Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi


Download 1.04 Mb.
bet19/36
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1154664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Sholg‘om. (Brassica campestris L), krestoguldoshlarga kiradi, tupbargi kichik, barglari yer bag‘irlab o‘sadi, patsimon (ba’zi navlari butun), ildizmevasi yapaloq yoki dumaloq-yapaloq shaklda, rangi oq, sariq, qizil yoki binafsha tusda, eti sariq yoki oq bo‘ladi.
Markaziy osiyoda shakli yapaloq, pusti, eti oq Namangan sholgomi, shunengdek unga yaqinroq bo‘lgan Samarqand qizil sholgomi ekiladi. Qozog‘istonda o‘rtacha ertapishar petrovskiy sholgomi keng tarqalgan. Bu nav sholgomi ildiz mevasi yassi, sariq, serhosil, uzoq saqlanish hamda mazasi yaxshiligi bilan ajralib turadi.
Petrushka. (Retroselinum hordens Holim); soyabondoshlarga mansub ikki yillik o‘simlik, yemishbob bargi yoki ildizmevasi uchun yetishtiriladi. Ildizli petrushkaning ildizi yo‘gonlashib, konussimon ildizmeva xosil qiladi. Bargli petrushkaning ildizi yo‘gonlashmaydi, ovqatga faqat bargi ishlatiladi. Bargida 240 mg% gacha vitamin S bo‘ladi.
Urug‘idan ekilgan petrushka birinchi yili patsimon tupbarg, chetlari tishli barg hamda ildizmeva xosil qiladi. Petrushka ekilgandan keyin 120-150 kunda yetiladi, ildizlari yerda qishlaydi yoki sabzavot omborlarida saqlanib, baxorda dalaga o‘tkaziladi.
Selderey. (Apium graveolens L), soyabonguldoshlar oilasiga kiradi. Uning uchta tur xili; ildizi, barg bandi va bargi uchun yetishtiriladigan xillari bor. Ildiz uchun yetishtiriladigan selderey xayotining birinchi yilida iste’molga yaroqli, dumaloq ildizmeva va to‘pbarg xosil qiladi. Barg bandi uchun ekiladigan seldereyning yo‘gonroq barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargi uchun yetishtiriladigan yoki yulma selderey yemishbob bara barglar xosil qiladi. (4-rasm)
MDX davlatlarida asosan, ildizi uchun ekiladigan selderey yetishtiriladi. Usuv davri uzunligi bilan (150-200 kun) xarakterlidir.
Nazorat savollari.

  1. Boshqa ildiz mevalilardan qaysilarini bilasiz?

  2. Osh lavlagi tuzilishi.

  3. Sabzi rivojlanishini boshqa ildiz mevalilardan farqi.

  4. Turpni tuzulishi.



Adabiyotlar:
1. Rasulov A. Sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T.: “O‘zbekiston”, 1980.
2. Bo‘riyev, R.Jo‘rayev, O.Alimov. Don masulotlarini saqlash va qayta ishlash. Darslik, T., «Menat», 1997.
3. Knyazev V.A. Priyemka i xraneniya saxarnoy sveklo‘ po Jadalnoy texnologiya. M. legkaya prom.1984



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling