Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
37 
www.academiascience.uz
 
millatimizning g‘ururi Alisher Navoiyning aksariyat asarlari, xususan, “Xamsa” 
dostonidagi bir necha boblar so‘z ta‘rifiga bag‘ishlangan. Shoir, avvalo, hayot
mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, olov, tuproqning ham, yetti qavat 
osmondagi yetti sayyoraning ham so‘z tufayli vujudga kelganini ta‘kidlaydi:
To‘rt sadaf gavharning durji ul, 
Yetti falak axtarining burji ul. 
Alisher Navoiyning teran tafakkuri va bepoyon badiiy taxayyuli mahsuli
bo‘lmish benazir so‘z durdonalari tilimizning butun salohiyatini namoyon etuvchi 
ulkan qomusdir. Shuning uchun ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti muhtaram 
Islom Karimov aytganlaridek, “Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va 
buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga avvalo 
Navoiy asarlari bilan kirib keladi”. 
Fikrning aniq va ravshan bo‘lishi so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zdan 
to‘g‘ri foydalanish uchun esa, avvalo, uning lug‘aviy ma‘nosini anglash zarur. Lekin 
buning o‘zi yetarli emas. Fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash va tushunish uchun so‘z 
ma‘nolari doirasini, uning matnda ifoda etgan ottenkalari va ma‘no ekvalentlarini 
ham chuqur bilmoq kerak. Ma‘lumki, fikr og‘zaki va yozma ravishda bayon etiladi. 
Ha ikki shaklda ham so‘z ishlatishda ehtiyotkorlik, mas‘uliyat kerak. Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yugnakiy, A.Navoiy, Z.M.Bobur kabi shoirlarimiz asarlarida so‘zni 
o‘ylab ishlatish zarurligini ta‘kidlaganlar. Og‘zaki nutqda so‘z qo‘llashdagi ayrim 
nuqsonlar umumiy fikr ichida sezilmay qolishi yoki tinglovchi uni to‘g‘ri tushuna
bilishi mumkin. Lekin yozma nutqda bunday qilib bo‘lmaydi. Yozma nutqda har 
bir so‘zning ma‘nolari jiddiy hisobga olinishi lozim.
Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil
kombinatsiyalaridan cheksiztushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana 
shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga yangi-yangi ma‘nolar 
yuklanadi. Fikrning aniq va ravshan bo‘lishi nutqda so‘zdan to‘g‘ri foydalanish
uning lug‘aviy ma‘nosini anglash zarur.


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling