Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida


Download 151.6 Kb.
bet23/50
Sana31.01.2024
Hajmi151.6 Kb.
#1831998
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
Son va sanoq-fayllar.org

Tarqatma material:



Faoliyatning borishi:
Bolalar oldiga ikkita Qo’g’irchoq mehmonga keladi: Lolaxon va Donoxon, ular bolalar bilan salomlashadi.


Tarbiyachi: «Lolaxon va Donoxon qaysi birlarining baland ekanligi to’g’risida baxslashib kolibdilar. Kim balandligini qanday bilsak bo’ladi? Buning uchun ularni bir-biriga qaratib mana bunday qo’yib, bo’ylarini o’lchaymiz. Qaysi qo’g’irchoq baland: Lolaxonmi yoki Donoxonmi?» Buni so’rash davomida tarbiyachi qo’li bilan qo’g’irchoqlarning gavdasini pastdan yuqoriga silaydi. «Xa, Lolaxon Donoxondan balandroq. Hammamiz birga aytamiz: balandroq! Qaysi qo’g’irchoq pastroq? To’g’ri, Donoxon Lolaxondan pastroq. Hammamiz birga aytamiz: pastroq». Keyin tarbiyachi bir-biridan uzunligi bo’yicha farq qiladigan ikkita ko’ylaklarni ko’rsatib so’raydi: «Bu nima? Ko’ylaklar qanday rangda? qaysi ko’ylak uzunroq ekanligini qanday bilish mumkin? Kamol ko’ylaklarni o’lchab ko’rgin. Ko’rsating, qaysi ko’ylak uzun, qaysi kalta? Qaysi ko’ylakni biz Lolaxonga sovga kilamiz, qaysinisini Donoxonga? Nima uchun?» Bolalar Qo’g’irchoqlarga ko’ylaklarni sovga qiladilar.


Bolalar uchun amaliy ish.


Tarbiyachi: « Bolajonlar, mana bu daraxtlarga e’tibor bering. Daraxtlar qanday rangda? qaysi daraxt baland (past)? Buni qanday bilsak bo’ladi?» Bolalar daraxtlarning bo’yini, yonma-yon qo’yish bilan o’lchab ko’rishadi. Keyin ularga o’ng qo’liga baland daraxtni, chap qo’liga past daraxtni olish taklif qilinadi. Tarbiyachi 3-4 boladan qaysi qo’lida baland, qaysi qo’lida past daraxt borligini so’raydi. Topshiriq beradi: baland daraxtga sariq qushni, past daraxtga oq qushni qo’ying. «Sariq qush baland daraxtga qo’ndi. Oq qush past daraxtga qo’ndi».
Bolajonlar, rasmga e’tibor beringlar. Bu rasmda turli yoshdagi bolalar tasvirlangan: Farrux eng kichigi bo’lganli sababli uning bo’yi past, Jamol eng katta bo’lganligi sababli uning bo’yi baland, Botir Farruxdan uzun, Jamoldan pastroq. Jamolning ko’ylagini yashil rangga bo’yang, Botirning ko’ylagini sariq rangga bo’yang, Farruxning ko’ylagini ko’k rangga bo’yang.



Download 151.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling