Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 182 borishni ma’qul ko‘rishmoqda. Chunki, chet elllik tadbirkorlar va O‘zbekistondagi yuridik shaxslar o‘rtasida tijoriy bitim, savdo munosabatidan kelib chiquvchi har qanday masalalar institutsional yoki ad hoc arbitraj sudlarida ko‘rib chiqilishi mumkin. Institutsional arbitraj deganda doimiy faoliyat olib boruvchi arbitraj tushunilib, O‘zbekistonda Savdo-sanoat palatasi huzurida TIAC (Tashkent International Arbitration Chamber) tashkil etilgan. Dunyodagi eng mashhur doimiy Arbitraj sudi – bu London Arbitraj sudi LCIA bo‘lib, 1892-yilda asos solingan. Endi 2021-yilda o‘zgartirishlar bilan yangi tahrirda qabul qilingan TIAC Qoidalari asosida Toshkentdagi arbitraj ham chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi tijoriy bitimlar, savdo munosabatlaridan, tashqi iqtisodiy bitimlar, oldi-sotdi shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolarni ko‘rib chiqishi mumkin. Ishni ko‘rish uchun yuridik shaxslar o‘rtasidagi asosiy shartnomaning bir qismida belgilangan arbitraj kelishuvi yoki alohida tartibda tuzilgan arbitraj kelishuvi asos bo‘ladi. Endi har qanday sud ariza kelib tushgandan so‘ng uni o‘ziga tegishliligi, da’voda so‘ralayotgan qarzni yoki yetrkazilgan zararni undirish uchun vaqtinchalik ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Xususan, 2006-yilda yangi tahrirda qabul qilingan UNCITRAL Qoidalarining 26-moddasiga ko‘ra, arbitraj sudi taraflardan birining iltimosnomasiga asosan yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, nizoni hal etishga qaratilgan yakuniy qaror chiqqunga qadar taraflarga muayyan xatti-harakatlarni cheklab turuvchi chora- tadbirlar ko‘rishi – vaqtinchalik ta’minlash choralari (interim measures) deb nomlanadi. 2021-yil 1-yanvarda kuchga kirgan ICC Qoidalarining 28-moddasida ham bu tushunchaga ta’rif berilgan bo‘lib, ad hoc yoki institutsional arbitraj sudining qaror shaklida rasmiylashtiriladigan hujjati sifatida ifodalangan. Ushbu choralarni qo‘llay olish yoki olmaslik bo‘yicha AQSHdagi Kanzas huquq universiteti professori Kristofer Drahozal shunday fikr bildiradi: “Huquqiy rejimlar sudning joylashgan yeriga, arbitrga vaqtinchalik choralarni qo‘llash huquqini berishi yoki bermasligiga qarab farqlanadi, ba’zi arbitraj haqidagi davlat qonunchiligi ikkala organga bu choralarni qo‘llash huquqini bersa ba’zi Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy rejimlari faqatgina milliy sudlarga beradi” Aslida bu protsedura nima uchun zarur hisoblanadi? UNCITRAL Namunaviy Qoidalarining 26-moddasi 2-qismi “a” bandiga ko‘ra, nizoni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling