Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kirish. Yurtimizda ko‘p asrlik milliy davlatchiligimiz tarixiga ulkan
xissa qo‘shgan ma’rifatparvar ayollar o‘zining mardlik tuyg‘ulari, tafakkuri, va ijod falsafasi bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida doimo alohida mavqyega ega bo‘lganini ko‘ramiz. Ayollari pok, dono va oqila millatni aslo o‘zligidan judo qilib bo‘lmaydi. Millatni ayol tarbiyalaydi va kamolotga yetaklaydi. Mana shunday buyuk jasorat sohibalaridan Saroymulk xonim (Bibixonim), Gavharshodbegim, Gulbadanbegim, Anjumand bonu (Mumtoz Mahal begim), Xonzoda begim, Zebuniso kabi ko‘plab keltirishimiz mumkin. Xindistonning mashhur davlat arbobi Javoharlal Neru “Dunyoning o‘tmishini, erkaklar bilan birga buyuk ayollar amalga oshirgan ulug‘ ishlar to‘g‘risida fikrlash maroqlidir” - deb, bekorga aytmaganlar. Ibratli ayol, sadoqatli umr yo‘ldosh, saltanat tayanchi, o‘zining falsafiy qarashlari bilan mamlakat siyosiy hayotida ustun bo‘lgan ma’rifatparvar Saroymulk xonimdir. Amir Temur va u tuzgan saltanat haqida, Temuriy malikalarning ijtimoiy falsafiy qarashlari haqida to‘g‘risida bir qator o‘zbek va yevropa olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, T.Jalolov, T.Fayziyev, F.Boynazarov, M.Lafasov, A.G‘ofurov, N.Vasilyev, A.Vigasin, M.Dandomayev shuningdek, ingliz tilida olimlar Avari Burjor, Faruqui Munis D., Gandhi M.K., Nazir Ahmad Chaudhry, Hameed, Afzal Husain, Ali K, Burton Stein, Hermann Kulke, Dietmar Rothermund, Mahmood T, Peter Lyon va davriy nashrlarda Bajpai Sh.K. Burns R.N ilmiy izlanishlar olib borganlar. Bundan tashqari, Saroymulk xonim haqida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Mu’iniddin Natanziy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Fasiq Havofiy, Rui Gonsales de Klavixo hamda zamondosh olimlar B.Ahmedov, T.Fayziyev, A.Ziyo, A.Berdimurodovlar asarlarida Saroymulk xonimning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Xurshid Davronning “Samarqand hayoli” kitobidagi “Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston” tarixiy-badiiy asari ham alohida ahamiyatga ega. Mazkur tarixiy asarlarda Bibixonimning oqila, fozila va nufuzli ayol bo‘lganiligi tasdiqlaydi. Lekin xanuzgacha aynan Saroymulk xonimga bag‘ishlangan to‘liq ijtimoiy-falsafiy va tarixiy asarlar yaratilmagan. Salohiddin Toshkandiy o‘zining “Temurnoma” asarida ham mazkur fiklarimizni tasdiqlaydi. Mazkur kitobda Bayonqulixon saltanatining poytaxti Buxoro shahrida navqiron Temur va malika Saroymulk xonim bilan tanishgan voqyeasi quyidagicha bayon qilinadi: “Bir kecha Bayonqulixon 544 tushida Shayx ul-a’lamni ko‘rib, aydilar: xilofi shar’iy qilmagil, turgil, qizlaringni erga bergil. Bayonqulixonning to‘qqiz nafar qizi bor edi. Uyqudan turib barcha qizlarini ja’m qildi... Barchasidan kichigi Saroy Mulk xonim edi, aydi, ey ota, sizning davlatingiz soyasidan hyech joyga bormasmen, er ham qabul qilmasmen, dedi...” Podshoh kunlarning birida yana bir bor Shayx ul-a’lamni ko‘radi. Bu safar mo‘tabar zot podshohdan Saroymulk xonimni turmushga uzatishini so‘raydi. Tongda xon qizini huzuriga chorlaydi. Saroymulk xonim “maning xohishimga qarasangiz?! Mani Tarag‘ay Bahodir o‘g‘liga (Amir Temurga) beringiz” deb aytadi. Ammo, Shahrisabz begi bo‘lgan Tarag‘ay Bahodir bilan xon orasidagi munosabatlar jiddiy tus olganligi sababli Bayonqulixon ushbu taklifga rozilik bildirmaydi. “Temurnoma”da Saroymulk xonim Bayonqulixonning qizi deb ko‘rsatilsa-da, aslida, u Qarshi shahrining hokimi amir Qozonxonning qizi bo‘lganligini va 1341 yil Qarshida tug‘ilganligi haqida tarixiy manbalar dalolat beradi. Bayonqulixon dono qizini Amir Temurga uzatishga kunmagach, malika otasiga “kimda kim men bilan shaxmat o‘ynasa va yutsa, g‘olibga turmushga chiqaman, xatto u cho‘pon bo‘lsa ham” deydi. Xon bu taklifga rozi bo‘ladi. Malika qullar kiyimini kiyib, shaxmat musobaqasiga boradi; Tong otgach shaxmat ustalari musobaqaga birin ketin tashrif buyuradilar. Xonning jarchilari butun Buxoroga bu haqida xabar qildilar. “Odamlar-o, odamlar! Eshitmadim demanglar!” Ammo musobaqaga tashrif buyurganlarning hyech biri Saroymulk xonimga bas kelolmadi. U xonlikdagi mashhur shaxmat ustalarini ham mag‘lub etadi. “Andin keyin jarchi bozorlarda nido qilur edi. Amir Sohibqiron bu ovozni eshitib, chiqib so‘rdi, jarchi voqyeani bayon qildi. Ammo shatranj o‘ynamoqqa misli yo‘q erdi. Amir aydi; Men ham bilurman. Andin keyin Amir Sohibqironni olib bordilar. Xon ko‘rdikim, bir turk bacha, egnida chakmon, boshida telpak... Xon buyurdikim, qulbachani (Saroymulk xonim) kelturinglar. Darhol kelturdilar. Amir bildikim, o‘g‘il libosini kiyibdur, ammo o‘zi qizdur. Filhol, ko‘rib bir-biriga ko‘ngil berdilar”. Shundan so‘ng shaxmat olib kelindi, Amir Temur xonga o‘z shartini bildirib o‘tdi: “Sohibqiron dedikim: man bir shart bilan o‘ynagaymen. Xon dedi: shart shundan iboratki, agar yutsang, bu qulbacha senga tuhfadir. Amir aydi: agar yutquzsam evaziga nima qilurmen? Xon dedi: Sandan hyech tama’ yo‘qdir. Amir dedi: gar man boy bersam shu bachaga qul bo‘lurmen. O‘zi maxfiy oshiq bo‘lib erdi. Emdi shatranj o‘ynay berdi uch bisotgacha. Har bisotigacha bir kecha kunduz o‘tib keta berdi”. Ko‘rinadiki, bu “ikki raqib” shaxmat o‘yinini ustasi. Biz bayon etayotgan bu voqyea bir afsonadir, biroq, Saroymulk xonim Sohibqiron Temur singari hayotda ham zamonasining tengsiz shaxmat ustasi bo‘lgan. 545 Bu haqida tarixchi Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” kitobida Saroymulk xonim Sohibqiron Temur kabi katta shaxmat o‘ynaganini qayd etadi. Saroy Mulk xonim kelib chiqishi chig‘atoy ulusidan bo‘lgan mo‘g‘ul xonilaridan biri Qozonxonning qizidir. U 1341 yilda tavallud topgan. Qozonxon taxtdan tushurilib, qatl etilgan vaqtida Saroy Mulk xonim endigina besh yoshga to‘lgan edi. Saroy Mulk xonim voyaga yetgach, Movarounnahr hukmdori amir Husayn uni o‘z nikohiga oladi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni nikohiga olgunga qadar, haramida boshqa xotinlari ham bo‘lgan. Lekin Saroy Mulk xonim barcha malikalardan ma’rifati, aql-zakovati va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan yuksak bo‘lganligi uchun, “katta xonim” yoxud “Bibixonim” degan unvonga musharraf bo‘ladi. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, Saroy Mulk xonim zamonasining tenggi yo‘q noyob zakovat sohibasi, yuksak idrokli, azmu- shijoatli, farosatli, saxiy tadbirkor va husn-malohatda ham benazir malika edi. Saroy Mulk xonim insonparvarlik, vatanni madh etish, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy va madaniy hayotidan doimo xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarini boshqarishda o‘zining umr yo‘ldoshiga dono maslahatlarini berib turgan komil inson edi. Ayniqsa, ilm-ma’rifatni qadrlab, tolibi ilmlarga alohida g‘amho‘rlik qilgan sahovatli homiy edi. Saroy Mulk xonim Sohibqironning harbiy yurishlarida ham o‘z maslahatlarini berib borgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, o‘ta ziyrak va benazir tafakkur egasi bo‘lgan Saroy Mulkxonim saltanatni idora etishda yuzaga kelgan muammolarni hal etishda o‘zining falsafiy qarashlari bilan maslahatlarini berib borgan. Amir Temur Saroy Mulk xonimga bo‘ysunmasa-da, uning oqilona va odil maslahatlariga quloq solib, doim o‘zida unga ehtiyoj sezilib turgan. Masalan, kunlarning birida Amir Temur Eronga qarshi yurishda, Isfaxon qamali cho‘zilib ketadi, qo‘shinga ozuqa ta’minlashda mablag‘ tugab qoladi. Amir Temur Saroy Mulk xonimga noma yo‘llaydi. Maktub qisqacha mazmunda, “Qo‘shinning zahirasi tamom bo‘ldi, xazinadan zar yuboring” tarzida ifodalanadi. Saroy Mulk xonim maktubni o‘qigach, maktubning orqa tarafiga “Ulug‘ amirim, zaringiz tugagan bo‘lsa, siyosatingiz ham tugadimu?”-deb yozadi va uni maktubni olib kelgan choparga beradi. Amir Temur saroyida o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, xorijlik elchilarni kutib olish marosimida podsho bilan birgan xotinlari ham ishtirok etgan. Ispaniya qiroli Genrix III ning Samarqand hukmdori Amir Temur huzuriga yuborgan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning yozishicha, 1404 yilning sentyabr oyida Amir Temur Samarqand atrofida barpo etilgan “Dilkusho” bog‘ida elchilarni kutib oladi. Kutish marosimi tantanali va to‘kin dasturxonlar solinib boshlanadi. Klavixoning ma’lumoti bo‘yicha, ushbu tantanada 553 Biz yemoqchi, kiymoqchi bо’lgan narsalarimizni obdon tekshirib, keyin olamiz. Lekin kо’rayotgan, eshitayotgan (iste’mol qilayotgan) narsalarimizga, ochig‘i, e’tiborsizmiz. Vaholanki, globallashuv “ommaviy madaniyat”ni yoymoqda. U odamlarning tafakkuriga, musiqasiga, didiga, kiyinishiga, о’zaro muomalasiga, oilasiga, oilaviy munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda. AQShlik Bernard Rozenberg fikricha ,“Ommaviy madaniyat”ning asosiy sababi – zamonaviy texnika yutuqlaridir. Na milliy xarakter, na iqtisodiy, na siyosiy tizim bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega emas”, deydi. XXI asrga kelib texnika taraqqiyoti har qanday milliylikni, har qanday siyosiy va iqtisodiy tizimni yorib qiraoldi. Bu qaysidir ma’noda fanning yutug‘i va davr talabidir Shuningdek, “Ommaviy madaniyat” globallashuv davrining maxsuli bо’lgan ommaviy axborot vositalarining yangi kо’rinishlari ta’sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga “zamonaviy madaniyat” sifatida kirib bordi. U XX asr о’rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bо’lishi natijasida shakllangan hamda mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bо’lgan madaniyat namunalari, qadriyatlaridir [3]. “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning о’rtalariga tо’g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala boshladi. Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez sur’atlar bilan kо’chib о’tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma’noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi [4]. Globallashuv jarayonining yana bir о’ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir о’tkazish kо’lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham kо’rinadi. “Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi Yurtboshimiz, – odam о’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan о’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bо’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona kо’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol”. Xulosa qilib aytganda, Globallashuv jarayonining salbiy oqibati, faylasuf Bandi ta’biri bilan aytganda milliy chegaralarning yuvilishi bilan bog‘liq. Milliy chegaralarning yuvilishi yagona madaniyat-ommaviy 554 madaniyatni о’rnatilishiga olib keladi. Natijada dunyo bir umumiylikka keladi: yagona davlat, yagona madaniyat. Tarixdan bilamizki davlatlar о’zgarishi yoki davlatlarning nomi о’zgarishi mumkin. Shuningdek jamiyatlarning ham umri mavjud. Bir jamiyatning inqirozi ikkinchi bir farovon jamiyatning о’rnatilishiga sabab bо’ladi. Lekin milliylikning yо’q bо’lishi millatning yо’q bо’lishiga olib keladi-ku, buni chuqurroq о’ylab kо’rish kerak emasmi?. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling