“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
24
TA’LIM TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHDA KREDIT MODUL
TIZIMINING O‘RNI, UNING KIRIB KELISH SABALARI VA
AFZALLIKLARI
Abdulloyev Abdulaziz Tursunpolot ugli
Tashkent State transport University
Uralov Akmal Shakar ugli
Tashkent State transport University
Annotation: Ushbu maqolada kredit modul tizimi va uning ahamiyati haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Keywords: Masofaviy ta’lim, ta’lim, raqamlashtirish, kredit modul.
Hozirgi paytda texnika va texnologiyalar kun sayin shiddat bilan yangilanib
borayotgan davrda jamiyatni dunyoqarashi va zamonga moslashuvini tubdan
o‘zgartirishi tabiiy holat bo‘lib bormoqda. Bu holatda ta’lim olish holatlarini
yangilanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassalarida masofaviy
ta’limlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga bir misol sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Masofaviy
ta’lim,
tabiatning
o‘zgarishi (pandemiya davri) va so‘ngi
texnologiyalarning ta’lim tizimiga samarali tadbiqi o‘qitishni va o‘qishni
o‘zgartirishga undaydi. Bu esa raqamli dunyoda o‘qitish va o‘rganish borasida
ko‘plab pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish zaruratini ifodalaydi. [3].
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim
tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari
mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita
taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga
muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish
oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas
bogʻliq. [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |