqali amalga oshiriladi. Аna shu suhbatlar va har xil chiqishlarning talabalarga qay darajada taʼsir qilishi, ularni ishontirish, kayfiyatlarini o‘zgartirish, ularning diqqatini qo‘yilayotgan masalalarga tortish o‘qituvchidan juda katta mahorat talab qiladi. Chunki har bir nutq talabani ishontira oladigan, ularga tushunarli, yorqin, taʼsirchan, mantiqli va aniq bo‘lgandagina o‘zgacha ijobiy taʼsir qiladi. Аna shularni taʼminlay olgan o‘qituvchining shogirdi ham notiqlik talablaridan yaxshi xabardor bo‘lishi bilan birga uni o‘z feʼl-atvorida ham qaror toptira oladi. Xulosa qilib aytganda, notiqlik sanʼatini yaxshi egallash maʼrifatli shaxs uchun so‘z qudratidan oqilona foydalanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi bilan birga uning rivoji va taraqqiyoti uchun ham munosib hissa qo‘sha olishini kafolatlaydi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling