Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida


Download 151.6 Kb.
bet20/50
Sana31.01.2024
Hajmi151.6 Kb.
#1831998
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
Son va sanoq-fayllar.org

Kutilayotgan natija:
  • Bolalarning predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslash ko’nikmalari mustahkamlanadi.




Kerakli jihozlar:
  • Gilamda qurib tugatilmagan ko’prik. Har ikki tomonda 2 tadan kubik va kubiklarning ustiga bitta taxtacha qo’yilgan, yana bitta qo’yish kerak. Yonida taxtachalar: birinchisi keragidan 10 sm kalta, ikkinchisi 10 sm uzun, uchinchisi kuprikdagi taxtacha bilan bir xil.




Tarqatma material:
  • Qurish-yasash materiallari to’plami.




Faoliyatning borishi:
Bolalar gilamda yarim doira bo’lib o’tiradilar. Tarbiyachi: «Biz Kamol bilan ko’prik qurdik. Bitta taxtacha qo’ydik. Yana bitta taxtacha qo’yishimiz kerak. Kelinglar, xammamiz birgalikda ko’prikka qo’yilgan taxtachaga teng bo’lgan taxtachani tanlaymiz. Buning uchun taxtalarni bir-birining yoniga va ustiga qo’yish usullarida o’lchab ko’ramiz. Qaranglar, bu to’g’ri keladimi? (Kalta taxtachani o’lchab ko’radi). Yo’q, to’g’ri kelmaydi, bu kalta ekan. Qani, bu taxtachani o’lchab ko’raylikchi. (Uzun taxtachani o’lchab ko’radi). Yana to’g’ri kelmadi. Nima uchun? O’lchab ko’raylikchi. Bu uzun ekan. Qaranglar, balki bu to’g’ri kelar. (Mos keladiganini o’lchaydi.) Xa, bunisi to’g’ri keldi, chunki ikki tomoni ham teng. Uzun ham emas, kalta ham emas. Uzunligi bir xil. Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz: uzunligi bir xil. Kamol bu taxtachani oladi va ko’prikni bitkazadi. Jamol ko’prikdan mashinani o’tkazadi. Barakalla, bolalar, Kamol ikkalamizga ko’prik qurishga yordam berdingiz».


Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalar gilamda doira bo’lib o’tiradilar, o’rtada turli qurilish materiallari bo’ladi.


Tarbiyachi: Bolajonlar, endi mana shu qurilish materiallari ichidan ikkita bir xil uzunlikdagi taxtachalarni topib ko’rsatinglar. Buning uchun nima qilasiz? Bitta taxtani olib, o’nga boshqa taxtalarni qo’yib o’lchab ko’rasiz. Qanday o’lchashni bilasizmi? To’g’ri, yoniga va ustiga qo’yib, o’lchab ko’ramiz.
Xar bir bolaning topshiriqni qanday bajarganligini tekshirib chiqish lozim.



Download 151.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling