Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimov I.А. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T., 6-T.: 
O‘zbekiston, 1998 yil.
2. Mirziyoev Sh.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent
“O‘zbekiston” 2022.
3. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent, 1997 yil. 
4. To‘xtarov I. Talabaning nutq madaniyati. FarPI ilmiy-texnika jurnali. 
2019 yil, 1-son. 


597 
YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI ONGIDA SIYOSIY QADRIYATLAR 
TIZIMINING O‘ZGARISHI 
 
Abdullayev Barxayotjon Bo‘riyevich 
O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti, 
 
Berdiyeva Muattar Ibodullayevna 
 O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy 
madaniyati qadriyatlar tizimining o‘zgarishi jarayoni, qadriyatlarning 
antropogen xususiyati to‘g‘risida so‘z boradi. Yoshlar jamiyatga ijtimoiylashib 
borayotgan guruh sifatida mavjud siyosiy qadriyatlarni o‘zlashtirishi jarayoni 
modellari tahlil qilingan. Postindustrial jamiyatga xos postmaterializm, siyosiy 
qadriyatlar tizimidagi barqarorlik va o‘zgarishlarning mezonlari ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar. Yangi O‘zbekiston yoshlari, siyosiy madaniyat, siyosiy 
qadriyatlar, qadriyatlar tizimi, transmissiya, manipulyativ ta’sir, konformistik 
moslashish, indentifikatsiya, ehtiyojlar iyerarxiyasi, postmaterializm, 
qadriyatlar tizimidagi barqarorlik va o‘zgarishlar.  
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyati qadriyatlar tizimining 
o‘zgarishi jarayonida qanday siyosiy qadriyatlar ustuvorlik qilayotganligini 
ilmiy tadqiqotlar doirasida o‘rganishni davr taqozo qilmoqda. “Biz Yangi 
O‘zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. 
Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bo‘lsa, 
ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan 
kuchli ma’naviyat...” [1], ekanligini e’tirof orqali ushbu yo‘nalishdagi ilmiy 
izlanishlarning asosiy yo‘nalishlarini aniq tasavvur etish mumkin. 
Qadriyatlar antropogen xususiyatga ega, ularning bosh mezoni, ularni 
qadrlovchi, o‘z manfaatlari, ehtiyojlari uchun foydali va ahamiyatli 
tomonlarini anglab, e’zozlovchi subyekt – insondir. Yoshlar jamiyatga 
ijtimoiylashib borayotgan ijtimoiy guruh sifatida mavjud siyosiy 
qadriyatlarni bevosita qanday bo‘lsa shundayligicha o‘zlashtirishi 
(transmissiya), siyosat subyektlarining manipulyativ ta’siri vositasida ularni 
ustuvor deb anglashi, o‘z ijtimoiy mansubligidan kelib chiqib siyosiy 
me’yorlar va qadriyatlarga konformistik moslashishi, siyosiy qadriyatlarni 
namoyish etishiga qarab oladigan mukofotlar yoki jazolar bilan siyosiy 
qadriyatlarni singdirishi, siyosiy voqelikni mustaqil kuzatishi va o‘z 


598 
manfaatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib ma’lum bir siyosiy qadriyatlar 
kontekstida o‘zini indentifikatsiya qilishi mumkin.
Amerikalik psixolog Abraxam Maslou (1908-1970) qadriyatlarni inson 
ehtiyojlari bilan bog‘lab tushuntiradi va qadriyatlar tizimini ehtiyojlar 
iyerarxiyasidan keltirib chiqaradi. Qadriyatlar esa, insonning kundalik 
hayotidagi maqsadlarini belgilaydi. Uning psixologiya fanida keng 
qo‘llaniladigan ehtiyojlar iyerarxiyasi beshta tayanch ehtiyojlar guruhidan 
iborat. Insonning quyi ehtiyojlari qondirmaguniga qadar yuqori ehtiyojlarini 
anglamaydi, deb hisoblagan A.Maslou ehtiyojlar iyerarxiyasiga piramida 
ko‘rinishida eng qo‘yida fiziologik ehtiyoj (oziq-ovqat, suv, uyqu va sh.k.), 
keyingi o‘rinda xavfsizlik ehtiyoji (o‘zini xavsiz xis qilish, qo‘rquv va 
omadsizlikdan himoya, barqarorlik), navbatdagi o‘rinda muhabbat va 
ijtimoiy guruhga mansublik ehtiyoji (oila, do‘stlik, jamiyatda tomonidan 
e’tirof etilish, insonlar bilan muloqot), keyingi darajada hurmat va e’tirofga 
bo‘lgan ehtiyoj (o‘zgalar hurmatiga sazovor bo‘lish, o‘z-o‘ziga hurmat, 
mavqe, obro‘) va eng yuqorisida o‘zini namoyon etish ehtiyoji(o‘z 
qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarini boyitib borish)ni joylashtiradi. 
Ehtiyojlarning har bir darajasi ortib borishi qonuni qadriyatlar tizimidagi 
qadriyatlarni qayta baholash, ularning mazkur iyerarxiyadagi o‘rni almashib 
o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Ayni paytda yoshlar ijtimoiy guruhi 
qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlarning tashuvchisi, subyekti va resursiga 
aylanadi.
Postindustrial jamiyatga xos postmaterializm – yuqori ta’lim, 
madaniyat va daromad darajasiga ega ekanligi uchun moddiy ta’minot 
masalasi hal etib bo‘lingan, o‘z-o‘zidan mavjud holat deb baholaydigan yosh 
va o‘rta yoshdagi kishilarga xos dunyoqarash va siyosiy amaliyotdir. 
R.Inglxart tomonidan kiritilgan bu tushuncha rivojlangan davlatlarga xos 
hodisa bo‘lib, postmaterializmda ijtimoiy va siyosiy faollik, an’anaviy 
siyosiy partiyalarga ishonchsizlik, nodavlat tashkilotlari faoliyatida 
ishtirokka intilish, fuqarolik faolligi, siyosiy ishtirokning yangi shakllari 
kuzatiladi. Postmaterializmda ijtimoiy qadriyatlar shaxsiy manfaatlardan 
ustuvorlik qiladi. Uning nazariyasi ikkita oddiy gipotezaga asoslanadi: 
“Tanqislik va ijtimoiylashuv gipotezasi. Birinchisi, shaxs uchun ustuvor 
yo‘nalishlar uning ijtimoiy-iqtisodiy muhitini aks ettiradi, ikkinchisi esa
uning asosiy qadriyatlari ko‘p jihatdan uning voyaga yetmagan davridagi 
sharoitlarni aks ettiradi. Ochlik, tashnalik, uy-joy va xavfsizlikka bo‘lgan 
ehtiyoj kabi quyi ehtiyojlarni materialistik deb ataydi. Bundan tashqari, 
ijtimoiy integratsiya, hurmat va o‘zini o‘zi anglash istagi kabi yuqori 


599 
ehtiyojlar mavjud. Inglxart bu ehtiyojlarni postmaterial deb ataydi. 
Ehtiyojlar iyerarxiyasi mantig‘ida quyi ehtiyojlar qondirilmaguncha yuqori 
ehtiyojlar ustunlikka ega bo‘lmaydi” [2] deb xulosa qiladi. Muallifning 
“Sokin inqilob: g‘arb jamiyatlarida qadriyatlar va siyosiy uslubning 
o‘zgarishi” nomli monografiyasida ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arb 
jamiyatlarida yuzaga kelgan farovonlik va tinchlikning qadriyatlardagi 
o‘zgarishlarga sabab qilib ko‘rsatadi hamda “odamlar xavfsiz va ularning 
qorni to‘q. Bu ikki asosiy omil keng qamrovli ta’sirga ega” [3] bo‘lganini 
ta’kidlaydi. Demak, Inglxart siyosiy qadriyatlarni baholashda insonning 
moddiy ehtiyojlari qondirilgaligi holatini belgilovchi mezon sifatida qayd 
etadi. 
Siyosiy-falsafiy fikr va ta’limotlar taraqqiyoti tarixida siyosiy 
qadriyatlar, ularning ularning qadrini belgilovchi mezonlarni tahlil qilib 
qadriyatlarning mezonlarini, qadriyatlar tizimi hamda iyerarxiyasi 
mezonlarini farqini kuzatish mumkin.
Yoshlar siyosiy qadriyatlari tizimida turli mezonlarga ko‘ra ahamiyatli 
bo‘lgan siyosiy qadriyatlar iyerarxiyasi subyektning o‘zi anglangan 
ehtiyojlari nuqtai nazaridan qadrli va dolzarb deb hisoblagan qadriyatlar, 
jamoaviy qaror qabul qilish jarayonidagi ishtiroki samarasi o‘laroq qadrli 
deb baholangan qadriyatlar, ijtimoiy guruhga xos, jamiyat taqozo etayotgan, 
davlat va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan qo‘llab quvvatlanayotgan 
qadriyatlardan iborat ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Siyosiy qadriyatlar tizimidagi barqarorlik va o‘zgarishlarning mezonlari 
subyektiv va obyektiv omillar bilan bog‘liq bo‘lib, uning statikasi, 
dinamikasi, motivatsion quvvatida aks etadi. Subyektiv omillar yoshlar 
siyosiy qadriyatlar tizimida yoshlarning o‘z ehtiyojlarini anglashi, o‘zi 
uchun manfaatli, foydali, ahamiyatli deb baholash mezonlaridagi 
barqarorlikda ifodalanadi. Subyektiv omillar obyektiv reallikdagi mavjud 
siyosiy qadriyatlarni baholashda yoshlarning subekt sifatida siyosiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy ongi xususiyatlari bilan belgilanadi, ya’ni siyosiy 
qadriyatlarni baholovchi subyektning o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi. Obyektiv 
omillar esa, yoshlar siyosiy qadriyatlar tizimi siyosiy tizim, siyosiy 
institutlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari siyosiy partiyalar, 
yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, OAV, ijtimoiy tarmoqlar va shu 
kabilarda ko‘rinadi. Siyosiy qadriyatlar tizimining statikasi uning 
iyerarxiyasidagi qadriyatlarning ichki o‘rin almashinuvi, ahamiyati ortib 
borishi yoki qadrsizlanishi natijasida muayan siyosiy qadriyatlarning o‘zaro 
o‘rin almashinuvi va ketma-ketligining o‘zgarishidagi mutanosiblikdir. 


600 
Siyosiy qadriyatlar tizimining dinamikasi tashqi obyektiv omillar ta’sirida 
siyosiy qadriyatlar tizimiga kirib kelayotgan, maqsadli kiritilayotgan, targ‘ib 
va tashviq qilinayotgan siyosiy qadriyatlar, mavjud qadriyatlar tizimidagi 
qadriyatlarni obro‘sizlantirishga, ahamiyatsiz, foydasiz, manfaatsiz deb 
ko‘rsatishga qaratilgan intilishlar, harakatlar hamda urinishlar bilan bog‘liq 
o‘zgarishlarda ifodalanadi.
Qadriyatlarni baholash tizimiga ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlar 
siyosiy tafakkur paradigmasiga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi. 
Qadriyatlar tizimining motivatsion quvvati o‘zgarishi tizimdagi terminal va 
instrumental qadriyatlarning o‘zgarishi natijasida yoshlarning faoliyat 
hamda harakatlarga undovchi, faol, tashabbuskor, yangiliklarga ochiq 
bo‘lishga pozitiv yoki negativ ta’sir bilan belgilanadi. Shu o‘rinda siyosiy 
qadriyatlar tizimidagi barqarorlik tarkibiy o‘zgarishlarsiz yoki kuchli 
o‘zgarishlarsiz ushbu tizimning o‘z oliga qo‘ygan maqsadlari tomon 
harakati va ma’lum bir vaqt oralig‘ida shu tizimning o‘z sifatlarini saqlab 
qolishida ifodalanadi. Siyosiy qadriyatlar tizimidagi barqarorlik jamiyatning 
siyosiy tizimi barqarorligini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Bayon etilgan qarashlar, fikrlar va ta’limotlardan ko‘tarilgan masala 
yuzasidan quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish mumkin: 
Yoshlarning siyosiy qadriyatlari tizimi ko‘plab omillar ta’sirida 
shakllanadi: ijtimoiylashuv, ta’lim, tarbiya, moddiy ehtiyojlarni qondirish, 
ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari. 
Qadriyatlar insonning ehtiyojlari bilan belgilanadi va uning hayotiy 
ustuvorliklari hamda maqsadlarini shakllantiradi. Qadriyatlarning 
ustuvorligi ehtiyojlar iyerarxiyasi bilan belgilanadi. 
Yoshlarning qadriyatlar tizimida moddiy boylikdan postmaterialistik 
qadriyatlarga, moddiy farovonlikka qiziqishdan o‘zini namoyon qilish va 
ijtimoiy faollik qadriyatlariga o‘tish kuzatilmoqda. 
Yoshlarning siyosiy qadriyatlari tizimi dinamikada, subyektiv va 
obyektiv omillar ta’sirida o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Ushbu tizimning 
barqarorligi jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarurdir. 
Yoshlar o‘rtasida fuqaroviylik, mas’uliyat va siyosiy ishtirok 
qadriyatlarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu siyosiy tizimning uzluksizligini va yoshlarning muhim ijtimoiy va 
davlat qarorlarini qabul qilish jarayonlariga jalb qilinishini ta’minlashga 
yordam beradi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling