Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
39 
www.academiascience.uz
 
ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ayni paytda o‘qituvchi har bir darsning muallifi 
hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi ushbu darsni tayyorlashda ilg‘or o‘qituvchilar 
tajribasiga tayanadi, o‘z faniga doir uslubiy qo‘llanmalarni o‘rganadi va amaliyotga 
tadbiq etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy salohiyatlii va ma’lumot darajasi yuqori,
bolalar psixologiyasini yaxshi biladigan, hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim 
metodikasini mukammal darajada qo‘llay oladig
an
, fan sohasidagi barcha
yangiliklardan xabardor, hamda tinmay o‘z ustida mustaqil ishlash salohiyatiga ega
bo‘lishi lozim. Qolaversa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifalariga bolaning 
o‘qishga bo‘lgan munosabatini zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar 
bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda 
qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta
bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy 
faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 
Barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf sifat va samaradorligini 
oshirish 
zamonaviy 
pedagogik, 
innovatsion 
va 
axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini
o‘rganishni taqozo etadi, albatta. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonida keng qo‘llashga bo‘lgan 
qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan 
biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan 
bo‘lsa, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan 
bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto 
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda 
shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchi hayotida asosiy poydevor 
hisoblanadi, o‘qituvchisining o‘z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladishi, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling