34
Nizomiy nomidagi TDPU talabalarning bitiruv
malakaviy ishini bajarish jarayonining
tashkiliy – uslubiy boshqaruvi tizimi
I.
Tashkiliy vazifalar
1. Nizomiy nomidagi TDPUda talabalarning bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonining tashkiliy
– uslubiy boshqaruvi tizimi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 1998 yil 31 dekabrdagi 362-
sonli va 2009 yil 17 mart 76-sonli buyruqlari hamda universitet Ilmiy kengashining 2009 yil 27
avgustdagi majlisida belgilangan vazifalar va universitet rektorining 2009 yil 28 avgustadagi 264-
U-sonli «Talabalarning bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonining tashkiliy –
uslubiy
boshqaruvini kuchaytirish to„g„risida» gi buyrug„iga binoan ishlab chiqilgan.
2. Bitiruvchi kurs talabalarini mustaqil holda ijodiy ishlashga, pedagogik-psixologik tadqiqotlar olib
borishga keng jalb qilish maqsadida kafedra yig„ilishi qarori bilan
talabalarga ilmiy rahbarlar
kafedraning professor va dotsentlari safidan tayinlanadi. Zarurat bo„lganda turdosh oliy ta‟lim
muassasalari, FAning tarmoq institutlarining ilmiy darajali xodimlari,
buyurtmachi muassasalar
mutaxassislari ilmiy ilmiy rahbar sifatida jalb qilinadi.
3. Fakultet ilmiy kengashi tomonidan joriy o„quv yili bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlar
mavzusi va ularga ilmiy rahbar tayinlash haqidagi kafedralar kengashi
qarori asosida majlis
qarorini qabul qiladi.
4. Fakultet dekanati fakultet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan bitiruv malkaviy ishlar bankiga
kirgan mavzularni o„rganib universitet rektorining bitiruvchilarga malakaviy ishlar mavzulari va
ularga ilmiy rahbarlar tayinlash bo„yicha buyruq loyixasini tayyorlaydi.
II.
Asosiy vazifalar
Universitet rektorining bitiruvchilarga malakaviy ishlar mavzulari
va ularga ilmiy rahbarlar
tayinlash bo„yicha buyrug„i qabul qilingandan keyin quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: