Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
34 
www.academiascience.uz
 
ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ular - evropaliklar, biz ham – ming yillik tarbiya 
tarixiga ega o‘zbeklar ekanligimiz unutilmagani ma’qul. Sharqda azal-azaldan 
ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada 
bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy kamolot orqali 
erishilgan. Shuning uchun ham maktablarda avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan 
ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. 
Bezovta qalbgina izlanishlarga qodir ekanini bobolar yaxshi tushunishgan. 
G‘arbliklar ta’lim tizimining xususiyatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular 
erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real 
jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el 
tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib chekinish yuz berishi mumkin.
Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, Yevropa ta’lim tizimida har qanday o‘quv fani 
bo‘yicha, u biologiya bo‘ladimi, iqtisodmi, tilmi, turli mavzular yuzasidan esselar 
yozish yetakchilik qiladi. Ma’lumki, esse-erkin fikrning, mustaqil tafakkurining 
mahsuli. U –ijod. Adabiyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning har ikala turi 
orasidagi tafovut uncha katta emas. Albatta, insholar ta’lim tizimida o‘rganib 
qolingan an’anaviy tartibda emas, aynan ijodning natijasi tarzida yozilishi kerak. 
Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchilar uchun eski bo‘lishi 
mumkin, ammo o‘quvchilar uchun yangi ekanligini muallim e’tibordan qochirmagani 
ma’qul. 
O‘quvchilarda ijodkorlikni o‘stirish uchun ularni ijodga undovchi material, 
stimul va erkinli berish, ularni o‘qitishni bas qilib, o‘qishga yo‘nalish berib turish 
zarur. O‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati bo‘lmish insholarni tashkil etishda 
quyidagilarga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
a) o‘quvchiga katta va xilma-xil mavzularni tanlash ixtiyorini berish. Bu 
mavzular o‘quvchilar uchun maxsus tanlangan bo‘lmay, o‘qituvchining o‘zi uchun 
ham jiddiy va qiziqarli bo‘lishi mumkin. 
b) o‘quvchilarga o‘rtoqlarining insholarini o‘qishga berish va namuna sifatida 
ham faqat bolalarning ishlarini tavsiya etish; 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling