Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tajribalar o‘tkazish, va xulosa chiqarish
Savol mazmuni
Javobi Muz yordamida olov chiqarish mumkinmi? Ha, muzdan linza yasasa Inson tanasi va suyaklarining necha foizi suvdan iborat? Tanada – 70% gacha. Suyakda – 22 % gacha suv to‘g‘ri keladi. Nima uchun kichik temir bo‘lagi suvga cho‘kadi, ammo ulkan kema suv yuzida suza oladi? Arximed qonuni eslash, kemaning shakli, hajmi... “Suyuqlik va uning xossalari‘‘ mavzusini mustahkamlash uchun yer yuzidagi suv va quruqlik maydonlari nisbati, sho‘r va chuchuk suv havzalari, yomg‘ir va qorning hosil bo‘lishi, inson organizmidagi suyuqlik miqdori va uning almashinish jarayonini tushunish, qish va yokunlaridagi ichayotgan suyuqlik (suv) nisbatlarini asoslay olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda suyuqlikning ahamiyati haqida hayoti davomida o‘qib-o‘rgangan, bilim, tajribasiga tayangan holda masala yechimiga mustaqil ravishda intellektual yondashish ko‘nikmalari shakllantiriladi. 12 1. Rasmdagi fizikaviy hodisada suyuqlik o‘zining qanday xossalarini namoyon qilmoqda? 2. Berilgan rasmning suyuqlikka aloqadorligini izohlab bering? 2. Tajribalar o‘tkazish, va xulosa chiqarish “Suyuqlik va uning xossalari” mavzusini o‘tishda talabalarga suyuqlik hajmi, zichligi, massasi, issiqlik sig‘imi, formulasi, birliklari hamda ularni qanday o‘lchash haqida bilim beriladi. Mavzuni mustahkamlash fizik kattaliklarni o‘lchash, aniqlash va amaliyotda qo‘llay olish maqsadida masalalar beriladi. Jumladan: suvning bug‘lanish va qaynash haroratlari, cho‘milish uchun vanna to‘ldirishda issiq suv va sovuq suv miqdorlarini, ob-havo ma’lumotlarida havoning nisbiy namligini mm.sim.ust. da e’lon qilganda, nisbiy namlikning nafas olishga qo‘rsatadigan ta’sirini talaba dars jarayonida olgan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda xulosa chiqaradi. Zaruriy fizik kattaliklarni tarozi, termometr, psixrometr, kalorimetrlar yordamida o‘lchay oladi. “Suyuqlik va uning xossalari‘‘ mavzusini mustahkamlashda buloq suvlarining qishin-yozin bir hil haroratda bo‘lishi, uning tarkibi, buloqdagi baliqlarning erigan minerallardan oziqlanishi, xususan, “Nurota” shahrida ajdodlarimiz qoldirgan boy meros “Chashma” madaniy- me’moriy majmuasini avaylab asrash, u yerda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, an’ana va marosimlarini hurmat qilish orqali talabalarda ushbu kompetensiya shakllanadi. 13 XIV-XV asrlarda Amir Temur qurdirgan «Oqsaroq» inshoatiga 38 metr balandlikda suv olib chiqishda qanday fizik qonuniyatdan foydalanishgan. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling