“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
203
TOPONEGIZLAR SHAKLLANISHINING LINGVISTIK OMILLARI
Gadayev Oybek Yaxshiboyevich
SamDU tadqiqotchisi
oybekgadayev76@gmail com
Annotatsiya: Maqolada Samarqand viloyatining Ishtixon va Payariq
tumanlaridagi toponegizlar shakllanishining lingvistik omillari haqida qisqacha
ma’lumot berildi. Inson gapirishni boshlagandan to bugungi kungacha oʻzini
boshqalardan farqlab nomlagani kabi oʻzi yashayotgan joylarni oʻzga joylarga
qiyoslab atagan, mavjud lingvistik hamda ekstralingvistik sharoitlardan kelib chiqqan
holda nomlaganligi tabiiy holdir. “Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq inson
uchun oʻzi yashayotgan hududga nom qoʻyish ehtiyojini sezgan, shu davrdan boshlab
shaxsning oʻzidan tortib, istalgan har qanday obyekt oʻz nomiga ega boʻladi.
Kalit soʻzlar: Toponim, toponegiz, topoasos, onomastika, toponimlashuv, joy
nomlari, topoformant, toponimik indikator.
Toponimlar, ya’ni geografik nomlarning paydo boʻlishi oʻta qadim zamonlar
bilan bogʻlansa-da, ular oʻz kelib chiqish tarixini, ya’ni oʻta qadimiyligini hozirgi
davrgacha saqlab qolgan. Toponimlarni yaratishda, u obyektiv borliqning qaysi va
qanday uzvi (daryomi, togʻmi, koʻlmi) boʻlishidan qat’i nazar, inson bir joyni
boshqasidan ajratish zaruratiga asoslanib, nomlagan”[1]. Bilamizki, nomlar ehtiyoju
talablarsiz oʻz-oʻzidan shakllanavermaydi. Buning uchun nomlarga insonlar va
ularning jamoalari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj va talab kerak boʻladi.
V.Nikonov ta’kidlaganidek: “shaharlar vayron qilinmoqda, davlatlar yemirilib
bormoqda, tillar va hatto, xalqlarning oʻzi yoʻqolib ketmoqda, lekin ularning joy
nomlari saqlanib qolmoqda. Nozik soʻzlar granitdan ham mustahkam boʻlib chiqqan.
...Oʻtmishning ma’nodor guvohlari boʻlgan geografik nomlar qimmatli tarixiy
yodgorliklar orasida alohida davrlarning tirik aks-sadosi sifatida eng faxrli oʻrinni
egallaydi”[2]. Bugungi kunda joy nomlarini ishonchli dalillar bilan ilmiy-nazariy,
Do'stlaringiz bilan baham: |