Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Bitiruvchi kurs talabasi
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
1.
Bitiruvchi kurs talabasi ilmiy rahbar bilan bitiruv malakaviy ish mavzusiga binoan malakaviy ishning bajarish reja- jadvalini ishlab chiqadi; asosiy adabiyotlar, ma‟lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo„yicha elektron ta‟lim resurslari ro„yxati tuzib chiqadi; kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan konsultatsiyalar jadvaliga binoan ilmiy rahbari maslahati va yo„l-yo„riqlarini bajarib boradi; fakultetda bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun belgilangan maxsus xonadan unumli foydalanib, kompyuter, multimedia dasturlari, elektron darsliklar, o„quv adabiyotlaridan ishni mazmunan boyitish choralarini ko„radi; malakaviy pedagogik amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishining mavzusiga muvofiq ishga tegishli materiallarni to„playdi, tajriba-sinov ishlarini olib boradi; bitiruv malakaviy ish bajarilgandan so„ng uni ilmiy rahbariga yakuniy xulosa va opponentlarga taqriz va kafedra yig„ilishi tasdig„i uchun topshiradi; kafedra yig„ilishida ximoyaga tavsiya qilingandan keyin fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan jadvalga binoan ishni himoya qiladi; Davlat attestatsiya komissiyasining bitiruv malakaviy ish bo„yicha xulosasi (to„ldirish, tuzatish, qayta ishlash va boshqalar) acosida ilmiy rahbar bilan ishlaydi va universitet axborot resurs markaziga topshirishga tayyorlaydi. 2. Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari - bitiruvchi talaba bilan bitiruv malakaviy ish mavzusiga binoan malakaviy ishning bajarish reja- jadvalini ishlab chiqishda ko„maklashadi; 35 - talabalar bilan muntazam ravishda kafedra mudiri tasdiqlagan konsultatsiyalar jadvaliga binoan ishning ayrim bo„limlari bo„yicha maslahatlar o„tkazadi; - kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishni bajarilish jarayonini nazorat qilish jadvaliga binoan har xaftada kafedra ishchi majlislarida 1-2 nafar va har oyda 1 marta biriktirilgan barcha talabalar bilan olib borayotgan ishlari yuzasidan hisobot berib boradi; - mavzu bo„yicha zaruriy va qo„shimcha adabiyotlar, turli ma‟lumotlar, arxiv materiallarini hamda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish bo„yicha maslahatlar beradi; - talaba bajargan malakaviy ishning sifati va mustaqil bajarilganligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki ko„chirilishiga yo„l qo„ymaydi. - bitiruv malakaviy ish talab darajasida bajarilgandan so„ng, talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflangan yakuniy taqrizni yozib kafedra mudiriga taqdim etadi; - Davlat attestatsiya komissiyasining bitiruv malakaviy ish bo„yicha xulosasi (to„ldirish, tuzatish, qayta ishlash va boshqalar) acosida talaba bilan ishlaydi, xulosadagi takliflarni e‟tiborga olib ishni universitet axborot resurs markaziga topshirishga tayyorlaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling