Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining himoyasi
Kurs ishining rahbari:
talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordamberadi; talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestatsiyani o`tkazadi (semestrda ikki marta) va bu haqda kafedra rahbariyatiga xabar beradi; v) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi. Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda o`tkaziladi. Ish muallifi 10 daqiqa davomida ish yuzasidan ma`ruza qiladi va o`qituvchi -talabalarning savollariga javob beradi. Ma`ruzada muammoning o`rganilish hol ati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar o`tkazilgan bo`lsa), tadqiqotning istiqoli, xulosa va takliflar aks etgan bo`lishi lozim. Kurs ishining ximoya qilish natijalariga ko`ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qo`yiladi. 45 XULOSA Hozirgi vaqtda tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda va ularning ilmiy tadqiqot malakasini shakllantirishda tarix fanining turli tadqiqot uslublari va yondashuvlari haqida yetarli bilim berish va ularning tarixiy tadqiqotlar jarayonida tо„g„ri va ilmiy, tarixiylikka asoslangan xulosalarni chiqarishga yо„naltirish bugungi kun tarix о„qitishning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mustaqil yurtimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar, yangiliklar jadal rо„y bermoqda. Tarixchi tadqiqotchi ham tadqiqotlarga yangicha kо„z bilan qarashi, fikrni isloh qila bilishi, tadqiqotda vatanimiz tarixi muammolari kо„rilayotgan bо„lsa, milliy g„oya tamoyillari nuqtai-nazaridan yondashib, о„zi kashf etgan tarix saboqlarini kо„rsata bilishi kerak. U shunday xolisona ish yozishi kerakki, bu jihatdan uning ilmiy xulosalari asrlar davomida ham ahamiyatini yо„qotmasligi kerak, buning uchun esa tarixiy jarayonlar xaqqoniy kо„rsatilishi kerak. Tadqiqotchilar yosh avlodni vatanparvarlikka, ularda milliy g„urur uyg„otishga xizmat qilishi, ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishga undashi kerak. Tadqiqotlar umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida amalga oshirilgan bо„lishi va tom ma‟noda istiqlol yalovbardori bо„lishi kerak. Xolisona tadqiqot yoza bilish tadqiqotchining mukammal bilim egasi ekanligi va ma‟naviy komilligini kо„rsatadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling