Ilmiy adabiyotlarni о‘qish


Download 459.28 Kb.
bet1/16
Sana08.03.2023
Hajmi459.28 Kb.
#1249176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilmiy axborot bilan ishlash


ILMIY AXBOROT BILAN ISHLASH: О‘QISH, YOZMA VA OG‘ZAKI SHAKLLARDA BAYON QILISH


    1. Ilmiy adabiyotlarni о‘qish.


    2. Axborotlarni yozma shaklda yetkazish.
    3. Axborotlarni og‘zaki shaklda yetkazish.





    1. ILMIY ADABIYOTLARNI О‘QISH

Reja:




      1. Ilmiy manbaalardan foydalanish

      2. Axborotlarni markirovkalash

      3. Kitob, ilmiy jurnal, ilmiy maqolalar, tezislar tо‘plami bilan ishlashning protsessual tizimi.

      4. Kitobning tarkibiy tuzilishi

Bu bobda Siz mustaqil bilim olish, ilmiy dunyoqarashingizni kengaytirish niyatida matndan ta’lim mavzui, о‘zingizni qiziqtiradigan ilmiy qiziqishlar va tadqiqotlar mavzulari bо‘yicha zarur axborotlarni olish maqsadida ilmiy adabiyotlar – jurnallar, ilmiy asarlar va maqolalar tо‘plamlari, kitoblarni mutolaa qilish yо‘llari va


ular bilan ishlash kerakligini bilib olasiz.

ILMIY MANBAALARDAN FOYDALANISH QOIDALARI




Manbaalarni о‘qish – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bо‘lib, sof texnik jihati – о‘qish va tez о‘qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati – matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.

Manbaalarni о‘qish turlari





  • mazmunga kirib borish darajasiga kо‘ra manbaalarni о‘qish quyidagi turlarga bо‘linadi:

  • kо‘z yugurtirib chiqish – umumiy taassurot olish uchun;

  • matn bilan tanishib chiqish – umumiy mazmunni bilib olish uchun;

  • о‘rganuvchi mutolaa – mavjud ma’noning eng kо‘p hajmini о‘zlashtirish uchun.

Matn bilan tanishib chiqish va о‘rganishdan oldin odatda kitobga kо‘z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi.


Kо‘z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag‘i, mundarijasi, annotatsiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi.
Ana shu axborotning о‘zi ushbu manbaning qanchalik zarur bо‘lishini belgilashga yordam beradi.
Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni о‘qish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bо‘yicha о‘zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qо‘llaniladi.
О‘rganish uchun mutolaa – mutolaaning faol turi. О‘quvchi tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz tо‘xtalib va axborotlarni mushohadadan о‘tkazib о‘qish hollarida bunday tur ishlatiladi.
О‘rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini о‘zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qо‘ygan savollarga javob topishga qaratilgan.
Mutolaaning bu turi materialni о‘rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bо‘yicha izchil о‘qib chiqishni talab qiladi, matn haqida о‘z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi.



Download 459.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling