Bilimlarni mustahkamlash uchun O’yin.
Bolalar geometrik shakllar yordamida 3 guruhga bo’linadi va hamma guruhga bir xil qurish-yasash materiallari beriladi, bolalar o’zlari ijod qilgan holda turli narsalarni ko’radilar. Masalan: uy, mashina, vagonlar va x.k. Bolalar ko’rayotganda tarbiyachi ularga savollar bilan murojaat qilishi mumkin, «Nima ko’rayapsizlar?», «Bir xil uzunlikdagi taxtalarni topish uchun qaysi usuldan foydalandingiz?» va x.k.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savol:
1. Har xil uzunlikdagi taxtalar ichidan 2 ta bir xil uzunlikdagi taxtani topish uchun qaysi usuldan foydalanish mumkin?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Predmetlarni uzunligi va kengligiga qarab taqqoslashni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natija:
Kerakli jixozlar:
Keng va tor tasmalar (xar bir bolaga).
Jo’jalar (xar bir bolaga 4 tadan).
Faoliyatning borishi:
Bolalar gilamda o’tiradilar. «Qaranglar, bolalar,- deydi tarbiyachi. –Siz bilan qurgan ko’prigimiz. Ko’prik taxtachalarining uzunligi bir xil edi, to’g’rimi? Qanday tekshirib bilsak bo’ladi? Jamol, taxtachalarni yonma–yon kuy, uchlarini tenglashtir. Taxtalarning uzunligi to’g’risida nima deyish mumkin? To’g’ri, ular bir xil uzunlikda. Oldin bu taxtani qo’yamiz. Ulugbek mashinani ko’prikdan yurgizadi. Mashina ko’prikdan o’ta oldimi? Xa, o’ta oldi. Endi bunisini kuyib ko’ramiz, (keng taxtachani tor taxtacha bilan almashtiradi), endi mashina yura oladimi? Sarvar mashinani yurgizib ko’radi. Nima uchun mashina o’ta olmadi? Qaysi taxtacha tor, qaysinisi keng ekanligini qanday bilsa bo’ladi?»
Taxtachalarni birlashtirib, eniga taqqoslanadi, qaysi keng va qaysi tor ekanligi aniqlanib, ko’prikka qaysi mos kelsa o’sha olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |