Bilimlarni mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:
1. Biz qaysi geometrik shaklni o’rgandik?
2. Atrofimizdagi qaysi predmetlar uchburchak shakliga o’xshaydi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Uzunligi bo’yicha keskin farq qiluvchi predmetlarni taqqoslashni o’rgatish
Maqsad:
Bolalarni har xil uzunlikdagi ikkita predmetni taqqoslab, uzun-qisqaligini aniqlashga o’rgatish, nutqida «uzunroq», «qiskaroq» so’zlarini qo’llashni mashq qildirish.
Predmetlarning fazoviy joylashishi hakida tasavvur hosil qilish: balandda, pastda tushunchalarini, o’ng va chap qo’lni farqlashni o’rgatishni davom ettirish.
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Flanelegraf
2 ta sariq lenta (bittasi 10 sm, ikkinchisi undan uzunroq)
Uy va toychoqning rasmi yoki o’yinchoq.
Tarqatma materiallar:
Xar bir bolaga Qo’g’irchoq (o’yinchoq) va 2 ta xar xil uzunlikdagi sariq lenta (uzunligining farqi - 5 sm).
Lentalar va savat.
6-rasm (har bir bolaga).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi 2 ta sariq lentani ko’rsatadi va so’raydi: «Lentalar qanday rangda? Lentalar sariq rangda. Hozir biz lentalarni taqqoslash yordamida uzunligini o’lchashni o’rganamiz. Qaysi lenta uzunroq, qanday bilsak bo’ladi? Qaranglar, men bitta lentani ikkinchisining yoniga qo’yaman. Chap tomondan lentaning oxirini teng qilib birlashtiraman. O’ng tomonda lentalarning uchi teng bulmadi, mana bunisi uzun ekan, bunisi kaltaroq ekan». Tarbiyachi tushuntirish davomida bolalardan so’raydi: «Maftuna, qaysi lenta uzunroq. Lentaning ustidan qo’lingizni yurgizib chiqing. Bu lenta uzunroq ekanmi yoki kalta ekanmi? Xa, bu lenta uzunroq. Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz: uzunroq. Jamolbek ko’rsatingchi, qaysi lenta kalta. Bu lenta uzunmi yoki kaltami? Xa, bu lenta kaltaroq. E’tibor beringlar, bular go’yo yo’lga uxshaydi. Mana bu yerda esa uycha bo’ladi». Tarbiyachi uzun lentaning oxiriga uychani qo’yadi va so’raydi: «Qayerda yo’l qisqaroq: balanddami yoki pastdami? Qaerda uzunroq? To’g’ri, balanddagi yo’l qisqaroq, pastdagisi uzunroq. Hozir toychoq yo’llardan yuguradi. (Qisqa yo’l yoniga toychoqning rasmini yoki O’yinchogini qo’yadi.) To’xtadi. Yo’l tugadi! Toychoq uychagacha bordimi? Nima uchun? Endi toychoq boshqa yo’ldan yuguradi. Toychoq uychaga yetib bordimi? Nima uchun? Endi yo’llarning joyini o’zgartiramiz. Qayerda yo’l uzunroq: balanddami yoki pastdami? Qayerda qisqaroq? Siz qanday bildingiz? To’g’ri, bu yo’lning oxiri ortib qoldi, demak uzunroq. Bu yo’lga ozgina yetmay qoldi, demak u qisqaroq».
Do'stlaringiz bilan baham: |