Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolalar, oldingizdagi lentalarni olinglar. Bular go’yoki yo’l. Qaysi yo’l uzunroq ekanligini qanday bilsa bo’ladi? Lentalarni yonma-yon qo’yamiz, ularning chapdan oxirini teng qilamiz. Endi qaysi yo’l uzunroq, qaysinisi kaltaroq ekanligini ayta olamiz. O’ng qo’l bilan Qo’g’irchoqni olib yo’llarda sayr qildiramiz. Qaysi yo’l qisqaroq? Shundan Qo’g’irchoqni yurgizing. Qaysi yo’l uzunroq? Shundan Qo’g’irchoq yurib o’tsin». Tarbiyachi bolalarning topshiriqni qanday bajarayotganligini kuzatib turadi va ulardan so’raydi: «Bu yo’l uzunroqmi yoki qisqaroqmi?»
Guruhiy ish.
Tarbiyachi stol ustiga lentalar solingan savatni qo’yadi. Stol yoniga ikki bolani chaqiradi va o’zi ushlagan lentalarning ikkinchi uchini ushlashni taklif qiladi, bu lentalarni o’lchab uzun qisqaligini aniqlaydilar. Xuddi shunday qilib, lentalarni o’lchash uchun bolalar 7 xil rangdagi lentalar yordamida 3 kishilik guruhlarga bo’linadilar va savatchadan lenta olib o’zlaridagi lentalar bilan taqqoslab o’lchab ko’radilar. Qo’llaridagi lentadan uzun va kalta lentalarni topishlari kerak. Tarbiyachi eng uzun lentani ko’taring, desa, har bir guruh o’zlaridagi eng uzun lentani, eng kalta lentani ko’taring, desa, eng kalta lentalarni ko’taradilar.
Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun topshiriq:
1. Eng uzun lentani qizil rangga bo’yang.
2. Eng kalta lentani sariq rangga bo’yang.
3. Bitta lentani xoxlagan rangga bo’yang.
4. Nechta lentani sariq rangga bo’yadingiz?
5. Nechta lentani qizil rangga bo’yadingiz?
Faoliyat oxirida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslashni davom ettirish
Maqsad:
Predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslashni davom ettirish va uzunligi bir xil predmetlarni topishni, «uzunroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» so’zlarini nutqda qo’llashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |