Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 3-chizma, a dagidek 
aksonometrik proyeksiyalar tekisiigi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga 
kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o‘tkazilsa, kubning 
to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi. 
To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi. 
Izometriya yunoncha so‘z bo‘lib, i s o s – bir xil (teng) degan ma’noni anglatadi. 
Izometriyada Ox, Oy, Oz o‘qlar orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lib, ular 
120° ni tashkil qiladi (3-chizma, b). Chunki ular P tekisligiga nisbatan bir xil 
qiyalikda proyeksiyalanadi. Shunda, masalan, kub o‘zining haqiqiy kattaligiga 
nisbatan ma’lum miqdorda o‘zgarib, ya’ni qisqarib, proyeksiyalanadi. Bu o‘zgarish 
izometriyada uchala o‘qlar bo‘yicha bir xil bo‘lib, 0,82 ga teng. 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
64 
2-chizma. 
 
3-chizma 
Izometrik o‘qlarni uchburchakliklar yordamida 3-chizma, d dagidek chizish 
mumkin. Ularni chizmachilik daftarida kataklar yordamida ham chizish mumkin. O 
nuqtadan gorizontal chiziqqa 5 katak, so‘ngra pastga 3 katak olinib O nuqta bilan 
tutashtiriladi (3-chizma, e). 
Chizmachilikka oid bilimlarni to‘liq egallashning asosiy shartlaridan biri 
grafik savodxonlik (chizmalar chizish va o‘qishni bilish)dir. Chizmani o‘qish 
va chizishni bilishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda 
soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iborat. Buning uchun 
chizmachilik fanini egallashga harakat qilish lozim. Har bir mavzu bo‘yicha 
mashqlarni to‘liq bajarib borilsa, fanni to‘liq o‘zlashtirish mumkin. 
Adabiyotlar: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz T.: O‘zbekiston, 2016. 54 b. 
2. J. Yodgorov va boshqalar. Geometrik va proeksion chizmachilik. T. “Yangi 
asr avlodi” 2008 yil. 
3. 
I. Rahmonov Chizmachilik 8-sinf o‘quv darsligi. “O‘qituvchi” nashriyot 
matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2010 yil.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling