Ilm fan zamonaviy va uzluksiz ta'limini yanada takomillashtirishga oid muammolarni aniqlash Reja


RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO'NALISHLARI


Download 43.35 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi43.35 Kb.
#1469818
1   2   3   4
Bog'liq
Ilm fan zamonaviy va uzluksiz ta\'limini yanada takomillashtirishga oid muammolarni aniqlash

RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO'NALISHLARI
Va ta'lim, ilm-fan u nazariyasi va amaliyoti o'rtasida katta farqni belgilangan. Maktab mehnat bozori bilan, albatta, deyarli hech narsa emas, mexanizmlar bo'lgan professional mahorati va ilm bo'lgan ilmiy faoliyati inobatga moliyaviy guruhlar manfaatlarini tutmang. Shuning uchun, ta'lim va ilm-fan sohasida muammolarni hal mumkin harakati bo'lgan eng istiqbolli yo'nalishi, nazariy fikr va mustahkam bozor segmentlari bir sintezi hisoblanadi. Bu birlashish samaradorligi faqat davlat ko'magida mumkin. Shunday bo'lsa-da, to'g'ri moliyalashtirish holda u ularga asoslangan istiqbolli loyihalar va bilim amalga oshirish, haqida gapirish mumkin emas.
ilm-fan asosiy muammolari
XULOSA
So'nggi yillarda, Rossiya optimal ta'lim uchun qidirishadi. Bu ushbu segmentida isloh dalolat beradi. Shunday bo'lsa-da, siz qadar o'zgarishlar qilish uchun harakat muammolarni hal zamonaviy ta'lim va ilm-fan, va faqat ularning xarakterini o'zgartirib. Biz ushbu yo'nalishda davlat tomonidan bugungi kunda oldimizda turgan eng dolzarb muammolar haqida gapirish bo'lsa, bir moliyalashtirish etishmasligi va ilmiy-ma'rifiy tadbirlarda yo'naltirilganligiga etishmasligi bor. Rossiya maktab va oliy o'quv yurtlari yuqori salohiyati nisbatan sodda qaytishini ta'minlash, deb hisoblanadi.
Albatta, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda ta’lim tizimini isloh etishga katta e’tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada ma’lum yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim tizimida, xususan, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar o‘zimizniki.
Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko‘zdan qochirib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko‘ndalang qo‘ymoqda. Ta’lim tizimini muntazam isloh etish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham dolzarb talabi bo‘lib qolaveradi.
Bugun amaldagi ta’lim tizimimiz zamonaviy, rivojlangan davlatlardagi kabi globallashuv talablariga javob bera olayaptimi? Ta’lim tizimida yechimini kutayotgan qanday muammolar bor? Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga to‘liq javob bermasligi, ta’lim tizimida o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqaning zaifligi tizimdagi kamchiliklardan hisoblanadi.
Bugungi kunda o‘quv muassasalarini bitirib chiqayotgan o‘quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash layoqati to‘la rivojlangan, deb bo‘lmaydi. Ularda ilm-fan yutuqlariga, amaliyotga tayangan yechimlar qabul qilish uchun malaka va bilim yetarli emas. Shu bois maktab, kollej va akademik litseylarni bitirgan yoshlarimizning ko‘pchiligi mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topa olmayapti. Sir emas, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taxminan 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga birinchi yili o‘qishga kirmoqda, xolos.
Shu bois qo‘shimcha ta’lim — repetitor xizmatiga katta ehtiyoj mavjud.

Ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashmagan. Ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlarining malakali kadrlarni tayyorlash, ish bilan ta’minlash jarayonidagi hamkorligi qoniqarli deb bo‘lmaydi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, ish beruvchilar bilan birgalikda keng muhokama qilinmaydi. Tizimdagi o‘qituvchi-pedagoglar katta qismining bilim va kasbiy salohiyati pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali, bilimdon, bozor talablariga mos pedagog kadrlarga ehtiyoj katta4.


Ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining samarali hamkorligini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi sifatiga nisbatan korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish ham dolzarb masala sanaladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim. Kadrlar tayyorlash tizimini mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish talab etilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlashga nazoratning «Davlat, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» nazorati va «Tashqi baholash» (DTM tomonidan) ishlari samarali faoliyat olib bormoqda, deya olmaymiz. Xususan, «Davlat, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» nazoratining aynan, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari» qismi bo‘yicha faoliyati sezilarli darajada emas.
Ta’lim sifatini ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilarining zamonaviy qarashlari va yondashuvlarini yanada takomillashtirishni talab etadi. Yevropaning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimida qabul qilingan «Jamoatchilik va kadrlar buyurtmachilari» tamoyillaridan keng foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Xalqaro standartlar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qitish uslubiyatini muntazam takomillashtirish, ta’limning barcha bosqichlarida tabiiy-ilmiy va muhandislik fanlarini o‘qitishning amaliy tizimini joriy etish, o‘qitishning barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish lozim. Shu bilan birga, pedagog va olimlarning xalqaro mehnat bozori sharoitlariga moslashishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.


Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin ushbu mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi.
Osiyo, Yevropa va AQShning rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olishida ushbu mamlakatlar universitetlarida zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarining qo‘llanishi asosiy rol o‘ynagan. Ularning fan, texnika-texnologiyalar sohasida boshqa davlatlardan tezda o‘zib ketganligining sababi shundaki, avvalo, ushbu mamlakatlarda erkin va ijodiy fikr qadrlanadi. Har bir insonga noyob iste’dod egasi deb qaraladi.
Globallashuv jarayonida mamlakatimiz barqaror taraqqiyotini ta’minlashda ilm-fan, yangi texnika-texnologiyalar rivoji muhim rol o‘ynaydi. Quvonarlisi shuki, mamlakatimiz rahbariyati ushbu sohalarga katta e’tibor qaratmoqda.

Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, mamlakatimizga xos xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan modernizatsiya qilishimiz lozim. Hozir oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan malaka oshirish, chet el professorlarini O‘zbekistonga olib kelib ma’ruza o‘qitish, bakalavr va magistr dasturlarini rivojlangan mamlakatlardagi o‘quv dasturlariga yaqinlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ularning darsliklari, o‘quv standartlari tajriba sifatida qo‘llanilmoqda. Bu albatta, yaxshi tashabbus va shu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishimiz lozim. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish borasida xorijiy mamlakatlar (Yaponiya, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Shvetsiya, AQSh)ning tajribalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi holatlar bilan qiyosiy tahlil qilinishi lozim. Bu o‘rinda ilg‘or mamlakatlarning oliy o‘quv dargohlari bilan xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalarni rivojlantirish, xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish, xalqaro loyiha va dasturlarda qatnashish uchun buyurtmalar berish, mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga qo‘shilishini faollashtirish maqsadida olimlar va pedagoglar bilan o‘zaro fikr almashinuv jarayonini kuchaytirish lozim.


Ko‘plab mamlakatlarning universitetlarida xalqaro dasturlar, grantlar sohibi sifatida taklif bilan qatnashib, ma’ruzalar qilganman. Chet ellardagi ko‘plab iste’dodli o‘zbek yosh olimlarini taniyman. Ular bugungi kunda Osiyo, Yevropa, AQSh universitetlarida magistraturani tugatib, ilmiy ishlarini davom ettirib, fan doktorlari bo‘lib, o‘sha mamlakat universitetlarida, ilmiy-tekshirish institutlarida samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda. O‘zbekistonning salohiyatini jahonga tanishtirishmoqda. Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. 2016 yili Olmatada qishloq xo‘jaligi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro konferentsiyada ma’ruzam bilan qatnashgandim. Konferentsiyada ushbu sohada rivojlangan xorij mamlakatlari universitetlarida, ilmiy markazlarida samarali faoliyat qilayotgan o‘nlab yosh olimlarimiz bilan tanishdim. Birgina Vashingtondagi Xalqaro oziq-ovqat ilmiy tekshirish instituti (IFPRI)dan kelgan uch nafar yosh fan doktori mazmunli ma’ruzalar qilishdi va konferentsiya raisligini ham olib borishdi.
5Germaniya universitetlarida ko‘p marta bo‘lganman va o‘zbek yosh olimlari, yigitlari bilan uchrashganman. Bu yerda ham iqtidorli yoshlarimiz universitet va ilmiy markazlarda samarali faoliyat yuritishmoqda.
Yaponiya hukumati granti asosida Kioto universitetida ikki oy davomida ilmiy safarda bo‘lganimda Tokio, Kioto universitetlarida yoshlarimizning ilm-fanning turli sohalarida ilmiy ish olib borishayotganiga guvoh bo‘ldim. Bularni ko‘rib quvonmasdan bo‘ladimi?
AQSh, Yevropa mamlakatlari keyingi yillarda universitetlariga, ilmiy markazlariga jahonning barcha mamlakatlaridan talantli yosh olimlarni turli grantlar va dasturlar asosida taklif qilib, ularning ilmiy salohiyatidan foydalanib, o‘z mamlakatlari taraqqiyotini ta’minlamoqda. Oxirgi yillarda Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya ham turli dastur va grantlar bilan jahondagi rivojlanayotgan mamlakatlardan iste’dodli yoshlarni chaqirib olishmoqda. Bular safida o‘zbekistonlik yoshlar ham bor. Ayni kunda biz ham rivojlangan mamlakatlar universitetlarida va ilmiy-tekshirish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik iste’dodli yoshlarni mamlakatimizga taklif qilsak yaxshi bo‘lardi. Ular o‘z Vataniga kelib, mamlakatimizda ilm-fan, yangi texnika, texnologiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligiga va boshqa sohalar rivojiga hissa qo‘shadigan vaqti keldi. O‘ylaymanki, ushbu sa’y-harakatlar jonajon O‘zbekistonimizning juda ko‘p sohalarda jadallik bilan olg‘a siljishiga, pirovardida, yurtimiz ravnaqiga va xalqimiz farovonligiga olib keladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash
Umumiy o‘rta ta’lim 18 / 11 / 2020
Uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash
Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. Joriy yilning 23-sentabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqlandi. Qonunda maktabgacha ta’limdan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatdan ketma-ketligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilgan. Ta’lim dasturlarini mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida tayyorlashga erishsak, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan pedagogik tizimni joriy eta olamiz6.
Uzluksiz ta’lim tizimi sifatini ta’minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko‘rish mumkin. Jumladan:
• Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish va fan dasturida berilgan mavzularni o‘zlashtirishda qiynaladi?
• Nega boshlang‘ich ta’limda yaxshi baholarga o‘qigan bola yuqori sinflarda o‘qishi pasayib ketadi?
• Nima uchun o‘quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi?
• Nega oliy ta’limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikning ta’minlanmaganligini ko‘rsatish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta’lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50–60 foiz mavzularda uzviylik ta’minlanmaganligi tahlillarda ko‘rindi.
Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘z ta’lim obyektlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsalar-da, ammo uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik yetarlicha ta’minlanmay kelmoqda.
Oldimizda ta’lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo‘yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo‘yicha ishlar hamda uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.
Prezidentimiz “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi” hamda “Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish” to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta’lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha kompleks “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 3-bandida “Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlash hamda o‘quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash” vazifasi belgilanib, ma’sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar shakllantirildi. O‘rganishlar natijasida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi:
• mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta’lim turlariaro bosqichlarida mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi;
• ayrim mavzularga soat hajmining ko‘pligi — ta’lim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg‘ulotlarga ko‘p vaqt ajratilgan;
• vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga o‘qituvchi va o‘quvchining vaqti besamar sarflanishi;
• uzviylikning yo‘qligi — uzluksiz ta’lim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud va h.k.7
Muammolarni bartaraf etish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ekspertlari, umumiy o‘rta ta’limda dars beriladigan 21 ta fan asosida ishchi guruhlarga har bir ta’lim turidan me’yoriy hujjatlarni biladigan yetuk olimlar 19 ta ishchi guruhlarga 300 dan ortiq ekspertlar sifatida biriktirildi. Dastlab ishchi guruhlarga amalga oshiriladgan ishlar mazmuni va ketma-ketligi tushuntirildi. Har bir ishchi guruhdan o‘zlariga biriktirilgan fan kesimida uzluksiz ta’lim tizimida fan rivojlanishi konsepsiyasini yaratish, ta’lim turlariaro mavzular takrorlanishining oldini olish, uzviyligini ta’minlash maqsadida mavzularni vertikal va gorizontal tarzda tahlil qilish, tahlillar natijasida uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari tayyorlash vazifasi yuklatildi. Hozir fan konsepsiya loyihalari tayyorlangan bo‘lib, uzluksiz.tdi.uz portalida pedagoglarning keng doiradagi muhokamalariga qo‘yilgan. Portalning to‘liq nomi “Fanlar uzviyligi muhokama portali” bo‘lib, unda 19 ta fan tizimi kesimida, jumladan: “Ona tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “O‘zbek tili savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili (o‘zga tillilar uchun) ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Texnologik ta’limni rivojlantirish tizimi”, “Matematika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Fizika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Kimyo ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Biologiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Jismoniy tarbiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Xorijiy til savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Tarix ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Huquq ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tarbiyalash odobini rivojlantirish tizimi”, “Informatika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Geografiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Musiqa ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Harbiy ta’limni rivojlantirish tizimi” ko‘rinishida konsepsiyalar muhokamaga qo‘yilgan. Xuddi shunday qiyosiy jadvallar va fan dasturlari ham ushbu portalga muhokamaga qo‘yiladi.
Muhokamalar natijasida masalan “Ona tili” ta’limining uzviy konsepsiyasini ishlashda quyidagi nomutanosibliklar borligi aniqlandi. Jumladan, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari hisobga olingan holda murakkab deb hisoblangan mavzular yuqori sinflarga o‘tkazilishi tavsiya qilindi. Jumladan: 5-sinfdan 6-sinfga so‘z turkumlari, fe’l so‘z turkumi, fe’l zamonlari, ot so‘z turkumi, egalik va kelishik qo‘shimchalari, sifat, son so‘z turkumi va ularning imlosi, olmosh so‘z turkumi mavzulari;
6-sinfdan 7-sinfga yordamchi so‘zlar, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, undov va taqlid so‘zlar mavzulari;
7-sinfdan 8-sinfga gap, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklari, kesim, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, undalma va unda tinish belgisining ishlatilishi mavzulari.

Shuningdek, “Texnologiya” fani dasturining uzluksiz ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlili natijasida quyidagi nomutasibliklar aniqlandi:


• Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda takrorlangan mavzular — 4 ta;
• Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida takrorlangan mavzular — 9 ta;
• Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida mos kelmaydigan mavzular — 55 ta;
• Oliy ta’limdagi 4 ta fan bo‘yicha texnologiya faniga mavzular qisman mos keladi.
Xuddi shu kabi muammolar uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlardan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash muhim ekanligini anglatadi. Uzluksiz ta’lim tizimidagi nomutanosibliklar, uzluksizlik va uzviylikning ta’minlanmaganligi, ta’lim turlariaro mazmunni shakllantirishda izchillik va tizimlilikning mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tomonidan quyidagi natijalarga erishish maqsad qilingan:
— ta’limning har bir bosqichi yakunida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini shakllantirish;
— maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzviyligi ta’minlangan o‘quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish;
— o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) savollarining mazmun-mohiyatini singdirish, o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va darsliklar, metodikalarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish;
— o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va O‘MMni modernizatsiya qilish.
Vazifalarni amalga oshirishda jahon ta’lim tizimida ta’lim turlariaro uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy ta’lim tashkilotlarining ham tajribalari o‘rganilmoqda. Jumladan, Carl Wieman Science Education Initiative (CWSEI) loyihasida (Britaniya Kolumbiyasi), ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomilashtirish bo‘yicha tadqiqotlar Purdue Universityda (AQSh) va JCM International Management Engineering Instituteda (Xitoy) hamda interaktiv ta’limni amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD) kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida olib borilmoqda.
Har bir fandan ishchi guruh a’zolari bugungi kunda amalda foydalanib kelinayotgan va yangilanayotgan o‘quv reja va dasturlarini tahlil qilib, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tanqidiy tahlil qilish va takliflar tayyorlashni boshlashgan.
Ushbu tahlillar hamda muammolarning bartaraf etilishi quyidagi natijalarni beradi:
• uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlashda tayyorlanadigan me’yoriy xujjatlarda uzviylik ta’minlanadi;
• konsepsiya — uzluksiz ta’lim tizimida fanlar kesimida konsepsiyalar ishlab chiqiladi. Bunda ta’lim turlariaro fanning mazmunan va mohiyatan uzluksizlik va uzviyligini ta’minlash asoslari yoritiladi;
• qiyosiy jadval — fanlar kesimida barcha ta’lim turlarida o‘tiladigan mavzular bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi. Bunda mavzular takrorlanishi, nazariy mavzularning salmog‘i, nazorat materiallarining xorijiy tadqiqotlarga asoslanganligi, soddadan murakkabga tomon tamoyiliga asoslanganligi o‘rganiladi. Fan dasturlarini shakllantirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi;
• fan dasturlari — uzluksiz ta’lim turlarining har bir bosqichida o‘tiladigan mashg‘ulotlarning uzviylashgan fan dasturlari ishlab chiqiladi. Fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik, uzluksizlik mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va tizimlilikka e’tibor beriladi.
Amalga oshirilgan ishlar samarasi sifatida quyidagi tashkiliy vazifalar bajariladi:
• tashkiliy darajada – fanlar kesimida ta’lim turlariaro ishchi guruhlar shakllantiriladi, barcha fanlardan konsepsiya, qiyosiy jadval, fan dasturlari ishlab chiqiladi hamda ta’lim natijalari muvofiqligini ta’minlash uslubi ishlab chiqiladi va treninglar o‘tkaziladi;
• mazmunli darajada – fanlar kesimida mavzular soddadan murakkabga tamoyili asosida shakllantiriladi, xalqaro tadqiqotlar fan dasturlariga kiritiladi, mavzular takrorlanishi bartaraf etiladi, amaliy mashg‘ulotlar hajmi ko‘paytiriladi;
• sifat darajada – mantiqiy fikrlash va qiziqish o‘sadi, kompetensiyalar rivojlanadi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik takomillashtiriladi, ta’lim oluvchi va beruvchilar o‘zaro integratsiyalashgan pedagogik-metodik muhit shakllanadi;

Xulosa


Maktablarning moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar. Zamonaviy maktab talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun qulay platforma sanaladi. Bu qulaylik maktabning zamonaviy texnologiyalar (smart-doskalar, kompyuter jihozlari) bilan ta’minlanishini talab qiladi. Bularsiz maktab ta’limi zamonaviy voqelikdan orqada qoladi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, lozim darajadagi moddiy-texnik ta’minot ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.


Moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida alohida ko‘rsatib o‘tildi. Bugungi kunda 1695 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj, bu barcha umumta’lim maktablarining 16,7 % ni tashkil etadi. Paxsadan qurilgan 179 maktab faoliyat yuritmoqda. 3 mingdan ortiq maktablarda qo‘shimcha o‘quv xonalariga ehtiyoj mavjud. 2 mingdan ortiq maktabda sport zallar yo‘q.
Moddiy-texnik muammolar maktablarni raqamlashtirish jarayonini yanada sekinlashtiradi. Maktab tizimida hali ham 200 dan ortiq turdagi hisobotlar mavjud bo‘lib, odatda ular qog‘oz shaklida tuziladi. O‘qituvchi kasbining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bunday ovoragarchilik o‘qituvchilarga ta’lim metodikasini takomillashtirishga va darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga imkon bermaydi.
Bunday sharoitda qanday sifat haqida gapirish mumkin? Hech shubhasiz, zarur shart-sharoitlarni yaratmasdan, o‘qituvchilardan ijobiy natijalarni talab qilish adolatdan emas.
Ba’zida o‘qituvchilar moddiy-texnik muammolar uchun “javob berishlari”ga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, joriy yilning yanvar oyida Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisi “Bir million dasturchi” tanlovining ikkita bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun unga sovrin sifatida o‘qituvchiga tegishli bo‘lgan eski noutbuk sovg‘a qilindi. Xuddi shunday, Namangan viloyatining Norin tumanidagi maktab o‘quvchisining sovg‘asi – noutbukning o‘qituvchilar tomonidan olib qo‘yilishi norozilik va tushunmovchilikka sabab bo‘ldi.
4. Maktabdagi o‘quv dasturlari muammolari. Ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etish yana bir muammolardan biri sanaladi. O‘quv adabiyotlaridagi matn tushunish uchun “murakkabligi” va o‘qitishning asosan nazariy jihatdan yo‘naltirilganligi o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon bermaydi, o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvini cheklaydi. Ba’zi hollarda, tizimlilik yetishmaydi va shuning uchun boshlang‘ich sinflarda olingan bilimlar yuqori sinflarda to‘ldirilmaydi.
Shu o‘rinda Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari tajribasini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bugungi kunda 790 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq fanlar va xorijiy tillar ilg‘or xorijiy tajriba asosida chuqur o‘rganilmoqda. Prezident va ijodiy maktablarda ta’limga yondashuv iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va tarbiyalashga, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Mazkur maktablar o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish usullaridan foydalanadilar. Shuning uchun ko‘pgina ota-onalar farzandlarini ushbu maktablarda ta’lim olishini afzal ko‘rishadi. Bizning fikrimizcha, ushbu maktablarning yutuqlari 2025 yilda milliy o‘quv dasturiga o‘tish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
Ta’lim jarayoni va pedagogik mahoratni takomillashtirishda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish va faollashtirish lozim. Aynan ushbu institut mazkur sohadagi tashabbuslarning yetakchisiga aylanishi, pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borishi, maktablarda o‘quv jarayoni monitoringini olib borishi va kompetensiyalarga asoslangan yondashuv asosida ta’lim muammolariga yechimlarni taklif qilishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalq ta’limi sifatini oshirish quyidagi choralar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim:
- jamiyatda o‘qituvchilarga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlarning oldini olish;
- ta’lim sifatini oshirish va ijodiy yondashuvni qo‘llashga qaratilgan Milliy o‘quv dasturiga o‘tish;
- Respublikadagi barcha maktablarda Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribadan foydalanish;
- “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish, o‘qituvchilarni asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga va turli faoliyatga majburiy jalb qilish uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
- munosib ish haqi, ijtimoiy imtiyozlar va preferensiyalar bilan ta’minlash orqali o‘qituvchining imidjini bosqichma-bosqich oshirish;
- barcha umumta’lim maktablarini, ayniqsa, mamlakatimizning chekka hududlaridagi maktablarni raqamlashtirish va lozim darajada moddiy-texnik jihozlanishini ta’minlash.

Foydalanilgan manbaalar:





  1. http://www.marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5069.htm

  2. https://uzhurriyat.uz/2017/02/22/ta-lim-tizimi-muammo-va-yechimlar/

  3. https://fayllar.org/reja-mustaqillik-yillarida-ilm-fanning-rivojlanishi--talim-tog.html

  4. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/maktab-talimi-tizimi-muammolar-va-istiqbollar

  5. https://znanio.ru/media/talim-texnologiyalarida-metodik-qollanma-2711168


1 http://www.marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5069.htm

2 https://uzhurriyat.uz/2017/02/22/ta-lim-tizimi-muammo-va-yechimlar/

3 https://fayllar.org/reja-mustaqillik-yillarida-ilm-fanning-rivojlanishi--talim-tog.html

4 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/maktab-talimi-tizimi-muammolar-va-istiqbollar

5 https://fayllar.org/reja-mustaqillik-yillarida-ilm-fanning-rivojlanishi--talim-tog.html

6 http://www.marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5069.htm

7 https://znanio.ru/media/talim-texnologiyalarida-metodik-qollanma-2711168

Download 43.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling