Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishimizning maqsadi “Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda BALIQ SKLETI metodidan foydalanish” mavzusini o`quvchilarga tushuntirib berish.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda biz quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
Kurs ishining o`rganilish darajasi: Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida ilk o‘rta asrlar davrida Eftaliylar davlatining tutgan o‘rni mavzusi bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni uch guruhga ajratib tahlil qilish mumkin. Birinchi guruhga sovet davrida yaratilgan tadqiqotlar kiradi. Ularda Eftaliylar tarixi, asosan etnik kelib chiqishi turli yo‘nalishlarda yozma manbalar, arxeologik va numizmatik materiallar asosida tadqiq qilingan. Ular qatoriga V.V.Bartold, A. Mandelshtam, L.N.Gumilev, A.N.Bernshtam, S.P.Tolstov, B.G.Gаfurov, B.I.Marshak, K.V.Trever, A.Asqarov, E.V.Rtveladze, T.K.Xodjayov, B.A.Litvinskiy, V.S.Solovyov va boshqalarning tadqiqotlarini1 kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga mustaqillik yillarida olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarni keltirish mumkin. Ularga A.Asqarov, A.Xo‘jaev, Sh.Kamoliddin, A.Ziyo, J.Ilyasovlar2, shuningdek so‘ngi yillarda ilk o‘rta asrlar davri bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan G‘.Boboyorov, A.Otaxo‘jaev, A.Kubatin, F.Djumaniyozova, O.Inomov va boshqalarning tadqiqotlari3 kiradi. Ular orasida akademik A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli monografiyasida Eftaliylarning kelib chiqishi kengroq yoritilgan.
Kurs ishining metodologik asosini: Kurs ishimizni metodologik asosini ta`lim va fanning ayni sohasiga oid qonun va xujjatlar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmonlari bugungi tarix fani uchun metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |