Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
10 
www.academiascience.uz
 
qanday qilib qo’lga kiritgani haqida” deb nomlanuvchi XII bobda Shiltberger yozadi: 
“U (Amir Temur) shunda bir million lashkar jamladi, Sevastiyaga yo’l oldi va uni 
uch haftada qamal qildi. Nihoyat, shahar devorlari ostini kovlab, shaharni ham qo’lga 
kiritdi - u yerda Boyazid yuborgan besh ming suvoriy ham bor edi. Ularning barchasi 
tiriklayin ko’mildi. Zero Amir Temur shahar hokimiga qon to’kmaslikka vaʼda 
bergandi. 
Amir Temurga zamondosh muarrixlar Abul Mag’azin va Ibn Arabshox ham 
1400-yil o’n sakkiz kunlik qamaldan so’ng qo’lga kiritilgan Sivoye shahri axolisiga 
ko’rsatilgan shafqatsizlikni xuddi Shiltbergerdek tasvirlashadi.
Sharafuddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy ham bu falokat tafsilotlarini 
bayon etishda Shiltbergerdan ko’p farq qilishmaydi. Sharafuddin Ali Yazdiy yozadi: 
“Boyazid suvoriylarining soni to’rt ming kishiga yetardi. Boshqalarga o’rnak bo’lsin 
uchun 
ularning 
xammasini 
chuqur 
xandaqqa 
tashladilar 
va 
tiriklayin 
ko’mdilar.”Nizomiddin Shomiy yozadi: “Barcha to’rt ming suvoriyni tutish va 
tiriklayin ko’mish haqida farmon bo’ldi, boshqa g’animlarga o’rnak bo’lsin uchun 
shunday qilindi.” Misollardan ko’rinib turganidek, Shiltberger keltirgan raqam 
boshqa muarrixlar keltirgan raqamlarga deyarli mos tushadi. Biroq, Shiltbergerning 
“Sayoxatlari’’da ayrim kamchiliklar, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatish hollari 
uchraydi. Jumladan: 
1) Amir Temur bilan Boyazid o’rtasidagi nifoq haqida so’z ketganda, 
Shiltberger uning asosiy sababchisi qilib Osman (Usmon) nomini keltiradi. Go’yoki u 
Sohibqironga murojaat qilib, undan Boyazid Usmandan tortib olgan Sevastiyani 
qaytib olishda yordam so’raydi. Aslida bu Usman emas, Toxirten bo’lib, gap 
Sevastiya emas, Erzurum va Erzinjon haqida ketardi. Usmonga sahifa tagida izoh 
berib Shiltberger o’ziga o’zi qarshi chiqadi. “turklarning rahnamosi va Usmonli 
Turkiyaning asoschisi Osman (1300-1324) nazarda tutilmoqda”; 
2) Amir Temur farzandlarining soni ham Noto’g’ri ko’rsatilgan. Shiltbergerning 
fikricha, uning ikkita o’gli bo’lgan: Shoxrux va Mironshox nazarimizda, Shiltberger 
Sohibqironning u o’zi Mavorounnaxrda “paydo bo’lishidan” oldingi o’gillari - 
Jaxongir va Umar Shayxni tanimagan. U Shoxruxni Sohibqironning katta o’gli deb 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling