Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


Qiyshiq burchakli frontal dimetriya


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

Qiyshiq burchakli frontal dimetriya. Kubning bir 
tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel 
joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalanadi (proyeksiyalash 
jarayoni 1-chizma, a da ko‘rsatilgan). Bu yerda, proyeksiyalash nurlarini Oy o‘q 
uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o‘q P ga nuqta ko‘rinishida proyek-
1-chizma 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
63 
siyalanadi. Shunga ko‘ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib 
proyeksiyalanadigan 45
0
burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu 
proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani 
qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya - 
yunoncha, ikki marta kam o‘lchash degan ma’noni beradi. 
Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya 
deyiladi. 
Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel 
joylashtirilganda, kubning V tekisligiga parallel yog‘i o‘zining haqiqiy kattaligida 
tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy 
o‘lchamida qo‘yiladi. Oy o‘qqa esa uning teng yarmisi o‘lchab qo‘yiladi. Shunda kub 
ikki yog‘i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi (1-
chizma, b). Frontal dimetriyada o‘qlarning joylashishi. Bunda x va g o‘qlar o‘zaro 
90° burchakda, u o‘q esa u burchakni teng ikkiga bo‘lib o‘tadi (2-chizma, a). Bu 
o‘qlarni 2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar 
yordamida 2-chizma, d dagidek chizish mumkin. x va g o‘qlar to‘g‘ri burchakni 
tashkil qilmaganligi uchun H va W ga jismning parallel tomonlari ikki marta 
qisqartirib tasvirlanadi. Demak, x va z o‘qlarga jism olchami 100 foiz o‘lchab 
qo‘yilsa, u o‘qqa uning 50 foizi o‘lchab qo‘yilar ekan. 

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling