Ilm-fan va ta’lim


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA 
Psixologlarning fikriga koʻra, yosh bolalarning til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi 
kattalarga qaraganda ancha baland boʻladi va tilni tez, oson oʻzlashtiradi.Shuning 
uchun oʻqituvchilardan yosh oʻrganuvchilarni yanada darsga qiziqtirish va ingliz tili 
darslarining samaradorligini oshirish maqsadida yuqori pedagogik mahorat talab 
qilinadi, ya’ni turli xil oʻyinlar metodlaridan foydalanishi talab qilinadi. Oʻyin 
boshlangʻich taʼlim yoshidagi oʻquvchilarning asosiy faoliyati hisoblanib, u orqali bola 
shaxs sifatida shakllanadi. Oʻyin bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, axloqiy va 
estetik tomondan tarbiyalanishida katta ahamiyatga ega. Oʻyin har bir yosh bosqichida 
bolaning atrofidagi dunyoni, undagi insonlarning hamda oʻz-oʻziga boʻlgan 
munosabatini va unga qay tarzda javob qaytarishni bilishga, dunyoqarashini 
oshirishga, teran fikrlashga yordam beradi.Chunki oʻyin oʻz mohiyati jihatidan 
oʻrganuvchining xulq- atvoriga, dars jarayoniga boʻlgan munosabatini ijobiy tomonga 
oʻzgartirishga, qolaversa darsda fikrini jamlab, faolligini oshishini taʼminlaydi.Dars 
davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni 
yanada oshiradi, faol bo’lmagan o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga 
undaydi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Yapon ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech" 
kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega 
bo’lishi mumkin...". Shuni eʼtiborga olish kerakki, 7-8 yoshdagi bolalar maʼlumotni 
maʼnosini tushunib emas, toʻgʻridan toʻgʻri yodlaydi. Shuning uchun boshlangʻich sinf 
oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatishda aynan grammatik qoidalar asosida tushuntirish 
noo’rindir. Boshlanishiga ingliz tili alifbosini turli xil oʻyinlar orqali yodlatib, so’ng 
numbers(sonlar), seasons(fasllar), colours (ranglar) kabi atrofdagi oddiy soʻzlarni 
ularga qiyinchilik tugʻdirmasdan oʻrgatish ayni maqsadga muvofiq boʻladi.Hattoki 
salomlashishni ham noodatiy, oʻyin tarzida boshlashi, masalan, oʻqituvchi darsga 
kirishi bilan salomlashuvga doir inglizcha qoʻshiq aytib boshlashi ( ayni boshlangʻich 
sinf oʻquvchilari uchun motivatsion usul) samarali yoʻllardan biridir.Shu tariqa davom 
etsa, oʻquvchi darsni oxirigacha eʼtiborini yoʻqotmaydi va hattoki ingliz tili darslarini 
intizorlik bilan kutadigan boʻladi. Bundan tashqari, pedagog-psixologlar va olimlar 
fikricha, bola psixikasining rivojlanishida oʻyin roli beqiyosdir. Shunday ekan
oʻqituvchilar oʻzlarining yaratuvchanlik qobiliyatini namoyon qilishda va dars sifatini 
yaxshilashda turli xil interfaol oʻyinlar tashkillashi kerak boʻladi. Quyida ingliz tilini 
oʻqitishda qiziqarli muhit yaratish uchun xizmat qiluvchi oʻyinlar taqdim etiladi: 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling