Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
36 
www.academiascience.uz
 
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O‘QITUVCHISI NUTQIDA SO‘ZNING 
QO‘LLANILISHI 
 
Nosirova Shamsiyabonu Qilich qizi, 
Navoiy viloyat Navoiy shahar 17-maktab 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Maqolada ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari nutqining 
boyligi, sof va ravonligi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda, o‘rganilayotgan yangi 
bilimlarni yetkazib berishda muhimligi haqida yozilgan.  
Kalit so‘zlar: nutq maqaniyati, pedagogik mahorat, mutafakkir, nutq. 
Buyuk kelajagimizning munosib vorislari bo‘lgan yosh avlodga ta’lim-
tarbiya berish vazifasini malakali pedagogik mahorat hamda nutq madaniyatiga
ega bo‘lgan o‘qituvchilar to‘laqonli amalga oshirishi mumkin. Bu muqaddas kasb 
egalaridan zamon talablari va yangiliklarini o‘z faoliyatlarida qo‘llay olishni, fan
nuqtai nazaridan saviyasini muntazam oshirib borishni va ijtimoiy-siyosiy
savodxonligini, yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llashni 
talab etadi. O‘qituvchining pedagogik mahorati, asosan, darsda o‘quvchilarga 
mavzuni yetkaza bera olishda namoyon bo‘ladi.
Inson til orqali o‘z fikrini bayon qiladi, ya‘ni boshqalarga axborot beradi va shu 
vosita bilan boshqalarning fikrini ham anglaydi. Til tilsimining qudratini teran 
tasavvur etish va bu qudratni tugalishga solish uchun muntazam mahorat va malaka 
talab qiladigan narsa tilning o‘zmohiyatida mavjud. Til mohiyatan bitmas tuganmas
cheksiz-chegarasiz ifoda imkoniyatlarining jamidir. Har bir shaxsning kimligi uning 
tili orqali namoyon bo‘ladi. Shu bois ajdodlarimiz so‘zlash madaniyatiga alohida 
ahamiyat berganlar. Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma‘rifiy taraqqiyotining,
millat ma‘naviy kamolotining muhim belgisidir. So‘z har qanday tasavvur, har 
qanday fikrning libosidir. So‘z til va nutqning eng muhim elementlaridan
biridir. Ulug‘ bobokalonimiz, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling