Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda baliq skleti metodidan foydalanish Reja
Download 97.67 Kb.
|
Jo`rayeva S (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
Tarbiyaviy maqsad – har bir tarixiy voqea va jarayonlarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad – tarixiy savolloarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; Darsda foydalaniladigan metodlar: “Baliq skleti”, “BBB” metodlari yangi mavzu bayonida va Interfaol metodlardan mavzuni so`rashda foydalanildi. Darsning jihozi: : “O`zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari” mavzusidagi maqolalar, siyosiy xarita. I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu: “Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari” Markaziy Osiyo xalqlarining davlatchiligi tarixida ilk o`rta asrlar davri muhim o`rin egallab, aynan mintaqa tarixining yetarlicha o`rganilmagan qismi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugungacha jahon tarixshunosligi, shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligida salmoqli ishlar amalga oshirilgan bo`lib, bu boradagi tadqiqotlar davom etib kelmoqda. Qariyb bir yarim asr davomida ushbu mintaqa tarixining ilk o‘rta asrlar davri bo‘yicha shunchalar ko‘p va xilma-xil materiallar to‘plandiki, bugungi kunda ularni yangicha qarashlar asosida qayta ilmiy taxlildan o‘tkazish va tarixiy ob’ektivlik asosida bir yaxlit ilmiy tizimga solib umumlashtirish zaruratga aylandi. Arman manbalarida ta’riflanishicha, o'sha paytlarda xioniylar davlatining podshosi Gurumbat (Grumbat) bo'lgan. U nihoyatda dono, behisob g'alabalari bilan dong'i taralgan zabardast hukmdor bo'lgan. Bey Shida (VI asr) ≪Bir vaqtlar xunnlar Sude (Sug'd, Sug'diyona) hokimini o'ldirib, Sudeni egallagan edilar, bu voqea sodir bo'lgandan buyon to'rt avlod o'tgan≫ degan axborot keltiriladi. Xunnlar (xioniylar)ning Sug'diyonani egallaganligi ushbu axborotda 479 - 564-yillarda berilgan. Agar bir avlod, O’rta hisob bilan 50-yil deb olinsa, to'rt avlod o'tishi taxminan 350-356-yillarga to'g'ri keladi. Demak, yuqoridagi ma’lumotlarga ko'ra ayni shu vaqtlarda (350-356) xioniy (xunn)lar Sug'diyonani va uning markaziy shahri Samarqandni egallaganlar. Yapon olimi Enoki hamda tarixchi, etnograf va geograf olim L.N. Gumilyovning ta’kidlashicha, Sug'diyonani egallagan, Xitoy voqeanavislari ≪xunn≫ deb atagan etnos xioniylar bo'lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra ularning yuqoridagi fikrini haqiqatga yaqin deb bilishimiz mumkin. Xionitlar nomi manbalarda birinchi marta 356-yilda tilga olingan. Xioniylar bilan chegaradosh Eron qo'shinlari O’rtasida 356-yili Sug'd hududida jang bo'lib o'tgan. Sosoniylar shohi Shopur II (309-379) bu jangda yengiladi. Ammo 358-yili ular O’rtasida sulh va ittifoq tuzilgan. Solnomachi Ammian Marselinning yozishicha, 359 yili xioniylar shohi Grumbat Sosoniylar shahanshohi Shopur II bilan Amid (Suriya) shahrini (Vizantiya mulki edi) qamal qilishda ittifoqdosh sifatida, unga yordam bergan. Shu yillarda (350 - 356) yuqorida aytilganidek, xunnlar-xioniylar Zarafshon vohasini egallagan edilar. Demak, xioniylar Amudaryo sohillariga chiqib, Eron Sosoniylari bilan chegaradosh bo'lib qolishgan. Uzoq o’tmishda xioniylar va ular tarkibidagi barcha qabilalar Shimoliy Xitoyda, Sibirda, milodiy 1-2 asrlarda esa Qozog’iston cho’llarida yashaganlar. Ularning ayrim guruhlari shu asrlarda Movarounnahr va Xorazm hududlariga ham kelib joylashganlar. Xioniy qabilalari kirib kelgan paytda Movarounnahr va Xorazm hududida xorazmliklar so’g’diylar, kushonlar, qang’arlar va bir qancha boshqa xalqlar yashagan. V asrning 20 yillarida O’rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi aholi kidariylar (yuejchji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi. Kidar ismli hukmdor ularga yo’lboshchilik qilgani uchun kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar So’g’diyonani Amudaryo bo’ylaridagi yerlarni egallab o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradilar Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmaydi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’ladi. 456 yilda bo’lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar. Ayni paytda shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo’ldilar. Kidariylar u yerda 75 yilcha hukmronlik qildilar. Bu hududlarni turk hoqonligi egallaganda xorazmliklar va so’g’diylar qatorida kidariylar, xioniylar, eftaliylar va boshqa xalqlar ham bo’lgan. Xion (xioniy), Kidariylar etnoslarining kelib chiqishi haqida xaligacha aniq ma’lumotlar yo’q va tadqiqotchilar orasida ham turli baxsli fikrlar mavjud. Masalan, xioniylarni eftaliylarga yoki kidariylarga tenglashtirgan, ba’zan esa buning teskarisi eftaliylarni xioniylar deyilgan. Xioniylar tarixiy manbalarda milodiy 4 asr o’rtalarida tilga olingan. Beyshida (6 asr) bir vaqtlar xunlar Sude (So’g’d) xokimini o’ldirib Sudeni egallagan edilar. Shu ma’lumotlarga ko’ra 350-356 yillarda xioniylar So’g’diyonani va uning markaziy shahri Samarqandni egallaganlar. 356 yilda xioniylar sarkardasi o’g’li bilan Sosoniylar podshosi Shopur 2ni Amida (Suriya) shahrini qamal qilishda ittifoqdosh sifatida unga yordam bergan. Shu yilda xioniylar Zarafshon vohasini egallagandan so’ng Amudaryo vohasiga chiqib Eron sosoniylari bilan chegaradolsh bo’lib qolgan. Dastlab xioniylar Sosoniylar bilan ittifoqchilikda yashagan bo’lsada, 4 asr oxiri 5 asr boshlarida ular bilan raqiblashib kelganlar. 460 yili xioniylarning katta qismi Hindistonning shimoliy-g’arbiy hududlariga ko’chadilar ularning ayrim guruhlari Movarounnahrda qolib, eftalitlar bilan aralashadilar va keyinchalik o’troqlashib, tub yerli aholiga qo’shilib ketadilar. Xitoy manbalaridan eftalitlarni “ida, yeda, idan, idyan” deb, suriya va lotin manbalaridan esa “eptalit, eftalit, adbal”, arman yozuvlarida “idal, tetal, xeptal”, arab va fors mualliflari “haytal, yaftal, hetal”, hind manbalarida “xuna” va hokazo deb eslatib o’tiladi. Xitoylik mualliflar eftalitlarni turklar (tukyue) bilan bog’liq ravishda ta’riflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan Prokoliy (6 asr) eftalitlarni xunlardan deb ko’rsatar ekan, “ular (ya’ni eftalitlar) xunlardandir, tanalari esa oq” deb eslatadi. Eftalitlar bilan sosoniylar o’rtasida birinchi to’qnashuvlar 5 asr 30 yillardayoq sodir bo’lgan edi. Arman tarixchisi Vardapetning ma’lumotiga ko’ra 5 asrning 50-yillariga kelib eftalitlar ittifoqi nihoyatda ko’chayib ketadi. 456 yildayoq eftalitlar o’z elchilarini Xitoyga jo’natadilar. Eftalitlar tobora janubiga qarab siljiy boshlaydilar va o’z navbatiga janubdagi qo’shni Eron bilan munosabatlar keskinlasha boradi. Sosoniylar bilan hal qiluvchi qarashlar davri shoh Peruz (Feruz) davriga (459-484 yy.) to’g’ri keladi. Taxminan 457 yili vaxshunvor (axshunvor) Eftalon boshchiligidagi eftalitlar Chag’oniyon (Surxondaryo viloyati Termiz shahrining shimolidagi yerlar), Tohariston, Badahshonda o’z hokimiyatlarini o’rnatadilar. 459 yili Eron taxtiga nomi tilga olingan Peruz chiqadi. Download 97.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling