Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
 
1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан 
давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. – Тошкент: 
Ўзбекистон, 2017. – 504-505-бет. 
2. Миллий ғоя тарғиботи ва маънавий-маърифий ишлар самарадор-
лигини ошириш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 
ПҚ-451 Қарори. 25.08.2006. // Халқ сўзи.- Тошкент, 2006. - № 94 Б.1-2. 
3. Кудрявцев Ю.М. Основные принципы и закономерности функцио-
нирования и развития воспитательной системы высшего учебного 
заведения. / Ю.М.Кудрявцев, О.Ю.Макарова // Вестн. КНИТУ, 2012, № 8. -
С. 451–458. 



TA’LIM TEXNOLOGIYASINING INNOVATSION MODELI – TA’LIMDA 
YUQORI SAMARADORLIK GAROVIDIR 
 
O‘.N. Sultonova,
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, prof., DSc
 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim texnologiyasining innovatsion 
modelini takomillashtirishda dars mashg‘ulotlarini tashkil etilishida 
foydalaniladigan metodlar yoritib berilgan. Talabalarda shakllantirish 
ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalar, vazifa va uning mohiyatining 
muhimligi hamda hozirgi davrda, kompetensiyaviy yondashuv umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida ta’lim jarayonida talabalar o‘zlarining shaxsiy, ijtimoiy 
va kasbiy hayotlarida samarali foydalanishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma 
va malakaga yega bo‘lishi mumkin ekanligi dolzarb mavzu muammo sifatida 
yoritilgan. 
Kalit so‘zlar. Tayanch, kompetensiya, loyihalash, metodlar. talabalar, 
suyuqlik, fizik, shakllantirish, muammo, ta’lim. 
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mart PQ-
5032-son qarorida “fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish, chuqurlashtirib 
o‘qitish va innavatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilinishining samarali 
mexanizmini yaratish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa fizika 
fanini o‘qitish metodi mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida 
takomillashtirilishini talab etadi Shu.sababli ilmiy ,ta’lim- tarbiya 
,ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish muammosining 
yechimini topishda ushbu maqola xizmat qiladi deb o‘ylayman. 
Ta’lim texnologiyasining innovatsion modeli quyidagi elementlarni o‘z 
ichiga oladi: 
• 
o‘qitish maqsadlarini aniq ifodalash; 
• 
nazariy va amaliy materialni tanlash hamda uni o‘quvchilarga 
yetkazishning yo‘llarini aniqlash; 
• 
mavzuning tayanch tushuncha va iboralarini ajratish; 
• 
o‘qishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan usul va texnologiyalarni belgilash; 
• 
o‘quv jarayonini yakka va jamoa holda tashkil etish; 
• 
o‘quv mashg‘ulotlari rejasini tuzib chiqish, unga asoslangan holda 
o‘quv faoliyatidan oldindan kutilayotgan natijalarni aniqlash; 
• 
kutilayotgan natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchi 
vazifalarni belgilashdir. 



O‘quv faoliyatida oldindan kutilayotgan natijalar – bu o‘qitish 
natijasida talaba egallashi va u tomonidan bajarilishi zarur harakatlar bo‘lib, 
bu harakatlar orqali o‘qituvchi talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan 
bilimlarni dars mashg‘ulotida qo‘yilgan o‘quv maqsadiga mos ekanligini 
bilish va haqqoniy xulosalash (baholash) imkoniga ega bo‘ladi. Bunda: 
talabaning dastlabki bilimlari aniqlanadi. Pedagogik texnologiya g‘oyasi – 
qo‘yilgan modul maqsadidan kelib chiqib kafolatlangan natijaga ta’lim 
sub’ektlari birgalikda intilishlari uchun ularning tanlagan interaktiv 
metodlari dars mashg‘ulotini ijobiy natijaga olib keladi. Yangi zamonaviy 
metodlar – ta’lim oluvchilarining birgalikda fikrlashidir, o‘qituvchining 
talabaga ta’sir qilish usuli dars mashg‘ulotini olib borishning asosiy qismi 
bo‘ladi. Interaktiv metodlar ta’lim sub’ektlari (o‘qituvchi va talaba)ning 
birlashgan xatti-harakatida namoyon bo‘ladi . 
Rivojlantiruvchi ta’lim to‘g‘risida G.V.Repkina, Ye.V.Zayka kabi 
pedagog va psixologlar ta’limni rivojlantirish uchun shunday shart 
sharoitlar yaratish lozimki, unda talaba o‘quv jarayoniga intilsin, bu esa 
talabani ijobiy tomonga o‘zgarishga muxit yaratadi va o‘ziga ehtiyoji 
majburiyat sezadi. Talaba uchun bilimini boyitib borish uning ehtiyojiga 
aylanadi, u endi majburiy ravishda emas, kelajak uchun bilim kerakligini, o‘z 
istagi bilan o‘rgana boshlaydi.Talabalarning maxsus tayyorgarligini ko‘rish 
uchun testlar o‘tkaziladi. Testlar psixiologik tahlilning zamonaviy usuli 
bo‘lib ko‘p mexnatni talab qilmaydi. Fizika o‘qituvchisi ham o‘zining 
psixiologik testlarini o‘tkazib berish maqsadga muvofiqdir. Jumladan: 
«O‘quv faoliyatdagi intilish», «Muvaffaqqiyatga erishish», «Sen kim», «Sen 
qandaysan», «O‘zingni angla», «O‘zingga baho ber» kabi testlar talabaning 
tafakkuri fikrlarini aniqlaydigan eng ustuvor yo‘nalishdir deyiladi. M: 
Taqqoslash testlari. «Sen o‘z fikrning ilmiy g‘oya innovatsiyalarini bayon 
qila olasanmi» kabi testlar. Buning natijasida talaba o‘ziga nima o‘zgarish 
bo‘layotganini sezadi. Talabani barcha ruhiy holatlari o‘zgaradi. M: His 
qilish, qabul qilish, diqqatni jamlash, xotirani kuchaytirish, taasurot va 
fikrlash jarayonini ijobiy tomonga o‘zgarishga sabab bo‘ladi. 
Oliy o‘quv yurtlarida “Molekular fizika va termodinamika asoslari
bobidagi suyuqlik va uning xossalarini talabalarga yetkazishda dastlab
ularning darslarga bo‘lgan o‘quv motivatsiyasini oshirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugungi kundagi ta’limga qo‘yilayotgan asosiy
talablardan biri ham talabalarga ular olgan bilimlarini hayotda qo‘llay
olish ko‘nikmasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Aynan
mana shu omillardan biri – talabalarning o‘qishga bo‘lgan 


10 
motivatsiyasini uyg‘otishdir. Bugungi axborot asridagi talaba,
kechagidan o‘zining qo‘yayotgan talablari, dunyoqarashi, yangilikka
bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi bilan keskin farq qiladi. Zero, bu davr o‘ziga 
yarasha zaruriy zamonaviy talablarni, ya’ni, barcha sohalarda
raqobatbardoshlikni taqozo etadi. Raqobatbardosh komil inson tarbiyasi
esa Davlat tomonidan qo‘yilayotgan standart talablaridir. Ta’limga
kompetensiyaviy yondashuv, talabalarda o‘qishga, u yoki bu fanga
qiziqishlari, istaklarini, ya’ni, motivatsiyasini uyg‘otish orqali amalga 
oshiriladi.
Fizika fanidan “Suyuqlik va uning xossalari” mavzusida talabalarning 
kompetensiyalarini shakllantirishda dars mavzusiga oid muammoli
vaziyatni vujudga keltirish orqali talabalarda motivatsiyani uyg‘otishga 
harakat qilamiz. 
1. Stakanning qaysi biridagi suv sho‘rroq? 
2. Muz, ayniqsa qor parchalari yorug‘lik nurlarini juda kuchli sindiradi. 
Agar nurni kamroq sindirsa, tabiatda qanday holatlar yuz beradi?“ Suyuqlik
va uning xossalari‘‘ mavzusida talabalarning suyuqliklarning asosiy xossalari, 
1. Stakanning
qaysi birida suv sho‘rroq? 
2. Muz, ayniqsa qor parchalari yorug‘lik nurlarini 
juda kuchli sindiradi. Agar nurni kamroq sindirsa, 
tabiatda qanday holatlar yuz beradi? 
fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini eshitish, gapirish orqali o‘z fikrini 
og‘zaki aniq va tushunarli bayon qila olishlari, suvning tabiatdagi va inson
organizmidagi ahamiyati, kimyoviy formulalarini yozish orqali ularning
yozma nutqi shakllanadi, fizik hodisalarning fanlar bilan aloqadorligini,
mavzuga oid fizik terminlarning boshqa tillarda nomlanishini bilishi va
o‘z bilimiga asoslangan holda boshqalar fikrini hurmat qilgan holda qat’iy 
fikrga ega bo‘lish, turli muammoli vaziyatlarda, o‘z bilim va ko‘nikma-
lariga tayangan holda har bir fizik hodisa, tushuncha va qonuniyatlar aso-
sida qaror qabul qila olishi orqali talabada ushbu kompetensiya shakllanadi.


11 
Rasmda suyuqlikning qanday 
xususiyatlari namoyon etilganini
so‘zlab bering? 
Berilgan fanlardan qaysi biri berilgan
rasmdagi suyuqlik xossasini 
tavsiflaydi 
Masalan, “Suyuqlik va uning xossalari” mavzusini o‘rganishda suyuqlik 
haqidagi manbalarni topish, tanlash va undan samarali foydalanish, 
suyuqlik xossalari, xususan, suvning inson hayotidagi ahamiyati, kundalik 
turmushdagi qo‘llanilishini tahlil qilish orqali mazkur kompetensiya 
shakllantiriladi. Masalan, “Tabiatda suvchalik sirli suyuqlik mavjud emas. 
Uning faqat o‘ziga tegishli xususiyatlari mavjud.
• 
Suv ulkan xotiraga ega bo‘lib, u axborotlarni to‘qima va tana bo‘ylab 
uzata oladi. 
• 
Yer yuzasining qariyb 75% suv bilan qoplangan. Issiqlik sig‘imining 
yuqoriligi tufayli suv quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasining katta 
qismini yutib qoladi va ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi” kabi ma’lumotlar 
beriladi hamda talabalarga yangi axborotlarni eslash va izlab topish vazifasi 
beriladi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling