Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda baliq skleti metodidan foydalanish Reja
Download 97.67 Kb.
|
Jo`rayeva S (4)
Kidariylar — kelib chiqishi masalasida har xil taxminlar mavjud. Ba'zilar turkiy xalq desa, boshqalari eroniy deb hisoblashadi.[1][2][3][4]. Kidariylarning birinchi podsholaridan biri Kidara I bo`lgan. Kidariylar Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan janubiy-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
5-asrning 2-yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi oʻrtaga chiqadi va 6-asr 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.4 Afrigʻiylar — Xorazmda 4-10-asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi — Afrigʻ. 995-yil Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oʻldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Maʼmun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar “Xorazmshoh” unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’adan qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan esa qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, sanʼat, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borgan. Afrigʻdan keyingi Xorazmshohlardan 22 tasini nomi maʼlum: Ofring, Bugʻra (Bagʻza), Shoxassax, Askajamux, Saxr, Sabriy, Askajavar, Saxxasak, Shovushafar, Turkash ota, Abdulloh, Mansur, Iroq, Muhammad, Ahmad, Abu Abdulloh Muhammad. Beruniyning taʼkidlashicha, xorazmliklar tarix olishda eronliklarga ergashib, Kayxusravning (Xorazm) shohlari deb ataluvchi naslidan boʻlgan bir podshoh davrining boshlanishidan tarix oldilar. Nihoyat, Kayxusrav naslidan Afrigʻ podsholigi boshlandi. Xorazmliklar Afrigʻ va uning avlodi podshohlaridan tarix oldilar. Afrigʻiylar sulolasi vakillari (Milodiy 305-995 y.) 1. Afrigʻ 2. Bagʻra 3. Saxxasan 4. Azhajamuq 5. Azkajavar I 6. Saxr I 7. Tovush 8. Xamgari 9. Boʻzgar 10. Arsamux 11. Saxr II 12. Sabri 13. Azkajavar II 14. Azhajamuq II 15. Shovshafar 16. Turksabosa 17. Abdulloh 18. Mansur ibn Abdulloh 19. Iroq ibn Mansur 20. Muhammad 21. Ahmad ibn Iroq 22. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad5 Qadimgi Xorazm “Xvarizam” (Avesto tilida), Xuarazmish (qadimgi fors tilida), Xorasmie (qadimgi yunon tilida) tushunchalari Quyi Amudaryo hududlaridagi Xorazm vohasiga tegishli bo4lgan. Qadimgi Xorazm tarixi va yodgorliklari S.P. Tolstov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyaning tadqiqotlari natijasida keng yoritilgan. Xorazmmng sug4orish inshootlari va sug4orilishi tarixini o4rganishda taniqli arxeolog olim Ya.G‘ulomov katta hissa qo’shgan. Xorazm tuprog’ida turli xil ko’hna manzilgohlar va shahar xarobalari qazib ochilgan. Hozir ham Qadimgi Xorazm tarixini o’rganish va uning arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. «Avesto»ning dastlabki ma’lumotlariga (Yasht madhiyalari) zamondosh Xorazm yodgorliklari mil. avv. IX-VIII asrlarga oid Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Bu davr yodgorliklari mahalliy bronza davri madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto4la turarjoy, kichik sug’orish inshootlari va qo4lda yasalgan sopol idishlari bilan ajralib turgan. Bronza buyumlaridan o4roqlar, jez ignalar hamda o4q uchlar qo’yilgan tosh qoliplar topilgan. Xorazmdagi shu davr aholisining asosiy tirikchilik manbai chorvachilik va dehqonchilik bo’lgan. Tabiiy sharoit Amudaryoning eski o’zani Oqchadaryo irmoqlaridan ariq qazib, suv chiqarishga imkon bergan tumanlarda sug’orma dehqonchilik rivojlangan. Gekateyning parfiyaliklardan sharqda joylashgan xorasmiylar elati haqida ma’lumotlar va Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanuvchi xalqlaming yerlari haqidagi xabarlariga tayangan holda, xorasmiylaming siyosiy yetakchiligidagi «Katta Xorazm» birlashmasi to4g4risidagi ilmiy nazariya pay do bo’lgan. Bu davlatga Gerodot sanab o’tgan xalqlar - xorasmiylar, girkanlar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylar yerlari ham kirgan deb taxmin qilindi. Ba’zi tadqiqotchilaming ta’kidlashicha (V. Tarn, F. Altxaym), ahamoniylar davridan aw al xorasmiylar Parfiya chegaralaridan Sharqiy 158 yo’nalishda Kopetdog4 yonbag’irlarida joylashgan. «Katta Xorazm» davlatining markazi Marv va Hirot atrofida bo4lib, bu davlatni qadimgi fors podshosi Kir II bo‘ysundirgan, so‘ng xorasmiylar Quyi Amudaiyo - Xorazm vohasiga ko4chib borishgan, deb faraz qilinadi (V.B. Xenning, I. Gershevich, I.V. Pyankov). E.V. Rtveiadzening nazariyasiga ko4ra, Baqtriyaning shimoli-g’arbida joylashgan xorasmiylar qadimgi forslarning bosqini tahdidi tufayli Quyi Amudaryo yerlariga janubdan ko’chib kelishgan edi. Boshqa olimlar mazkur nazariyalarga qarshi bo’ lib, xorazmliklar 0’rta Osiyo janubidan ko’chib kelishmagan va Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan, degan fikmi ilgari surishgan (S.P. Tolstov, M.G. Vorobyova). Bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm vohasi hududidan ancha keng bo4 lib, 0 4rta Amudaryo vohasidan boshlab Orol dengizigacha bo4lgan yerlami o4z ichiga olgan. Bu hududda mil. aw. VI-V asrlarga oid 310 ta uy-qo’rg’onlar, shahar xarobalari ma’lumdir. Shular jumlasidan eng yirigi Ko’zaliqir mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Ko’zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi Qiziltepa, Bandixon 2, Talashkantepa kabi istehkomlar devorlarining tuzilishida ancha o'xshashliklar aniqlandi. Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining o'rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo’lak bo’lgan hamda o’q otish uchun mudofaa butji qurilgan. Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Shuningdek, Ko’zaliqirda saroy ko4rinishidagi yirik inshoot hamda olovga sig’inish bilan bog’liq otashkada topilgan. Ko’zaliqir madaniyatidan awal Xorazm vohasida mil. aw. IXVIII asrlarga oid paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa devorlari va turli me’morchilik inshootlar aniqlanmagan. Turarjoylar kulba va chaylalarga o4xshash yarim yerto’lalardan iborat, sopol idishlar esa qo’lda yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida noma’lum bo4lgan. Xorazm moddiy madaniyati hamda binokorligidagi tub o’zgarishlar va vohada oldingi davrlarda noma’lum madaniy an’analaming paydo bo4lishi mil. aw. VII—VI asrlar chegarasi bilan belgilanadi. 159 Mazkur davrga oid Xorazmda xom g’isht va paxsadan qurilgan uyjoylarning qoldiqlari qazib ochilgan. Qurilish va hunarmandchilik ancha rivoj topgan (Ko‘zaliqir, Xumbuztepa, Hazorasp). Voha kulolchiligida charxdan foydalanish boshlanadi, temirdan mehnat hamda harbiy qurollari ishlab chiqariladi, saroy shaklidagi inshootlar, sajdagohlar va otashkadalar paydo bocladi. Bu davr Xorazm vohasi sopol idishiari Margciyona, Baqtriya va Sug‘diyona kulolchilik buyumlariga o’xshab, ulardan deyarli farq qilmaydi. Sopol idishlar va boshqa moddiy manbalar asosiy xususiyati bilan umumiy madaniyatga mansubdir. Bundan binokorlik usullari, uy-joylaming tuzilishi va mudofaa tizimi ham dalolat beradi. Ilk temir davrda 0 ‘rta Osiyo janubiy viloyatlarida juda qadimgi zamon lardayoq rivojlangan madaniy an’analar Xorazm vohasi aholisining moddiy madaniyatiga ham tatbiq qilinadi. 0 ‘rta Osiyo janubiy viloyatlarini madaniy umumiylik, ziroatchi aholining qocshni-qarindoshligi, yaqin urf-odatlari, tili, diniy qarashlari va madaniy aloqalari birlashtirgan. Shuningdek, Marg‘iyona Baqtriya aholi guruhlaming (binokorlar, hunarmandlar, ziroatchilar) Xorazm chegaralarida va aynan voha hududiga yoyilishi, ehtimoldan xoli emas. Ziroatchi aholisining migratsiyalari fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan. Migratsiyalar tufayli janubiy viloyatlar jamoalarining vakillari va Xorazm mahalliy aholisi qo‘shilib qorishishi sababli yangi madaniy va etnik jarayonlarga zamin yaratilgan. Boshqa nazariyaga ko‘ra, (Y.A. Rapoport, O.A. Vishnevskaya) mil. avv. VII asrda xorazmlik saklaming janubiy viloyatlarga (Marg‘iyona, Parfiya) yurishlari paytida, ular janubdagi shaharlarning mudofaa tizimi, sun’iy sug‘orish inshootlari va moddiy madaniyati bilan tanishib chiqishi natijasida, bu sohalarda o’zlashtirilgan bilimlar va ko‘mkmalar Quyi Amudaryo hududlaridagi hunarmandchilik va binokorlik sohalariga tatbiq etilgan. Shuningdek, mil. aw. VI asrdan boshlab, xususan shu saklar «xorasmiylm*» degan shaxsiy etnonimga ega bo'lishgan, degan fikr ilgari surilgan. 160 Biroq o’zga yurtlarning madaniy yutuqlarini faqat tanishib chiqish va kuzatish usullari orqali murakkab me’morchilik va mudofaa inshootlarini Xorazmda yaratish uchun yetarlicha bo’lmagan. Bunday binokorlik ishlami hamda hunarmandchilik sohalarini rivojlantirish maqsadi muayyan bilimlar hamda amaliy tajribani talab etardi. Xorazm vohasida Quyisoy madaniyatiga oid mahalliy chorvadorlar hamda Sakarchaga mozor qo4rg4onlaridan arxeologik topilmalarga ko’ra, Quyi Sirdaryodan ko4chib kelgan ilk saklar istiqomat qilishgan (mil. aw. VII asr). Bu davrda vohada chorvachilik xo4jaligi ustuvor bo4lgan. Xususan, «xorazmliklar» - saklar va kelgindi baqtriyaliklar etnomadaniy an’analaming qorishishi natijasida Xorazm vohasida Ko'zaliqir madaniyati hamda xorasmiylar elati vujudga kelishi ehtimoldan xoli emas. Shunday qilib, Ko’zaliqir madaniyati Marg’iyonaBaqtriyada awal yuqori darajada rivoj topgan va janubdan migratsiyalar natijasida Xorazmda yoyilgan sivilizatsiya ta’sirining mahsulidir. Misol tariqasida, mil. avv. X-VIII asrlarda Janubiy Sug4d - Qashqadaryo vohasida kulolchilik charxda ishlangan sopol idishlarning paydo bo4lishi, qurilishda xom g’isht va paxsaning ishlatilishi, uy-qo’rg’onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning Sug’diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi mahalliy vohalaming o'zlashtii'ishini tasdiqlaydi. Bugungi kunga kelib, «Katta Xorazm» birlashmasi haqidagi nazariya olimlar tomonidan rad etildi. Xorazm vohasida ilk davlatchilik alohida voha-tumanlarda mil. aw. VII-VI asr chegarasida vujudga kelgan, degan fikr ilgari surildi. Alohida voha-tumanlardan iborat, markazlari Ko'zaliqir va Hazorasp kabi qal’alar bo’lgan qadimgi Xorazmda ilk davlatchilik mil. avv. VI asrning boshlariga kelib Amudaryoning o’ng sohili yerlarida vujudga kelgan, degan xulosa arxeologiya ma’lumotlari asosida tasdiqlandi. «Katta Xorazm» davlatining markazi Hirot va Marv atrofida joylashmagan, chunki yozma manbalarga ko4ra, Marg'iyona qadimgi Baqtriya davlatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yirik viloyatini 161 tashkil etgan. Hirot vohasi esa qadimdan Ariya (Areya) viloyati va ariyaliklar elati markazi edi. Shu bois «Katta Xorazm» nazariyasidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Baqtriya va Xorazmning hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi yerlar orqali o‘tgan. Shu zaminda bir-biriga yaqin holatda ikkita qadimgi istehkom - Odoytepa va Qushqala qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan yerlar Sug‘diyona, Marg‘iyona va Baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan. Balki shuning uchun ham Gekatey xorasmiylar — xorazmliklar viloyatini parfiyaliklardan sharqiy tomonda joylashtirgan. Gerodot esa o‘z asarida parfiyaliklar va xorasmiylaming yerlari chegaradosh bo‘lgan, deb yoritgan. Qadimgi Xorazmda davlatchilik tizimining vujudga kelishi etnik migratsiyalari va ijtimoiy-iqtisodiy voqealar bilan bog‘liq bo‘lib, «xorasmiylar» elatining paydo bo‘lishi ahamoniylar davridan oldingi davrlarda boshlangan. Bunda mintaqadagi sivilizatsiyaning birlamchi markazlarining madaniy ta’siri va aholi migratsiyalari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 6 Download 97.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling