Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 18.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet167/240
Sana03.12.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1797134
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   240
Bog'liq
19-37-PB

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
204 
ilmiy-amaliy asoslarga tayanib ommaga talqin qila bilish lozim boʻladi. Odatda, 
narsani ikkinchi bir narsadan farqlovchi belgilarni topish bu – nomlash ehtiyoji 
sanaladi. Bir narsani ikkinchi bir narsadan ajratib turish esa ularning yashashi uchun 
hayotiy talab hisoblanadi. Har bir narsaning nomining soʻz(lar) qa’rida yashiringan 
qandaydir ma’no nozikliklariga egaligini asoslab koʻrsatish esa talqinu tahlil etishdir. 
Fikrimizcha, lingvistik omillarning oʻzagi boʻlgan quyidagilar: 1) fonetik omillar; 2) 
leksik omillar; 3) leksik-semantik omillar; 4) grammatik omillar. Ularni quyiroqda 
kuzatamiz: Toponimlarning fonetik xususiyatlarini oʻrganayotganda ularning tovush 
tarkibi, tovushlarning turi, boʻgʻin tuzilishi, toponimik nom tarkibidagi undoshlarning 
jarangli-jarangsizligi hamda urgʻusiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi A.Ishayev 
tomonidan aytib oʻtilgan[3]. Agar tahlil qilish uchun tanlangan toponimlar qanchalik 
tarixiy boʻlsa, ularni tashkil qilib turgan soʻz, boʻgʻin va nutq tovushlari ham ma’lum 
ma’noda miqdor hamda sifat oʻzgarishlariga uchragan boʻladi. Bunday holatlar 
toponimlarning aytilishida va yozib olinishi jarayonida roʻy beradi. Shuningdek, soʻz 
bilan soʻzni semantik va sintaktik munosabatga kirituvchi ohang ham fonetik omillar 
majmui tegishli hisoblanadi. Ushbu fonetik oʻzgarishlarning jami fonetik omillar 
majmuiga aloqadorlik xususiyatiga egadir. 
Har bir tilning nutq tovushlari kompleksida ma’no boʻlgani kabi soʻzlarda, 
xususan, toponimlarda ham nutq tovushlarining majmuasi bilan bir butun holatda 
ma’no anglashiladi. Mana shu holat toponimlarning tahlili jarayonida qoʻllanadigan 
fonetik omillarda e’tiborga olinadi. Mazkur omillarda toponimni tashkil qilgan 
soʻzlarning qanday fonemalardan tuzilgani va ularning talaffuz jarayonida turli 
fonetik oʻzgarishlarga uchrashi kuzatiladi. Bunga misol qilib Ishtixon va Payariq 
tumanlari toponimlarining tahlilini koʻrsatish mumkin. Demak, fonetik omil 
toponimlarning etimologik tadqiqida zarur boʻladigan omillar tarkibiga kiradi. 
Fonetik omillar ta’sirida yuzaga kelgan toponimlarga quyidagilarni misollar sifatida 
keltirib, ulardan ba’zilarini izohlashga intildik: Oxmonovul (I.t., Haqiqat MFY q.), 
Sortoqchi (I.t., Zarband MFY q.), Soʻgʻat (I.t., Dagar Ochilov MFY q.), Soharji (I.t., 
Haqiqat), S’hogʻol (I.t., Haqiqat), Janggat (I.t., Haqiqat MFY q.). 



Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling