Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHLAR ONGIDA ANTIKORRUPSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Habibullaev Ma’rufjon Odiljon o‘g‘li
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. “O‘zbekiston”, 2022. 8 - bet. 2. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqi. 07.12.2016. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” qonuni, 14.09.2016, O‘RQ-406-son. Lex.uz. 4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti., 1993, 182 – bet. 5. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Ziyouz.com. kutubxonasi. A harfi, 621 – bet. YOSHLAR ONGIDA ANTIKORRUPSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Habibullaev Ma’rufjon Odiljon o‘g‘li Namangan davlat universiteti, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Annotatsiya: Mazkur maqolada korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish omillari va korrupsiyaga qarshi kurashda yangi O‘zbekiston yoshlarining o‘rni va pozitsiyasi, shuningdek, bugungi kunga kelib korrupsini oldini olish bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Korrupsiya, yangi O‘zbekiston, fuqarolik pozitsiyasi, jamoatchilik nazorati, antikorrupsion tafakkur, ma’naviy immunitet. 568 Jadid ma’rifatparvarlarimizdan biri bo‘lgan Abdurauf Fitrat – yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘ldan tarbiyalamasdan turib jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mutlaqo mumkin emas degan fikrlarni ilgari surgan edi. Haqiqatan ham yoshlar ertangi kunning hal qiluvchi eng asosiy kuchi hisoblanadi. Bushungi kunga kelib yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning taqdiri, samarasi, birinchi navbatda, yoshlarning ta’lim – tarbiyasi, saviyasi, shuningdek, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq. Har qanday davlat, jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan sog‘lom muhitni shakllantirishga urinar ekan – bunda xalqning, ayniqsa, yoshlarning tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirishi, ularning ongu-shuurida, vatanparvarlik, insoniylik, mehr – oqibat, halollik, ijtimoiy dahldorlik kabi ko‘plab bunyodkor g‘oyalarini rivojlantirish eng asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonlarda jamiyatdagi eng asosiy kuch hisoblanmish yoshlar dunyoqarashida antikorrupsion taakkurni shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir. Zotan, mamlakatimizda korrupsiya balosining har qanday ko‘rinishiga qarshi olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini hamda milliy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Darhaqiqat, bugungi kun yoshlari korrupsiyaga nisbatan qanday munosabatda? Qanday bilim va tasavvurlarga ega? Ular bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda o‘z ishtirokini qanday baholaydi? Aslida muammoning ildizi qaerda? Kabi savollarga aniq javobini topish bu borada amalga oshirib kelinayotgan ishlarimizning mazmunan boyitilishga xizmat qilishi tabbiy xol, albatta. Korrupsiya bu – davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti kushandasidir. Shuning uchun ham ayni damga kelib nafaqat mamlakatimizda balki, butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali va ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotni o‘zi taqazo qilmoqda. Korrupsiya – vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyot izdan chiqadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo‘qoladi, jamiyat ma’naviyati buziladi. Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi[1]. Shunday ekan, jamiyat rivojida yoshlarning antikorrupsion tafakkurini shakllantirish va bu jarayonlarda uning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, 569 ma’naviy – ma’rifiy islohotlarning ham ta’sirini sezilarli darajada oshirilishi kerakligini sharoitning o‘zi taqazo qilmoqda. Chunki, yangi davr shiddati jamiyatda antikorrupsion tafakkurni shakllantirish tizimiga ham o‘zining aniq va qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Afsuski, hozirgi vaqtda kelib bizning jamiyatimizda ham korrupsiya illatining turli ko‘rinishlari mavjud. Ijtimoiy kasallik deya baholanadigan korrupsiya balosi millatning ma’naviy hayoti va mamlakat taraqqiyotiga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, jamiyat hayotida xaqiqiy ma’naviy muhitni yaratib bo‘lmaydi va tan olib aytishimiz kerakki, bunga juda qattiq murosasizlik bilan kurashmay turib jamiyatning ham birorta tarmog‘ini rivojlantira olmaymiz. Biz yuqoridagi salbiy illatlarga faqatgina ma’naviy – axloqiy jihatdan yetuk, o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasiga va shaxsiy dahldorlik hissiga ega bo‘lgan yoshlar bilangina qarshi kurasha olishimiz mumkin. Mamlakat kelajagi bog‘liq bo‘lgan yoshlarning korrupsiyaga qarshi ta’lim va tarbiyasi ommaviy ong, huquqiy va siyosiy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarni bartaraf etish orqali ushbu muammoni hal etishga xizmat qiladi. Korrupsiya yosh avlodda jamiyatdagi ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga, eng achinarlisi insonlarning o‘zaro bir – birlariga bo‘lgan ishonchini ham susaytiradi. Bu esa, millatning milliy birdamlik tuyg‘ulariga juda katta zarar keltiradi. Shunday ekan, ertangi kunimizning davomchisi yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi mutlaqo murosasizlik va toqatsizlik kayfiyatini shakllantirish masalalari bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammoni tahlil qilib, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bunday xatti-harakatlar nafaqat huquqiy normalardan, balki axloq normalaridan ham chetga chiqadi. Xulq-atvorning ushbu kichik turining jadal rivojlanishi ijtimoiy anomaliyaga, yoshlarning noto‘ʏ g‘ri ijtimoiylashuviga, qonun va huquq tizimiga dastlabki ishonchsizlikka, ularning ma’naviy va axloqiy rivojlanishining pasayishiga, noqonuniy xatti- harakatlar stereotiplarining ildiz otishiga olib keladi. Yoshlarga oid siyosat doirasida yoshlar o‘rtasida xulq-atvor darajasidagi korrupsiya hodisasiga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Davlat jamiyatning korrupsiyaga qarshi ta’limi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishning hal qiluvchi omili ekanligini aniq tushunadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev yoshlar masalasiga to‘xtalar ekan, shunday deydi, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va 570 xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Bunday yondashuv – davr talabidir”[2] – degan fikrlari barchamiz uchun dasturilamal vazifasini bajarib bermog‘i lozim. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari o‘zbek jamiyatining rivojlanishiga, hususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga ham har jihatdan xalaqit bermoqda. Eng achinarli tomoni jamiyatda poraxo‘rlik illatini yengib bo‘lmaydi, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani eng katta kamchiligimiz. Bu borada amalga oshirayotgan islohotlarimizni tizimli ravishda olib borib, yoshlarning ongu – shuurida antikorrupsion tafakkurni shakllantirish ishlarini davomli olib bormasak, oldinga qarab sezilarli siljish qilmasak, o‘zbek jamiyatining ichki va tashqi qiyofasiga soya solib turaveradi. Darhaqiqat, bugungi yangi O‘zbekistonda korrupsiyadan holi jamiyat yaratish eng dolzarb masalalardan biri sifatida baholanar ekan, bunda yoshlarning ma’naviy – ma’rifiy bilimlari muhim ahamiyat kasb etishini zinhor unutmasligimiz joizdir. Batahqiq, yoshlar masalasi, ularning ta’lim – tarbiyasi millat ma’naviyati va uning ma’rifati davlatning, jamiyatning mavjudliligini, kelajagini, taraqqiy darajasini ko‘rsatib beruvchi eng asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarning mafkuraviy va huquqiy immuniteti qanchalik rivojlantirilib borilsa, kuchli ma’naviy – ma’rifiy muhit va sog‘lom avlod shakllanadi. Biz bugun mana shunday yosh avlodni tarbiyalash uchun bor kuch – g‘ayratimizni sarflamog‘imiz va bu yo‘lda bir daqiqaga bo‘lsa ham sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligimiz shart bo‘ladi. Eng asosiysi, bu yo‘lda barchamiz inson ongini zaharlovchi korrupsiya illatlaridan ogoh bo‘lishimiz, har qanday salbiy holatlarning oldini olishda yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga chorlashda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishimiz kerak bo‘ladi. Bugungi kunda, “dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Bunday yondashuv – davr talabidir”[3]. 579 shundan iboratki, ideal har bir shaxsga tabiat, jamiyat va insonga nisbatan shaxsiy munosabatlarni oldindan belgilashga va shunga yarasha ijodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishda o‘z tafakkur va faoliyat yo‘nalishini belgilab olishga imkon beradi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling