Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qand lavlagini yuvish va kesish jarayoni
Tuzuvchilar:
AZIZOV A.SH., BOLTAYEV M. A., ISLOMOV S. Y. Taqrizchilar: A. Rustamov - O‘zbekiston O‘simshinostlik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor movuni q\x.f.n.M Adilov -ToshDAU “Meva – sabzavotchilik va uzumchilik”kafedrasi dotsent. Ma’ruzalar matni “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etish fakulteti o‘quv uslubiy hay’atining 2008 yil 4-fevral 8- sonli, hamda Universitet o‘quv uslubiy kengashining 2008 yil 1-aprel 4- sonli qarori bilan” chop etishga tavsiya etilgan. MA’RUZA MAVZULARI
. KIRISH Respublikamiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi qishloq xo‘jalik xodimlari zimmasiga yangi vazifalar yukladi, respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi xom-ashyolarini qayta ishlash uchun yangi, xorij texnologiyalarini tadbiq etish bilan qayta ishlash unumdorligini va mahsulot sifatini yaxshilashga talab kuchaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy majlisning sessiyalarida va rasmiy nutqlarida qishloq xo‘jaligida bozor isloatlarini keskin chuqurlashtirish muammosini yechish masalasiga katta e’tibor berib kelmoqda. Xalqaro qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, Jahon bo‘yicha maxsulotlarning isrof bo‘lishi 6-10 foizdan oshmaydi. Bizda bu ko‘rsatkich ba’zan 15-20 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichni yiliga 1-2 foizga kamaytirish muxim vazifa xisoblanadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uning samaradorligini oshirish, yangi mahsulotlarni yetishtirish bilan bir qatorda ularni saqlash va mahalliy sharoitda qayta ishlanishiga katta e’tibor bermoqda. Bu yo‘nalishda qand lavlagisi va ildiz mevalarni yangi navllarini yaratish saqlash va qayta ishlash korxonalari qurulmoqda. Qand lavlagini yetishtirish va qayta ishlashni respublikamizda tarixi katta. Qand lavlagisini qayta ishlash korxonalari ulug‘ vatan urushi davrida respublikamizga ko‘chirib kelingan, ammo urush tugagach respublikamizda shakar ishlab chiqarilmas edi. Respublika mustaqillikka erishgach Xorazm viloyati Xozarasp tumanida va yana bir nechta lavlagini birlamchi qayta ishlash sexlari ishga tushdi. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida «Qand lavlagi va ildiz mevalarni birlamchi qayta ishlash texnologiyasi» fanini o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi mutaxasislari, fermerlar, chorvadorlar dala ekinlari, jumladan qand lavlagi va ildiz mevali maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha puxta bilimga ega bulishlari shart. Mutaxasisslar xo‘jalikda yetishtiriladigan dala ekinlari maxsulotlari sifatini to‘g‘ri baholay olishlari, saqlashda eng qulay va arzon usullarni tanlashlari, o‘z vaqtida va sifatli qayta ishlov berishlari, ularni davlatga topshirishdagi barcha jarayonlarni mukammal bilishlari lozim. «Qand lavlagi va ildiz mevalarni birlamchi qayta ishlash texnologiyasi» fani bo‘yicha mar’uzalar matni, o‘qitish tajribalari asosida qishloq xo‘jaligi oliygoxlari dasturiga binoan yozildi. Bunda qand lavlagini saqlash va birlamchi qayta ishlashga oid asosiy ma’lumotlar va ildiz mevalarni saqlash bo‘yicha qisman yoritilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling