Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 

www.academiascience.uz
 
yil 28-sentyabrda Bolgariyaning Dunay daryosi bo’yida joylashgan kichik bir 
Nikopol (hozir bu yerda 5500 odam istiqomat qiladi) shahri yaqinida Bo’lgan jangda 
Yildirim Boyazid qirol Sigzmund boshchiligidagi yevropaliklarning birlashgan 
Qo’shinini tor-mor etdi. Bu g’alaba natijasida usmonli turklar uchun Bolqon yarim 
oroliga keng yo’l ochildi. Nikopol jangida ishtirok etgan Fransiya Marshali Jan II 
Busiko turklarga asir tushgan va jangning ertasigayoq, ozod etilgan. Marshal Jan II 
Busiko ikkinchi marta 1399-yil turklar tomonidan Qamalga olingan Konstantinopol 
axolisiga yordam qilib, atigi ming kishilik lashkarga bosh bo’lib, Eg-Mortdan olti 
kemada dengiz orqali yo’lga chiqqan va Konstantinopol qamalini yorib o’tishga 
muvaffaq bo’lgan hamda Vizantiya poytaxtiga kelgan. U Venetsiya va Rodosdan 
yordamga kelgan bir necha kema bilan o’z qo’shinini mustahkamlab (17 harbiy kema 
va 1200 ritsar), turk qirg’oqlariga qator shiddatli hujumlar uyushtirgan, ko’p yerlarni 
vayron qilgan, axoli orasida vahima urug’ini sepib, istehkomlarni zabt etgan. Bu 
bilan Boyazidni Bazelius saltanati poytaxtini qamal qilib turgan qo’shinlaridan bir 
qismini o’ziga qarshi tashlashga majbur qilgan edi. Shu vaqtdan boshlab Busiko 
Vizantiya imperatori Manuel II Paleolog xizmatiga o’tadi. Bu paytda Yildirim 
Boyazid qudratining tobora ortib borayotgani, uning Yevropaga solayotgan tahdidi 
Ko’hna qitʼaning boshqa davlat rahbarlari qatori Fransiya qiroli Karl VI ni ham 
g’oyatda tashvishga solib qo’ygan edi. Ikki muhim sabab: fransuz zodagonlaridan 
tuzilgan qo’shinning 1396-yili Boyazid tomonidan Nikopolda egallanishi alami 
hamda huddi shu yili o’z sharqiy hududlari taqdirini fransuz hukmdori qo’liga 
topshirgan Genuya vassalligini qayta tiklash umidi Fransiya qiroli Karl VI ni 
turklarga qarshi kurashda Amir Temur bilan ittifoq, tuzishga undaydi. Qator 
iqtidorsiz yoki omadsiz hokimlardan naf chiqmagach, Karl VI 1401-yili Genuyaga 
obro’-eʼtiborli zodagonlardan biri, qattiqqo’l va sadoqatli ijrochi Marshal Busikoni 
hokim etib tayinladi. Busiko Genuyaning hokimi bo’lgach (1401-1407), shaharning 
Sharqdagi amloklari taqdiri bilan shug’ullandi. U amalga oshirgan birinchi tadbir 
Genuyaning Azov dengizi bo’yidagi, Qrimdagi, Shio, Famagust va Peradagi savdo 
markazlariga taftishchilar yuborish bo’ldi. U isyonkor genuyaliklarni tezda tiz 
cho’ktirdi. U o’z xabargo’ylari orqali Osiyoda bo’layotgan voqea hodisalardan ogoh 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling