Ikkinchi qism toshkent – 2023
dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy
kurashlar keskinlashayotgan bir sharoitda mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik va mafkuraviy immunitetni tizimli ravishda takomillashtirib borish, eng avvalo, harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini, millatning urf-odat va an’analarini mustahkamlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu haqida fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin o‘zgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda”[3] deya ta’kidlagani bejiz emas, albatta. Bugungi kunda globallashuvning tobora avj olishi dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy kurashlar kuchayotgan bir vaqtda g‘oyaviy- mafkuraviy bo‘shliqqa nisabat muntazam ogox bo‘lishni taqoza etmoqda. 613 Dunyo miqyosida turli taxdidlar kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini shakllantirish hamda yuksak axloqiy-ruhiy fazilatlarni yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ayniqsa, yurtga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish, bilim va tajribasini vatanga baxshida etuvchi yosh avlodni tarbiyalash dunyoning eng rivojlangan davlatlarda asosiy strategik vazifa sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash[4] muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv muhiti bugungi kunda g‘oyalar aniq va sog‘lom, yetuk va e’tiqodi butun, har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchan mafkuraviy immuniteti mustahkam haqiqiy vatanparvar harbiy xizmatchilarni tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan oriyatli ma’naviy jasoratga ega odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Xalqimizning tarixi, azaliy qadriyatlari zamirida vatanparvarlik tuyg‘usining nafadar ulug‘vorlik kasb etishini anglash mumkin. Buyuk sohibkiron Amir Temur o‘z saltanatini tashqi dushmanlardan himoya qilish orqali mamlakat yaxlitligi va xalqning osoyishtaligini ta’minlagan edi. Ulug‘ alloma Najmiddin Kubro o‘z mamlakatini dushmanlardan himoya qilishda shahid bo‘lib, yuksak vatanparvarlik namunasini ko‘rsatgan edi. Vatan tarixini bilgan, ulug‘ ajdodlar merosini chuqur o‘rgangan har bir inson qalbida milliy g‘urur va milliy iftihor tuyg‘ulari yanada jo‘sh urib, el-yurtga, Vatanga bo‘lgan sadoqati ortib boraveradi. Millat ma’rifatining fidoiysi Abdulla Avloniy Vatannni sevish va uni ardoqlashni tabiat va jamiyatning muhim qonuniyati sifatida ta’riflaydi. “Vatan. Har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto, bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, hap vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar”[5]. Vatanparvarlik tuyg‘usi insonda quyidagi omillarni shakllanishiga xizmat qiladi: 614 yurtimizga nisbatan ichki va tashqi xavflarning oldini olishda mustahkam immunitet shakllanishida; insonlarni vatan ravnaqi va yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun kurashga tashabbuskor bo‘lishga; vatanni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, unga fidoiylik bilan xizmat qilishga; vatanning o‘tmishiga oid qadriyatlarni e’zozlash, yurtimizda bugungi kundagi kishilarning bunyodkorlik va yaratuvchilik faoliyati va ma’naviy salohiyatni avlodlarga yetkazishga; vatan uchun jonini fido kilgan shaxslarni xotirasini doimo yod saqlashga kishilarni ilhomlantiradi. Zero, vatanga munosib fuqaro bo‘lish insonda mas’uliyatni oshirib, unda milliy uyg‘onish ruhiyati kuchayadi. Tarix kishilarni vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g‘urur va iftixor yo‘lida tarbiyalab, ularda Vatanni sevib, unga sadoqat bilan xizmat qilish fazilatlarni ruyobga chiqaradi. Inson qalbida millat, Vatan, ajdodlar ruhi oldidagi burch va tuyg‘ular qanchalik chuqur joy olgan bo‘lsa, milliy mahdudlik o‘rnini milliylik g‘oyalari vujudga keladi. Mana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan insonlarda kurashchanlik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini anglash, millat va Vatan sha’ni va manfaatlarini himoya qilishdek muqaddas tuyg‘ular shakllanadi. Harbiy xizmatchilarni Vatanparvarlik ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash masalalarida quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor berish lozim: - harbiy xizmatchilarni ma’naviy-ma’rifiy va bilim darajasini kuchaytirish orqali ularning aql-zakovatining mukammal sohibiga aylantirish; -o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk jahoniy e’tirofga sazovar bo‘lgan siymolarining ijodiy merosini puxta o‘rganish orqali mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi; -o‘z xizmat faoliyatida mas’uliyatli bo‘lish, mamlakat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetish va ularga xolisona baho bera olishi; -bugungi globallashuv sharoitida ilm-fan, texnika va axborot- kommunikatsion texnologiyalarining yangiliklari va yutuqlaridan muntazam xabardor bo‘lish, chuqur va puxta bilimni egallash, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi rahbariyat tomonidan talab etiladigan ishlarni amalga oshirishning uddasidan chiqa olish. Bu kabi mas’uliyatli vazifalarning amalga oshirilishi natijasida ijobiy natijalarga erishish mumkin. Ma’lumki, har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatda o‘zining 615 milliy g‘oya va qadriyatlariga bo‘lgan munosabati, uning ishonch va e’tiqodiga aylanishi bilan ham bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”[6] , - deya ta’kidlashi ayni haqiqatdir. Binobarin, Vatan sha’ni, millat or-nomusi uchun jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ma’naviyat eng ta’sirchan va qudratli qurol vazifasini o‘tashini bugungi davr va zamon taqoza etmoqda. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling