Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda baliq skleti metodidan foydalanish Reja


II.bob. Umumta`lim maktablarida tarix darslarini o`qitishda BALIQ SKLETI metodidan foydalanish


Download 97.67 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi97.67 Kb.
#1629670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jo`rayeva S (4)

II.bob. Umumta`lim maktablarida tarix darslarini o`qitishda BALIQ SKLETI metodidan foydalanish
2.1. BALIQ SKLETI metodini tarix darslarida qo`llash usullari
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri dars jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamizda ta’limga oid qarorlarda bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lozimligi ta’kidlangan. Mustaqillik yillarida mamlakatning ta’lim sohasidagi o’tkazilayotgan islohotlari o’z samarasini namoyon yetmoqda. Fanlar bo’yicha o’quv metodik majmualarni tayyorlanishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga tatbiq yetishdan dalolat beradi. Tarix o‘qitish metodikasi fanidan yaratilgan o’quv-metodik majmuasi Davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talablar asosida talabalar tomonidan yegallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni kompetentlik darajasida rivojlantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan yelektron ko’rinishdagi o’quv–metodik manbalar, didaktik vositalar va materiallar, mezonlarini o’z ichiga oladi.
Metod yunoncha “metodos” so’zdan olingan bo’lib, izlanish, bilish yo’li, nazariya, ta’limot, biror narsaga yo’l ma’nosini anglatadi. Aniq vazifani yechishga bo’ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish yo’llarining yig‘indisidir. Shuningdek, maqsadga yerishishning aniq, qisqa va maqbul yo’li hisoblanadi. Metod-tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi usullar va jarayonlar yig‘indisidan iborat. O’qitish metodi yesa ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadga yerishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari yoki ta’limda maqsadga yerishish, masalalarni hal qilish yo’llari, usullari tushuniladi. O’qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul – metodning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo’llaniladigan va alohida qadam hisoblanadi.Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.
O’qitish metodi “o’qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o’rin yegallaydi. O’qitish metodi – murakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga yega bo’lgan ta’limdir. O’qitish metodida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri bshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim metodlari o’quv tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o’quv materiallari mazmunini o’zlashtirish mumkin yemas. Ta’lim metodi vositasida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati o’zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi - o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo’naltirilgan faoliyatni tartibga solish yo’lidir7.
Ayrim adabiyotlarda pedagoglar tomonidan “metod” bilan “usul” tushunchalarini chalkash ishlatish holatlari mavjud. O’qitish metodlarini muvaffaqiyatli amalga oshishi albatta uning usullarining mahorat bilan qo’llanilishiga bog‘liq. Aksariyat pedagoglar “metod” tushunchasini “usul” deb tarjima qilib o’zlarini va tadqiqotchilarni ham chalg‘itadilar. Bizningcha metod tushunchasini tarjima qilish kerak yemas. Ta’limda metodlar tizimidan keng foydalanilgan taqdirdagina ta’lim-tarbiya ishlari sohasida natijarga yerishish mumkin. G.Fuzailovaning “Tarix o’qitish metodikasi” nomli o’quv qo’llanmasida an’anaviy metodlar umumlashtirilib to’rtga ajratilib, ularning usullari aniq ko’rsatilgan8.
Ta’lim metodlari tizimi deb, yeng muhim umumiy belgilari bilan o’zaro bog‘langan, bir-biriga ta’sir ko’rsatadigan metodlar guruhiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari - o’qitish va o’rganish usullari hamda o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir.O’qitish metodlari usullari va o’quvchilar tafakkur faoliyatining turli shakllari o’rtasidagi o’zaro aloqa va ularning bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri asosida bir tizimdagi metodlarning o’zaro bog‘liqligi yuzaga keladi. Ta’lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qitish deyarli hech qachon o’qituvchining bayonisiz qo’llanilmaydi, o’qituvchining bayoni ham doim ko’rsatmali vositalarga suyanadi. O’quvchilarning texnika vositalari, matnlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta’limning ko’rsatmali va og‘zaki usullari bilan chambarchas bog‘liq bo’ladi.
Tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasi haqida pedagoglar turli fikrlarni bildirganlar. Bir-biri bilan bog‘langan o’qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) og‘zaki o’qitish metodi, (hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, tahlil qilib tushuntirish,tarixiy manbalar bilan ishlash; tarixiy adabiyotlar, tarixiy hujjatlarni izohlash) bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
2) ko’rsatmali ta’lim metodi (jadvallar, shartli-grafik illyustratsiyativ ko’rgazmalilik, surat tahlili, rasm, tarixiy xaritalar bilan ishlash);
3) ta’limning amaliy metodi (kontur xarita to’ldirish, mashq bajarish, o’quv topshiriqlarini yozma tayyorlash).
Baliq skeleti

“Baliq skeleti” metodi. Bu usuldan foydalanish o‘tgan mavzuni, yangi mavzuni mustahkamlashda to‘g‘ri keladi. Oq qog‘ozga baliqning skeleti (boshi, qovurg‘alari, dumi) chiziladi. Qovurg‘alar 4 ta bog`lishi maqsadga muvofiqdir. Baliqning yuqori suyagiga muammo ya’ni savollar ifodalanadi. Pastki qismida esa muammoni hal qiluvchi javoblar yoziladi. Bunda ham shakllar guruhlarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa savollarga javob topadilar.


Ana shunday dars jarayonlarida o‘quvchini fanga qiziqtirish o‘qituvchidan katta mahoratni talab etadi. Boshlangg`ich sinfda ko‘pchilik bolalar biroz erinchoq bo‘ladi. Ular ayniqsa, matematika fanini biroz xushlamaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini odatdagi amallardan iborat misol va masalalar bilan “zeriktirmaslik” uchun darslarda qo‘shimcha ravishda qiziqarli masalalardan foydalanib, ularni mantiqiy fikrlashga ham o‘rgatish mumkin. Bu bolalarda “matematikani yomon ko‘raman”, degan fikr paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir usuldir. Masalan, darslarda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini oshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:

muammo muammo muammo muammo






Download 97.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling