Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida


Bolalar bilimini mustaxkamlash va tekshirish uchun savol


Download 151.6 Kb.
bet24/50
Sana31.01.2024
Hajmi151.6 Kb.
#1831998
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
Son va sanoq-fayllar.org

Bolalar bilimini mustaxkamlash va tekshirish uchun savol:
1. Daraxtlar balandmi yoki gullar?
2. Xonamizdagi eng baland narsani toping.

Faoliyat oxirida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.


Miqdor (Kattalik)


Mavzu: Predmetlarni uzunligi, kengligiga ko’ra ustiga va tagiga qo’yish usullaridan foydalanib qiyoslashni o’rgatishni davom ettirish


Maqsad:
  • Bolalarni har xil va bir xil kenglikdagi va uzunlikdagi predmetlarni ustiga va tagiga qo’yish usullari yordamida taqqoslashga o’rgatish.


  • «Uzunligi bir xil», «teng», «har xil uzunlikda», «kengligi har xil» so’zlarini nutqda ishlatishni mashq qildirish.




Kutilayotgan natija:
  • Bolalar 2 ta predmetni kengligi, uzunligiga ko’ra taqqoslashni va buni nutqda ifoda etishni o’rganadilar.




Kerakli jixozlar:
  • Qo’g’irchoq.


  • 2 ta bir xil uzunlikda va 4 ta xar xil uzunlikdagi lentalar.




Tarqatma material:
  • Xar xil rangdagi lentalar.




Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: «Bolalar bugun Qo’g’irchoq Lolaxonning tugilgan kunini nishonlaymiz. Sizlar nima deysizlar qanday sovga olganimiz yaxshi? Lolaxonning sochiga taqish uchun lenta olsakchi? Chiroyli qilib taqib qo’yardik. Mana xar xil rangdagi va xar xil uzunlikdagi lentalar. Bu lentalar ichidan rangi bir xil bo’lgan bir xil uzunlikdagi 2 ta lentani topishimiz kerak. Maftuna siz aytingchi, qanday rangdagi lentani tanlaymiz? Lolaxonning ko’ylagi qizil rangda, shuning uchun qizil rangdagi lentani tanlaganimiz yaxshi. Baxodir, siz kengligi va uzunligi bir xil 2 ta qizil lentani toping. Kengligi va uzunligi bir xil bo’lgan 2 ta lentani topish uchun nima qilishimiz kerak? To’g’ri, ularni o’lchab ko’ramiz. Baxodirga kim yordam beradi? Qani, Ulugbek, topishga yordam beringchi. Buning uchun bitta lentani olamiz, uning ustiga ikkinchisini qo’yamiz. Agar lentamizning kengligi va uzunligi bir xil bo’lsa, demak, shu lentalarni olamiz. 2 tomoni xam teng bulsa, ular bir xil uzunlikda bo’ladi. Endi sovgamizni chiroyli qilib o’raymiz. «Qo’g’irchoq Lolaxonga-hamma vaqt shunday chiroyli va orasta bulib, sizlar bilan va sizlardan kichkina bolalar bilan oo’ynab yurishini tilaymiz». Qo’g’irchoq Lolaxon: «Raxmat, bolalar! Men juda xursand buldim. Bu lentalarni hamma vaqt taqib yuraman». (Tarbiyachi lentalarni taqib qo’yadi).



Download 151.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling