Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


ONA TILI DARSLARIDA TAQQOSLASH USULINI QO'LLASH MASALALARI


Download 1.59 Mb.
bet49/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

ONA TILI DARSLARIDA TAQQOSLASH USULINI QO'LLASH MASALALARI




Olimova Mavjuda Keldiyorovna 29-son maktabi o’qituvchisi Buxoro viloyati G’ijduvon tumani


Annotatsiya: Maqolada Ona tili ta'limida taqqoslash usulining keng qo'llanishi ona tili o'qitishga induktiv metodning asos qilib olinishi haqida fikr bildirilgan. “So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi” mavzusining o'rganilishiga oid misollar keltirilgan.
Kalit so’zlar: taqqoslash usuli, induktsiya asosi, ta'lim jarayoni, o'quvchilar e'tibori, til materiallari, farqli tomonlari, chuqur va asosli xulosa, gaplarni va matnlarni
qiyoslash.
Ona tili ta'limida taqqoslash usulining keng qo'llanishi ona tili o'qitishga induktiv metodning asos qilib olinishi bilan bog'liq. Ma'lumki, induktsiya asosida ta'lim berish xususiylikdan umumiylikka, tahlillardan xulosalarga borish usulidir. Ta'lim jarayonida o'quvchilar e'tiboriga ko'plab misol va mashqlar havola qilinadi. O'quvchilar ularni berilgan topshiriqlar asosida tahlil qiladilar. Til hodisalarini tahlil qilish jarayonida taqqoslash muhim o'rin tutadi.
O'quvchilar berilgan hodisalarni, til materiallarini bir-biriga qiyoslaydilar. Qiyoslash asosida bir-biriga yaqin yoki o'xshash hodisalarning umumiy hamda farqli tomonlarini aniqlaydilar. Bu esa o'rganilayotgan hodisa haqida to'g'ri, chuqur va asosli xulosa chiqarishga yordam beradi.
Taqqoslash usulidan tilning barcha sathlarini o'qitishda foydalanish mumkin. Fonetika bo'limida nutq tovushlarini, so'z tarkibini o'rgatishda so'zning ma'noli qismlarini, leksikologiya bo'limida so'zlarni, morfologiya bo'limida so'z turkumlarini va grammatik shakllarni, sintaksisda esa so'z birikmalarini, gaplarni va matnlarni qiyoslab o'rgatish imkoniyatlari mavjud. Asosiy masala o'qituvchining dars jarayoniga shu usulni qay tarzda olib kira olishiga bog'liq.
129
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Tildagi ko'plab hodisalar taqqoslashga asoslangan ijodiy amaliy topshiriqlar orqali o'quvchining shaxsiy faoliyat mahsuliga aylanadi . Jumladan, “So'z birikmasi” mavzusiga oid tushunchalarni shu asosda o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Darslikda shu mavzuga oid “So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi”, “So'z birikmasi va so'z”, “So'z birikmasi va ibora”, “Tasviriy ifoda”, “So'z birikmasi va qo'shma so'zlar”, “So'z birikmasi va gap” kabi mavzular berilganki, o'quvchi ularni faqat qiyoslab o'rganish asosidagina so'z birikmasi haqida mukammal xulosa chiqara oladi.
Shulardan “So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi” mavzusining o'rganilishini ko'rib chiqaylik. Mavzuga oid quyidagicha ijodiy amaliy topshiriqlar berilgan: Berilgan juftliklarni qiyoslab, ular orasidagi farqni izohlang.
1) Karimjonning akasi – Karim va akasi; 2) Mening otam – men bilan otam; 3) Gazetadagi maqola – gazeta va maqola; 4) Opasining qizi – opasi va qizi.
O'quvchilar berilgan juftliklar bilan tanishadilar, ularni kuzatadilar. Shundan so'ng o'qituvchi ular bilan quyidagicha suhbat o'tkazadi:
O'qituvchi: Berilgan juftliklarning o'xshash tomoni nimada ko'rinadi? O'quvchi: Juftlikning har ikki qismidagi birliklar ikki so'zdan tashkil topgan. O'qituvchi: Juftliklardagi birliklarning farqli tomonlari qaysilar?
O'quvchi: Juftliklarning chap tomonida berilgan birliklarda so'zlar o'zaro kelishik qo'shimchalari va ohang yordamida bog'langan. O'ng tomondagi birliklar tarkibidagi so'zlar esa teng bog'lovchilar va sanash ohangi yordamida bog'langan.
O'qituvchi: Qaysi tomondagi birliklar o'rni almashtirilsa, ularda o'zgarish yuz beradi?
O'quvchi: Chap tomondagi birliklar o'rni almashtirilsa, mazmunda ham, ularning tuzilishida ham o'zgarish yuz beradi. Masalan, gazetadagi maqola – maqola gazetada.
Ana shu savol-javoblar asosida o'quvchilar so'zlar o'zaro teng bog'lanishi va tobe bog'lanishi mumkin degan xulosaga keladilar. Tobe bog'lanishda so'zlar kelishik qo'shimchalari va ohang yordamida, teng bog'lanishda esa so'zlar teng bog'lovchilar hamda sanash ohangi yordamida bog'lanishini bilib oladilar. Tobe bog'lanish so'z birikmasini, teng bog'lanish esa so'z qo'shilmalarini hosil qiladi degan yakuniy xulosa chiqaradilar. Agar so'z qo'shilmalari va so'z birikmalari shunday tarzda yonma-yon
130
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
qo'yilib, o'zaro qiyoslanmasa, o'quvchilar so'z birikmasini so'z qo'shilmalaridan aniq farqlay olmaydilar. Bulardan ko'rinadiki, taqqoslash usulini ona tili ta'limida qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul orqali o'quvchilar til hodisalari haqida aniq va puxta tushuncha hosil qiladilar, ularni bir-biriga qorishtirmaydilar.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling