Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
3.
Kafedra mudiri - bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbarlarining talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishni bajarish reja-jadvalini tasdiqlaydi; - kafedra kengashida malakaviy ishga qo„yiladigan majburiy talablarga muvofiq malakaviy ishni bajarish bo„yicha ilmiy-metodik tavsiyanomalar, uning hajmini (10-15 ming so„zdan chiqib ketmagan holda) belgilaydi, bitiruv malakaviy ish himoyasida ishni baholash mezonlarini ishlab chiqishni tashkil qiladi, tasdiqlaydi, talabalarga yetkazilishini nazorat qiladi; - talabalar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan malakaviy bitiruv ishlarga qo„yiladigan majburiy talablarga rioya qilinishi va bajarilishini nazorat qiladi; - bitiruv malakaviy ishlarni bajarilish holati bo„yicha har xaftada ilmiy rahbarlarning 1-2 nafar talabalari va har oyda barcha biriktirilgan talabalari tomonidan reja-jadvalda belgilangan vazifalarni bajarishi, konsultatsiyalardagi faolligi, adabiyotlar, ma‟lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo„yicha elektron ta‟lim resurslaridan foydalanishi yuzasidan hisobotlarini kafedra yig„ilishlarida muhokama qiladi; - malakaviy pedagogik amaliyot o„tayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishi mavzusiga tegishli materiallarni to„planayotganini va tajriba-sinov ishlarining xulosalarini o„rganadi; - bitiruv malakaviy ish tugallangandan so„ng, ilmiy rahbarning taqrizi, tashqi taqrizlar asosida uni kafedra kengashida mukammal muhokama qiladi va himoyaga tavsiya etish yoki etmaslik bo„yicha qaror qabul qiladi; - fakultet dekanatiga talabaning bitiruv malakaviy ishini (muqavalangan, dastxatda yozilgan, ichki bosh varag„ida ish rahbari imzolagan, muhokama qilingan majlis sanasi va nomeri, ishni ekspertizadan o„tkazgan tashkilot muhri, kafedra mudirining imzosi va sanasi ko„rsatilgan xolda) topshiradi; - kafedra yig„ilishida ximoyaga tavsiya qilingan malakaviy ishni fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilangan kunda himoyasini o„tkazishda ishtirok etadi; - Davlat attestatsiya komissiyasining bitiruv malakaviy ish bo„yicha xulosasi (to„ldirish, tuzatish, qayta ishlash va boshqalar) acosida talaba va ilmiy rahbar tomondan xulosadagi takliflarni bajarilishini nazorat qiladi va ishni universitet axborot resurs markaziga topshirishga tayyorlaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling