Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Tadqiqot mavzusini tanlash


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019

Tadqiqot mavzusini tanlash 
Kurs ishi mavzulari 1 yil oldin tegishli kafedra majlisida muhokama qilinadi,
tasdiqlanadi va talabalarga ma`lum qilinadi . Kurs ishi asosan 3-4 blok fanlari 
bo`yicha yoziladi. 
Kurs ishi mavzularining to`plami quyidagi talablarga javob berishi zarur: 
 bo`lajak o`qituvchi ni tayyorlash vazifalariga mos kelishi
 zamonaviy ilmiy-pedagogik tadqiqotlar yo`nalishlari va muammolarini 
hisobga olishi;
 alohida o`qituvchi lar va kafedra jamoasi tomonidan tekshirilayotgan 
muammolarga talabalarni jalb qilishi; 
 psixologik-pedagogik nazariya va amaliyot sohasiga nisbatan talabalarning 
xilma-xil qiziqishlarini hisobga olishi; 
 maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o`rta va o`rta 
maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchi lariga ta`lim va tarbiya 
berishning dolzarb muammolarini ishlab chiqishi zarur. 
Kurs ishi mavzulari turli usullar yordamida belgilanishi mumkin: 
 O`qituvchi talabaning kurs ishi mavzusini belgilaydi. Agar o`qituvchi
muayyan bir muammo bo`yichа tadqiqot ishni olib borayotgan bo`lsa, u shu 
mavzu yuzasidan talabaga kurs ishi mavzusini berishi mumkin. 
 Talaba o`z amalii faoliyatida duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish 
uchun yordam beruvchи mavzu bo`yicha ishlashi ham mumkin. Bu 


40 
yo`nalishdagi mavzularni, odatda, OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat 
olib borgan yoki ish bilan o`qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab 
oladilar. 
 Talaba o`z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bo`yicha ish olib boradi.
Talabaga mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida quyidagi 
usullar yordam beradi: 
 etakchi mutaxassislar tomonvdan amalga oshirilgan ilm-fan yutuqlarining 
qisqa taxliliy tavsilotlarini o`rganish (chunki ushbu tavsilotlarning oxirida hal 
kilinishi lozim bo`lgan muammolar albatta ko`rsatiladi); 
 oldin bajarilgan tadqiqotlarda o`rganilgan muammolarga yaqin mavzularni 
tanlash, bunda yangi, yanа ham mukammalroq metodlardan foydalanish
 oldin tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo 
o`rganilmagan gipotezalarni tekshirish; 
 maxsus adabiyotlar va davriy psixologik-pedagogik nashrlar bilan muntazam 
tanishib borish: 
dolzarb ahamiyatga ega, kam o`rganilgan muammo va masalalarni aniqlash 
maqsadida etakchi olimlar bilan maslahatlashish. 
Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy raxbar bilan kelishilganvdan so`ng kurs 
ishini bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan kalendar'-reja ishlab chiqiladi. Mazkur reja 
tadqiqot ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs ishini 
mustaqil hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beraldi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling