Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
4. Fakultet dekani ta‟lim yo„nalishlari bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari bajarilishini Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 1998 yil 31 dekabrdagi 362-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan “Oliy o„quv yurtlarida bakalavrning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo„yiladigan talablar” ga qat‟iy rioya qilinishini ta‟minlaydi; 36 bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbarlarining talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishni bajarish reja-jadvali, malakaviy ishga qo„yiladigan majburiy talablarga muvofiq malakaviy ishni bajarish bo„yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqilishini nazorat qiladi va bajarilishini fakultet kengashlarida har oyda muhokama qilib boradi; talabalar tomonidan universitet arxivi, axborot resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan bitiruv malakaviy ishlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi; har oyda bitiruvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining bajarilish monitoringini (aniq vaqt, sana, auditoriya, kafedra mudiri ishtirokida bitiruvchi va ilmiy rahbarlarning xaftalik hisobot berib borishi foizlar tartibida) olib boradi; bitiruv malakaviy ish tayyorlash uchun zaruriy axborot texnika vositalari, kompyuterlar bilan ta‟minlangan, hisob-grafika va laboratoriya ishlarini olib borish uchun sharoit yaratilgan, ilmiy rahbarlar tomonidan talabalarga konsultatsiyalar berib boriladigan maxsus xonalar ajratadi; bitiruvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishi mustaqil bajarilayotgani, konsultatsiyalar jadvaliga amal qilinishini nazoratga oladi, talabalarni bitiruv malakaviy ish himoyasida ishni baholash mezonlari bilan tanishtirishni tashkil qiladi; - kafedra mudiri tomonidan taqdim qilingan talabaning bitiruv malakaviy ishini (muqavalangan, dastxatda yozilgan, ichki bosh varag„ida ish rahbari imzolagan, muhokama qilingan majlis sanasi va nomeri, ishni ekspertizadan o„tkazgan tashkilot muhri, kafedra mudirining imzosi va sanasi ko„rsatilgan xolda) qabul qiladi; - ishga doir hujjatlarni o„rganib chiqqandan so„ng ilmiy daraja va unvonlarga ega bo„lgan professor-o„qituvchilardan rasmiy opponent belgilaydi va fakultet ilmiy kengashida uni tasdiqlaydi hamda DAK raisiga uni himoya qilishga yo„llanma beradi; - kafedra yig„ilishida ximoyaga tavsiya qilingan va dekanat yo„llanmasini olgan malakaviy ishni himoyasini o„tkazish jadvalini tuzadi, tasdiqlaydi va ularni talaba hamda ilmiy rahbarlarga yetkazilishini ta‟minlaydi; - bitiruv malakaviy himoyasi uchun zaruriy axborot texnika vositalari, kompyuterlar, hisob- grafika va laboratoriya ishlarini namoyish qilishga zarur jixozlar ajratadi; - Davlat attestatsiya komissiyasiga bitiruv malakaviy ish mavzulari va rahbarlarini tasdiqlash va talabalarni davlat attestatsiyasiga qo„yilgani to„g„risidagi buyruqlardan ko„chirmalar, o„quv ishlari bo„yicha prorektor tasdiqlagan bitiruv malakaviy ishlarni himoya qilish jadvali, jadval bo„yicha ishni himoya qiluvchi talabalar ro„yxati va baholash mezonlarini taqdim qiladi; - Davlat attestatsiya komissiyasining bitiruv malakaviy ish bo„yicha xulosasi (to„ldirish, tuzatish, qayta ishlash va boshqalar) acosida talaba va ilmiy rahbar tomondan xulosadagi takliflarni bajarilganligi nazorat qiladi va ishni universitet axborot resurs markaziga topshiradi; - Namunali bajarilgan bitiruv malkaviy ishni kafedra mudirining tavsiyasi va Davlat attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish” tanlovida ishtirok etishga tayyorlaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling