Baholashning maqsadi –aktiv qiymatining baholashga oid vazifada baholash natijasidan qanday foydalanilishi mo‘ljallanayotganligini hisobga olib belgilangan turini aniqlash. Baholashnin gumumiy maqsadlari moliyaviy va soliq hisoboti uchun, mijozning manfaatlarini sudda himoya qilish, bitimlarga hamrohlik qilish, garov kreditlari bo‘yicha qarorlarni asoslash uchun baholashni o‘z ichiga oladi.
Baholash obyekti – o’rganiladigan, ya’ni qiymati aniqlanadigan ko’char/ ko’chmas mulk va biznes. Baholanadigan obyekt sifatida quyidagilarni kiritish mumkin.
Alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
ishlar, xizmatlar, axborot;
intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |