Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Xulosa quyidagi savollarga
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
Xulosa quyidagi savollarga
javob bera olishi kerak: talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi? qanday ishlar amalga oshirildi? v) muallif qanday xulosalarga keldi? Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati asarlar mualliflarining familiyasi ko`rsatilib, alvafit tartibida tuziladi. Ro`yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar kiritiladi ( bunda ular qaerda nashr qilinganidan qat`iy nazar alohida nashr, to`plam, jurnal, gazeta bo`lsa ham albatta ko`rsatilishi shart). Ro`yxatda manbalar umumiy rakamlashtirilgan xolda keltiriladi. Manbaning ma`lumotlari ko`rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, asarning nomi, nashr qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi. Masalan: 1. R.Rasulov O`zbek tilida hol at fe`llari va ularning obligator valentliklari.-Toshkent:Fan, 1989.-189 b. 2. R.Rasulov Umumiy tilshunoslik (darslik).-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.-277 b. 3. S.Karimov Zulfiya ijodida neologizmlar // "TilShunoslikning dolzarb masalalari" ilmiy ishlar to`plami.-Toshkent, 2008.-B. 19-24. 7. Ilovalar. Ular, odatda, aloxdda sahifalarda ko`rsatiladi. Ularning xar biri o`z mavzusiga ega bo`ladi va o`ng tomonning yuqorisida "Ilova" degan yozuv qayd qilinadi . Agar ilovalar bir nechta bo`lsa, ular " 1 -ilova", 2-ilova" tarzida rasmiylashtiriladi. 44 Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig`ilgan empirik material, darslar va tarbiyaviy tadbirlarning konspektlari, kuzatishlar bayonnomalari, bayram stsenariylari, bolalarning rasmlari va fotosuratlari joylashtiriladi. Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bo`lgan yoki ilmiy- tadqiqotlar olib borayotgan kafedra o`qituvchi lari, maktab va maktabgacha ta`lim muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan raxbariga hisobot berib boradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling