Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda korporativ baholashni amalga oshirishning qanday xususiyatlari mavjud?
Baholash jarayonlarida qimmatli qog'ozlar bozori uchun yopiq yoki yetarli darajada ochiq bo'lmagan, shuningdek mulk egalari turli shaxslar (yuridik, jismoniy, chet el/mahalliy) bo’lgan kompaniyaning bozor qiymatini baholash, shuningdek umuman kompaniyaning mulkiy kompleksini yoki uning ayrim turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bo'yicha mulk komplekslarini baholash korporativ baholashning predmeti bo'lishi mumkin. Baholashda aktivlar xorijda bo’lishi, korxona egasi yagona investor (yoki davlat) bo’lishi hamda yillik sof foydani doimiy reinvestitsiya qilinish sababli mulk real qiymatidagi o’zgarishlar kabi turli sabablar tufayli baholash uchun yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi ahamiyatlidir.
Korporativ baholashni amalga oshirish korxona va investor uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
Korporatsiyaning bozor qiymatini baholash korxona hamda investor uchun ko'plab strategik qarorlarni qabul qilish uchun zarur: yangi loyihalarni amalga oshirishni maqsadga muvofiqlini, birlashish (merger) va qo'shib olish (acquisition),yoki uning aktsiyalarini yoki obligatsiyalarini sotib olish orqali investitsiyalarni amalga oshirish. Bunday baholashni amalga oshirish usullaridan biri sifatida erkin pul oqimlariga asoslangan (Free Cash Flow. FCF) korporatsiya qiymatini baholash modelidan (Corporate Valuation Model) foydalanishdir.
II-topshiriq.
Mavzu doirasida o’rganilishi kerak bo’lgan atamalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |